|
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
|
bet | 12/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotNazorat uchun savol va topshiriqlar:
1.Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi haqida tushuncha bering?
2.Maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etishning asosiy maqsad va vazifalarini tushuntiring?
3.Maktabgacha ta`lim muassasasini boshqarishuv prinsiplarini sanab o’ting?
Foydalangan adabiyotlar
1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
5-Mavzu: “Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq nodavlat maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarish.
Reja
1. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi
2. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
3. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasini butlash
4. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish
Tayanch tushunchalar:nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi,ta’lim muassasasi ustavi, qarorlar,bolaning intellektual rivojlanishi,sog’lomlashtirish muassasasi.
O`zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi to`g`risidagi Nizom
1. Maktabgacha ta`limga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq aholiga ta`lim xizmatlari ko`rsatish nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasining (keyingi o`rinlarda «nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi» deb yuritiladi) asosiy faoliyati hisoblanadi.
2. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasining ustavi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Ta`lim muassasasi ustavini ishlab chiqish tartibiga muvofiq ishlab chiqiladi, uning muassisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli davlat organlarida ro`yxatdan o`tkaziladi.
4. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya va sog`lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog`lig`ini mustahkamlash;
bolaning shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;
bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash;
bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktabda o`qishga tayyorlash.
|
| |