IV. Maktabgacha ta`lim muassasasini butlash




Download 1,76 Mb.
bet9/81
Sana08.01.2024
Hajmi1,76 Mb.
#131995
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Bog'liq
MTT ma\'lumot

IV. Maktabgacha ta`lim muassasasini butlash
16. Maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qarori bilan tashkil etilgan xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limlari huzuridagi qabul qilish komissiyasi tomonidan tegishli tibbiyot xulosasi hisobga olingan holda qabul qilinadi. Qabul komissiyasining faoliyat ko`rsatish tartibi belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
17 Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo`lgan maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limlarining yo`llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa organlar bo`lgan maktabgacha ta`lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo`sh o`rinlar mavjud bo`lgan taqdirda ushbu maktabgacha ta`lim muassasalari bolalarni xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limlarining yo`llanmalari bo`yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi muassis tomonidan belgilanadi.
18. Quyidagi bolalar:

Qabul komissiyasi, shuningdek ota-onalari maktabgacha ta`lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda yordam bergan bolalarni istisno tarzida navbatdan tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti maktabgacha ta`lim muassasasi rejadagi quvvati umumiy sonining 20 foizidan ortiq bo`lmasligi kerak.
19. Maktabgacha ta`lim muassasasida guruhlar soni muassasaning quvvatidan va guruhlarning rejali to`ldirilishidan kelib chiqib muassis tomonidan quyidagicha belgilanadi:
2 yoshdan 3 yoshgacha — kamida — 15 bola, biroq 20 boladan ortiq emas;
3 yoshdan 6-7 yoshgacha — kamida — 20 bola, biroq 25 boladan ortiq emas.
20. Ixtisoslashtirilgan va sanatoriy yo`nalishidagi maktabgacha ta`lim muassasalarida guruhlarning to`ldirilishi bolalarning toifasiga va yoshiga (ikki yoshdan boshlab va uch yoshdan katta yoshdagilar) qarab belgilanadi va tegishli ravishda quyidagichani tashkil etadi:

  • nutqi og`ir nuqsonli bolalar uchun — 10—12 bola;

  • nutqi fonetik-fonematik nuqsonli bolalar uchun faqat uch yoshdan katta yoshdagi bolalar uchun — 12—15 bola;

  • kar bolalar uchun — 8 bola;

  • yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun — 10—12 bola;

  • ko`zi ojiz bolalar uchun — 6 bola;

  • yaxshi ko`rmaydigan bolalar, amblio’iyali, g`ilay bolalar uchun — 6—10 bola;

  • tayanch-harakatlanish ahzosi buzilgan bolalar uchun — 6—10 bola;

  • intellekti buzilgan (aqliy noraso) 3 yoshgacha bolalar uchun — 6 bola;

  • uch yoshdan katta yoshdagi aqli zaif bolalar uchun — 10 bola;

  • sil intoksikatsiyasi mavjud bo`lgan bolalar uchun — 15—20 bola;

  • tez-tez kasallanib turadigan bolalar uchun — 15—20 bola;

  • murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) bolalar uchun — 8—10 bola;

  • rivojlanishida boshqacha nuqsonlari (endokrin kasalliklar) mavjud bo`lgan bolalar uchun — 15—20 bola.

21. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o`tgan bolalar bilan to`ldirish o`quv yili oxirida (avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to`ldirish esa o`rinlar bo`shashiga qarab amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida o`quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o`quv yili boshlangunga qadar sog`lomlashtirish davri boshlanadi.
22. Ushbu Nizomning 21-bandida ko`rsatilgan bolalar istalgan tipdagi maktabgacha ta`lim muassasalariga, ularda tuzatish ishlari uchun shart-sharoitlar mavjud bo`lgan taqdirda, tibbiyot-’sixologiya-’edagogika komissiyasining yo`llanmasi asosida qabul qilinadi.

Download 1,76 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Download 1,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. Maktabgacha ta`lim muassasasini butlash

Download 1,76 Mb.