VI. Maktabgacha ta`lim muassasasini boshqarish




Download 1,76 Mb.
bet11/81
Sana08.01.2024
Hajmi1,76 Mb.
#131995
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Bog'liq
MTT ma\'lumot

VI. Maktabgacha ta`lim muassasasini boshqarish
35. O`quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta`limning innovatsiya shakllarini rivojlantirish maqsadida maktabgacha ta`lim muassasasida pedagoglar kengashi faoliyat ko`rsatadi. pedagoglar kengashi ahzolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar maktabgacha ta`lim muassasasi ustavida belgilanadi.
36. Maktabgacha ta`lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish mudir tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri lavozimiga qo`yiladigan malaka talablari belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
37. Maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri:

  • maktabgacha ta`lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko`rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;

  • maktabgacha ta`lim muassasasi mol-mulkini o`ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;

  • ishonchnomalar beradi;

  • bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi;

  • maktabgacha ta`lim muassasasi xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo`yishni amalga oshiradi, rag`batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko`radi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari (kontraktlari)ni to`xtatadi;

  • o`z vakolatlari doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;

  • maktabgacha ta`lim muassasalarining ishlarini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta`minlash bo`yicha takliflarni ko`rib chiqish uchun xalq ta`limini boshqarish yuqori organiga kiritadi;

  • bolalar hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o`quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo`jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.




Download 1,76 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Download 1,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VI. Maktabgacha ta`lim muassasasini boshqarish

Download 1,76 Mb.