• V. Ta`lim jarayoni qatnashchilari
  • IV. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasini butlash




    Download 1,76 Mb.
    bet14/81
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #131995
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
    Bog'liq
    MTT ma\'lumot

    IV. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasini butlash
    15. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha, tegishli tibbiy xulosa hisobga olingan holda qabul qilinadi.
    Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularning chiqib ketishi tartibi nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
    16. Nodavlat muassasasi guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta`lim muassasalari uchun belgilangan sondan ortiq bo`lmasligi kerak.
    17. Maxsus pedagogik mahlumotli shaxslar nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqiga egadir. Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug`ullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga qo`yilmaydilar.
    18. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta`minlaydi, ularning shahni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo`llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
    19. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    V. Ta`lim jarayoni qatnashchilari
    20. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta`lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
    Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari maktabgacha ta`lim muassasalarining ustavlarida belgilanadi.
    Bolalarni qabul qilishda nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi ota-onalarni yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarni muassasaning ustavi va uning faoliyatini tartibga soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
    21. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi bilan ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasining ustavi va shartnoma bilan tartibga solinadi. SHartnoma o`qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida ‘aydo bo`ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini o`z ichiga oladi.
    22. Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar:

    • o`z bolalari uchun o`qitish va tarbiyalashning shakllarini, bolalar maktabgacha ta`lim muassasalari tipini va ta`lim berish tilini tanlash;

    • bolalar maktabgacha ta`lim muassasasi mahmuriyatidan maktabgacha ta`lim muassasasining ustaviga muvofiq bo`lgan zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;

    • bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo`lishni talab qilish;

    • bolalarning bolalar maktabgacha ta`lim muassasasida hayot kechirishini tashkil etishda faol ishtirok etish;

    • rejim doirasida ular uchun qulay bo`lgan istalgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasiga olib kelish va undan olib ketish huquqiga ega.

    Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishlari mumkin.
    23. Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar quyidagilarga majbur:

    • bolalarning jismoniy va psixik jihatdan sog`lom bo`lishi to`g`risida g`amxo`rlik qilish;

    • bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo`lish, unda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat fazilatlarini, o`zidan katta yoshdagilarga hurmat bilan munosabatda bo`lish tuyg`ularini tarbiyalash;

    • belgilangan normativlarga muvofiq bolalar bog`chasida bolaning ta`minotiga to`lovni o`z vaqtida to`lash;

    • bolalarni oilada tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni ta`minlash;

    • bolalarning to`laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko`nikmalari shakllantirilishini qathiy kuzatib borish, bolani maktabgacha ta`lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish.

    Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
    24. Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimi o`rtasidagi munosabatlar o`zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
    Maktabgacha ta`lim muassasasida o`quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o`quv yili boshlangunga qadar sog`lomlashtirish davri boshlanadi.

    Download 1,76 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




    Download 1,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV. Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasini butlash

    Download 1,76 Mb.