V. Ta`lim jarayoni qatnashchilari




Download 1,76 Mb.
bet10/81
Sana08.01.2024
Hajmi1,76 Mb.
#131995
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81
Bog'liq
MTT ma\'lumot

V. Ta`lim jarayoni qatnashchilari
23. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta`lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari maktabgacha ta`lim muassasalarining ustavlarida belgilanadi. Vasiylik kengashlarining faoliyati belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan vasiylik kengashi to`g`risidagi namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.
24. Bolalarni qabul qilishda maktabgacha ta`lim muassasasi ota-onalarni yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarni muassasaning ustavi va uning faoliyatini tartibga soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
25. Maktabgacha ta`lim muassasasi bilan ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. SHartnoma o`qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida ‘aydo bo`ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini o`z ichiga oladi.
26. Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar:

  • o`z bolalari uchun o`qitish va tarbiyalashning shakllarini, maktabgacha ta`lim muassasalari tipini va ta`lim berish tilini tanlash;

  • maktabgacha ta`lim muassasasi mahmuriyatidan maktabgacha ta`lim muassasasining ustaviga muvofiq bo`lgan zarur shart-sharoitlar ta`minlanishini talab qilish;

  • bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo`lishni talab qilish;

  • bolalarning bolalar maktabgacha ta`lim muassasasidagi hayot kechirishini tashkil etishda faol ishtirok etish;

  • rejim doirasida ular uchun qulay bo`lgan istalgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasiga olib kelish va undan olib ketish huquqiga ega.

Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishlari mumkin.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
34. Maktabgacha ta`lim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Muassasa rahbari rag`batlantirish tusidagi ustamalar, qo`shimcha haq hamda boshqa to`lovlar turi va miqdorlarini ish haqiga yo`naltiriladigan mavjud mablag`lar doirasida belgilaydi.

Download 1,76 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81




Download 1,76 Mb.