|
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
|
bet | 16/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotNazorat uchun savol va topshiriqlar:
Menejment deganda nimani tushunasiz?
Ta’lim menejmenti qanday o’ziga xosliklarga ega?
Boshqaruv deb nimaga aytiladi?
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalari qay tartibda boshqariladi?
Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom qachon qabul qilingan?
Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizomning bo’limlari va ularning mazmunini yoritib bering?
Maktabgacha ta’lim muassasasining Ustavi haqida ma’lumot bering?
Foydalangan adabiyotlar
1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
7-Mavzu: Maktabgacha ta’lm muassasasida pedagogik kengash, uning maqsad va vazifalari. Pedagogik kengash tashkil etish tamoyillari.
Reja
1.Pedagogik kengashning maqsadi.
2.Pedagogik kengashning vazifalari.
3.Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash raisi.
Tayanch tushuncha:pedagogik kengash, kengash raisi,Namunaviy nizom talablari,belgilash yo’naltirish,nazorat etish.
Mazkur Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq, maktabgacha ta’lim muassasasi pedagogik kengashining maqsadi, asosiy vazifalari va uning faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi hamda pedagogik kengash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishda qo‘llaniladi.
Pedagogik kengash maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi. Pedagogik kengashning faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
Mazkur Namunaviy nizom talablari barcha maktabgacha ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Pedagogik kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasining ustaviga amal qiladi.
|
| |