• III. Maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
  • II. Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi




    Download 1,76 Mb.
    bet8/81
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #131995
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
    Bog'liq
    MTT ma\'lumot

    II. Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi
    4. Maktabgacha ta`lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkaziladi.
    5. Quyidagilar:

    • davlat boshqaruvi organlari;

    • mahalliy davlat hokimiyati organlari;

    • davlat korxonalari;

    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta`lim muassasasining muassislari bo`lishi mumkin.

    6. Maktabgacha ta`lim muassasalari o`z ishining o`ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo`linadi:

    • umumiy tipdagi maktabgacha ta`lim muassasasi;

    • ixtisoslashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo`lgan bolalar uchun);

    • sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asoratlarga ega bo`lgan bolalar uchun).

    7. Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z ustaviga, bank muassasalarida hisob raqamiga, O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi ko`rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko`rsatilgan shtam’ga ega bo`ladi.
    8. Maktabgacha ta`lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
    III. Maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
    9. Maktabgacha ta`lim muassasasi belgilangan davlat normativlariga va maktabgacha ta`lim muassasasiga qo`yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o`qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog`lomlashtirishni ta`minlaydi.
    10. Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim mazmuni O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
    11. Maktabgacha ta`lim muassasasining ish rejimi va bolalarning u yerda qancha vaqt bo`lishi maktabgacha ta`lim muassasasi ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kechayu kunduz faoliyat ko`rsatishiga yo`l qo`yiladi.
    12. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarni o`qitish va tarbiyalash davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
    13. Maktabgacha ta`lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta`lim muassasasiga yuklanadi hamda O`zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
    14. Bolalarga tibbiy xizmat ko`rsatish ham shtatdagi tibbiyot xodimlari, ham maktabgacha ta`lim muassasalariga biriktirilgan sog`liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta`minlanadi, ular maktabgacha ta`lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog`lig`i va jismoniy rivojlanishi, davolash-’rofilaktika tadbirlari o`tkazilishi, sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
    Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog`liqni saqlash organlariga yuklanadi.
    Maktabgacha ta`lim muassasasi tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
    Maktabgacha ta`lim muassasasining shtatdagi xodimlari sog`liqni saqlash organlarida be’ul tibbiy ko`rikdan o`tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan ajratiladigan mablag`lar doirasida belgilanadi.
    Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
    15. Maktabgacha ta`lim muassasasi ustavda qayd etilgan o`z maqsadlarini va vazifalarini bajarish uchun ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida oilaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda asosiy ta`lim dasturlaridan tashqari qo`shimcha ‘ulli ta`lim xizmatlari ko`rsatishga haqlidir. ‘ulli ta`lim xizmatlari muassis tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy ta`lim faoliyati o`rniga va uning doirasida ko`rsatilishi mumkin emas.

    Download 1,76 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




    Download 1,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi

    Download 1,76 Mb.