• Foydalangan adabiyotlar
  • Nazorat uchun savol va topshiriqlar




    Download 1,76 Mb.
    bet7/81
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #131995
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81
    Bog'liq
    MTT ma\'lumot

    Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
    1.Maktabgacha ta`lim muassasalarining asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
    2.Maktabgacha ta’lim muassasalarining qanday turlari mavjud?
    3.Uzluksiz ta’lim tizimida shaxs qanday vazifalarni bajaradi?
    4."Ta’lim to’g’risida"gi Qonunda maktabgacha ta’limga qanday ta’rif berilgan?


    Foydalangan adabiyotlar
    1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
    2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
    3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil

    4-Mavzu: Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizomga muvofiq davlatga qarashli maktabgacha ta’limni tashkil etish
    Reja
    1.Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi
    2.Maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
    3.Maktabgacha ta`lim muassasasini boshqarish


    Tayanch tushunchalar: davlat maktabgacha ta`lim muassasasi, nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi, maktabgacha ta`lim tizimi, umumiy tipdagi maktabgacha ta`lim muassasasi; umumiy tipdagi maktabgacha ta`lim muassasasi, ixtisoslashtirilgan MTM, sanatoriy tipidagi MTM.
    O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`lim tizimini takomillashtirish, uning uzluksizligini, shuningdek Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari samarali amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda davlat maktabgacha ta`lim muassasalari (keyingi o`rinlarda matnda «maktabgacha ta`lim muassasasi» deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
    2. Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi ‘rezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda o`z ustaviga amal qiladi.
    3. Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya va sog`lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog`lig`ini mustahkamlash;
    bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;
    bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash;
    bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
    bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
    bolalarni maktabda o`qishga tayyorlash.

    Download 1,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81




    Download 1,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat uchun savol va topshiriqlar

    Download 1,76 Mb.