• 11- MTMning moliyaviy xo‘jaligi ish hujjatlari
  • 12- Ish yuritish va arxiv
  • 13-Buxgalterning ish hujjatlari
  • Nazorat uchun savol va topshiriqlar
  • Foydalangan adabiyotlar
  • Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti




    Download 1,76 Mb.
    bet45/81
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #131995
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
    Bog'liq
    MTT ma\'lumot

    10- Kadrlar ish hujjatlari

    10-01

    O‘zbekiston Respublikasi aholini ijtimoiy muhofaza qilish va mehnat vazirligi tomonidan chiqarilgan hujjatlar (tarif setkalari va h.k)

    Yangisi chiqqandan so‘ng 3 yil

    10-02

    MTM xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari

    1 yil

    10-03

    MTM xodimlarining ishga qabul qilish va ishdan ozod etish haqidagi buyruqlar daftari

    75 yil

    10-04

    Xodimlarni mehnat ta’tiliga yuborish haqidagi buy- ruqlari va jadvali

    3 yil

    10-05

    MTMning ichki tartibi

    Doimo

    10-06

    Ishchi xodimlarga davlat mukofotlar berish tartibi

    Yangisi chiqguncha qadar 1 yil

    10-07

    MTM va xodimlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar

    Doimo

    10-08

    MTM xodimlarining shaxsiy hujjatlari

    75 yil

    10-09

    MTM xodimlarining mehnat daftarchalarini ro‘yxatga olish kitobi




    10-10

    Xodimlarning mehnat daftarchalari asli

    75 yil yoki so‘ralguncha qadar

    10-11

    MTMning shtatlar jadvali

    10 yil

    11- MTMning moliyaviy xo‘jaligi ish hujjatlari

    11-01

    Asosiy vositalarning inventar ro‘yxati

    3 yil

    11-02

    Omborxona materiallarining hisob-kitob daftari (F-48)

    3 yil

    11-03

    Ta’mirtalab va ishga yaroqsiz holga tez keluvchan buyumlarning hisob kitobi (F-17)

    3 yil

    11-04

    Singan idishlarni ro‘yxatdan chiqarish daftari

    3 yil

    11-05

    Inventarizatsiyalash ro‘yxat kitobi (qiyosiy vedmost)

    1 yil

    11-06

    Oziq-ovqat beriladigan taomnoma talabalari (INV-3)

    ....

    11-07

    Bolalar qatnovi tabeli

    1 yil

    11-08

    Ishlatilgan ish vaqti va maoshni hisobga olish daftari

    Doimo

    11-09

    MTM smetasi

    5 yil

    11-10

    Xodimlarning tarifikatsiya ro‘yxati

    5 yil

    11-11

    Oziq-ovqatlarni sarflash bo‘yicha yig‘ma vedmostlar

    1 yil

    11-12

    Buxgalteriya ish hujjatlar to‘plami

    doimo

    12- Ish yuritish va arxiv

    12-01

    Maktabgacha ta’lim muassasasining yig‘ma jildlari nomeklaturasi

    75 yil

    12-02

    Doimiy saqlanadigan hujjatlar yozuvi

    Doimo

    12-03

    Fuqarolar murojati bo‘yicha to‘plangan materiallar

    3 yil

    12-04

    Arxiv hujjatlar (ajratilgan hujjatlarni yo‘q qilish dalolatnomasi, hujjatlarni mavjudligi va holati-ning tekshiruvi va boshqalar

    25 yil

    13-Buxgalterning ish hujjatlari

    13-01

    Bosh jurnal kitobi (308 shakl)

    5 yil

    13-02

    Kassa va haqiqiy harajatlar kitobi (294 shakl)

    5 yil

    13-03

    Moddiy boyliklarning miqdor-qiymat hisobotini yuritish kitobi (296 shakl)

    40 yil

    13-04

    Joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (292 shakl)

    5 yil

    13-05

    Aylanma vedmost 159 schet (285 shakl)

    5 yil

    13-06

    Oziq-ovqatlar mahsulotlar bo‘yicha aylanma daftari

    3 yil

    13-07

    Ta’lim muassasalarida bolaarni saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasi (327-son shakl)

    3 yil

    13-08

    Foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish haqqi hisoblash tebeli (421 son shakl)

    3 yil

    13-09

    Ish haqqi, avans berish uchun to‘lov qaydnomasi
    (389-son shakl)

    75 yil

    13-10

    Memorial orderlar

    5 yil

    13-11

    1-OX hisoboti (har oyda)

    3 yil

    13-12

    1-Yu hisoboti (har oyda ) maxsus hisob bo‘yicha

    3 yil

    13-13

    2-RJ hisoboti (chorak bo‘yicha) maxsus hisob bo‘yicha

    5 yil

    13-14

    Xodimlarning ish haqqi bo‘yicha shaxsiy varaqalari

    75 yil

    13-15

    Ijtimoiy ta’minot bo‘yicha oylik talabnoma va chorak hisoboti

    75 yil

    13-16

    Tuman statistika bo‘limiga oylik hisobot

    3 yil

    13-17

    Xalq bankiga oylik hisobot

    75 yil

    13-18

    Tuman soliq inspeksiyasiga oylik va chorak hisobotlari

    10 yil

    13-19

    Plastika bo‘yicha oylik hisoboti

    1 yil (choraklik va yillik bo‘lmasa, doimiy)

    Maktabgacha ta’lim muas-sasasiga bevosita rahbarlik qilish mudir tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.


    Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yi-ladigan malaka talablari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
    Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri:
    - maktabgacha ta’lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
    - maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
    - ishonchnomalar beradi;
    - bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi;
    - maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, rag‘batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko‘radi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari (kontraktlari)ni to‘xtatadi;
    - o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;
    - maktabgacha ta’lim muassasalarining ishlarini takomil-lashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun xalq ta’limini boshqarish yuqori organiga kiritadi;
    - bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o‘quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo‘jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.


    Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

    1.Maktabgacha ta’lim mussasining ish hujjatlari qanday yuritiladi?


    2.Maktabgacha ta’lim mussasining mudirasining ish hujjatlari qanday yuritiladi?
    3. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarining boshqarish mahoratini tushuntirib bering.


    Foydalangan adabiyotlar
    1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
    2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
    3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil


    25- Mavzu. “ Bolajon” tayanch dasturi- MTM da bolalarga tarbiya-bilim berishning vazifalari va mazmunini belgilab beruvchi davlat hujjati.
    Reja

    1. “Bolajon” tayanch dasturi haqida

    2. MTMda bolalarga tarbiya- bilim berishning vazifalari

    3. MTMda bolalarga tarbiya- bilim berishning mazmunini belgilab beruvchi davlat hujjati

    Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo’lgan dastur hisoblanadi.Tayanch dasturining maqsadi maktabgacha yoshdagi har bir bolani maktab ta’limiga sifatli tayyorlash: odobli, aqlli, xushmuomala, o’ziga ishongan, o’z oldiga qo’ygan maqsadini amalga oshirishga intiladigan, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umummilliy qadriyatlarni qadrlaydigan, jismonan sog’lom bolani tarbiyalashdan iborat.Dasturning vazifasi bolani jismoniy, aqliy hamda


    ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va sog’lig’ini muhofaza qilish; erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil inson qilib voyaga etkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
    Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:
    - maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
    - maktabgacha ta’limning demokratikligi;
    - bola shaxsiga yo’naltirilganligi;
    - bolani sog’lomlashtirishga qaratilganligi;
    - bolaning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;
    - maktabgacha ta’limda o’yin faoliyatining etakchiligi;
    - maktabgacha ta’limning insonparvarligi;
    - maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;
    - maktabgacha ta’limning oila va boshlang’ich ta’lim bilan
    uzviyligi.
    Muassasa dasturni amalga oshirishda har bir bolada
    quyidagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qo’yishi lozim:
    - ijodkorlik, tasavvur eta olish, zukkolik;
    - mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo’lish;
    - muammolarni aniqlash va ularni hal etish yo’llarini topishga intilish;
    - jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muammolariga befarq qaramaslik.
    “Bolajon” tayanch dasturida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash quyidagi omillarga asoslanadi:
    - davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish va uning barkamol shaxsga bo’lgan munosabatining kuchayganligi;
    - erkin fuqaro ma’naviyatining shakllanishi;
    - milliy urf-odatlar va tarixiy xotira, o’zlikni anglash tuyg’usi rivojlanayotganligi;
    - milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg’usini shakllanayotganligi.
    Aynan shu omillar bola shaxsining jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni va atrof-muhit to’g’risidagi bilimlarga ega bo’lish yo’nalishlariga mos tarzda umumiy rivojlanishini taminlaydi.
    Mazmun jihatdan dastur tarkibiga:
    - jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiena;
    - ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
    - nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik;
    - bilish jarayoni va atrof-muhit to’g’risidagi bilimlarga ega bo’lish yo’nalishlarida ta’lim-tarbiya vazifalari kiritilgan. Ushbu dastur bolani shaxs sifatida shakllantirishda maktabgacha ta’lim tizimi mutaxassislari va ota-onalar uchun eng yaqin maslahatchi bo’lib xizmat qiladi, degan umiddamiz.
    Maktabgacha davr – bu bolaning o’sish, rivojlanish, o’zini namoyon etishga intilish, o’rganishga, bilishga ishtiyoqi kuchli bo’lgan davrdir. Aynan shu davrda bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bola bilan ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, samarasi shunchalik erta namoyon bo’ladi va bolaning butun hayotiga ijobiy ta’sir qiladi.Maktabgacha ta’lim-tarbiya – har bir bolaga individual yondashish, uni shaxs sifatida hurmat qilish, ma’naviy-axloqiy tomondan tarbiyalash, bolaning qiziqish va ehtiyojiga mos tarzda ta’lim berishni nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim mazmuni va metodlari bola shaxsining shakllanishi, uning mustaqil shaxs sifatida tan olinishi jarayonlari kechadigan muhitda tashkil etilishi katta ahamiyatga ega. Zero, shaxs sifatida shakllangan, kamol topgan bola o’zini, o’zligini taniydi va kelajakda millatning, yurtning faxriga aylanadi.Maktabgacha ta’lim muassasasida bolaning kelajak hayotida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi jismoniy, aqliy va ma’naviy qobiliyati bilish jarayonida, bizni o’rab turgan atrof-muhitni o’rganish, nutq o’stirish, badiiy asarlar tinglash, rasm chizish, qurish-yasash, jismoniy mashqlar bajarish va boshqa faoliyat turlarida rivojlanadi. Bu faoliyatlarda yo’nalishlar bir-biri bilan uyg’unlashtirilib – integrallashgan rejalashtirish asosida tashkil etiladi hamda o’yin shaklida qiziqarli tarzda olib boriladi. O’yin kichkintoyning tabiiy ehtiyojlari va istaklariga mos kelganligi sababli, o’yin jarayonida o’rganayotgan mavzuni quvnoqlik bilan takrorlaydi, engillik bilan o’zlashtiradi.Maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy vazifasi – har bir bola shaxsini yosh bosqichiga mos tarzda sifatli rivojlantirish va uni navbatdagi ta’lim bosqichiga puxta tayyorlashni ta’minlash hamda muassasada ijobiy muhit va zarur sharoit yaratishdan iboratdir. Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim, ya’ni barcha bolalarni ta’limga qamrab olish muhim vazifalardan biridir. Inklyuziv ta’lim jarayonini tashkil etishda har bir bolaning fiziologik va
    ruhiy rivojlanishi, ayniqsa, o’ziga xos (imkoniyati cheklangan) bolalarning individual xususiyatlari e’tiborga olinadi. Maktabgacha ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida, bu jarayonga ota-onalarni hamkorlik asosida jalb qilish ishlariga
    alohida e’tibor berish muhim. Ota-ona bolaning birinchi ustozi. Ular o’z farzandiga doimo ezgulik tilaydi, Vatanimiz ravnaqiga o’z hissasini qo’shadigan, xalqimiz manfaatlari uchun xizmat qila oladigan inson bo’lishini istaydi. Ta’lim-tarbiya jarayoni – ota-onalar va murabbiylardan katta sabr, mehr va bola tarbiyasiga ilmiy asoslangan yagona yondashuvni talab qiladi. To’g’ri yo’sinda olib borilgan tarbiya natijasida bola mustaqil fikr yuritishga va katta hayotga dadil qadam qo’yishga hozirlik ko’radi.
    Mazkur takomillashtirilgan Dasturda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Maktabgacha ta’lim Kontseptsiyasi” hamda “Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablari” (2013 yil)dan kelib chiqib, bolani intellektual va jismoniy rivojlantirish, milliy-madaniy
    va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, maktab ta’limiga tayyorlash jihatlari zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda qayta ko’rib chiqildi.“Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablari”ning barcha yo’nalishlarida berilgan indikatorlar takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturiga to’liq qamrab olindi. Dastur maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishiga moslashtirildi, aniqlashtirildi, misollar bilan boyitildi. Noan’anaviy usullarda ishlash yo’llari ko’rsatildi. Shuningdek, bolaning hayoti va sog’lig’ini himoyalash, ta’lim-tarbiya jarayonini puxta olib borish, uning taffakkur, tasavvur va nutqini rivojlantirish bilan birga, mustaqil o’rganishga, fikrlashga, ijodkorlikka, o’z shaxsini hurmat qilish, o’ziga ishonch tuyg’usini shakllantirishga qo’yilgan vazifalar kengaytirildi, shakl, mazmun va uslubiy tomondan boyitildi. Dasturda muhim tarbiyaviy vazifalardan biri – bolaning sog’lom turmush tarzi haqidagi tasavvurlarini tarkib toptirish, gigienik va harakat madaniyatini singdirib borishga alohida ahamiyat berildi.Ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo’nalishida milliy o’zlikni anglash, o’zi va o’zgalar shaxsini hurmat qilish, his-tuyg’ularini ifodalash, o’g’il va qiz bolaga xos bo’lgan fazilatlarni tushunish, kattalar va tengdoshlari bilan erkin muloqot qilish va milliy qadriyatlarimizga xos muomala odobiga tayanishga urg’u berildi.Dasturda bola nutqini har tomonlama rivojlantirish (fonetik, leksik, grammatik)ga alohida e’tibor qilindi, misollar, tavsiyalar bilan boyitildi. Bolani ma’naviy-axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalash, qalbida kitobga nisbatan havas uyg’otish, ilk kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga qo’yilgan talablar boyitildi; milliy merosimiz, o’zbek xalq og’zaki ijodi, xalq o’yinlari, musiqa, raqs, rasm, loy ishi, applikatsiya, qurish-yasash bo’limlari to’ldirildi. Dasturda boshqa xalqlarga hurmat hissini tarbiyalash nazarda tutilgan va bolani mehribonlik, go’zallikni his qilishni o’rgatishga alohida ahamiyat berildi.

    Download 1,76 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




    Download 1,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti

    Download 1,76 Mb.