• XULOSA
  • D.V.Elkonin, V.V.Davidov izlanishlarida o`quv faoliyati muammosi hamda yechimi




    Download 218.84 Kb.
    bet5/6
    Sana26.05.2023
    Hajmi218.84 Kb.
    #65010
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    V.V.Davidov va D.V.Elkonin kontseptsiyasi
    Ózbekstanda ámelge asırılıp atırǵan reformalardıń jańa basqıshı., крилга угирилган Газетага мақола 6 Пленум ҳақида 2022 й , 897135, 1. Operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyati 2, sanoat dekabr uz111, Amaliyotchi psixologning faoliyat soxalari Rеja, 1labKT, Dars o\'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida, AVESTO, 1 варак, ibodati-islomiya-uzbek, XOLMURODOV N D, Kompyuter texnikasining rivojlanish tarixi va avlodlari. Mexanik-fayllar.org, JM RMA
    2.2. D.V.Elkonin, V.V.Davidov izlanishlarida o`quv faoliyati muammosi hamda yechimi.
    Ta'lim psixologiyasi shaxsning bilimlarni egallash, mustahkamlash uslublaridan iborat faoliyat jarayonini qamrab oluvchi qator savollarning tuzilishini o'rganadi, shuningdek, ularning natijasida s 'amning individual tajriba, bilim, malaka va ko'nikmalari shakllanadi. Inson dunyo bilan hamkorlikdan nimadir yangi narsa o'rganish va o'z ehtiyojlarini qondirish uslublarini takomillashtirib borganligi sababli ham bilim olishga bo'lgan intilish insonning butun umri davomida ta'qib etib boradi, chunki odam har bir amaliy bilimini hayotdan o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda, ta'lim olish har bir faoliyatda mavjud bo'Iib, u subyektning shakllanish jarayonini o'z ichiga qamrab oladi. Shunday qilib, ta'lim olish yetarli darajada keng tushunchadir, u o'z ichiga nafaqat ta'lim olishning uyushtirilgan shakllarini, (maktab, kurslar, oliygoh), balki inson tomonidan kundalik hayotda egallanayotgan bilim va malakalarni ham o'z ichiga oladi.
    Boshqa faoliyat turlari bo'lmish o'yin va mehnatdan o'zining maxsusligi mohiyati bilan ajralib turuvchi bu faoliyatni psixologik faoliyat sifatida yondashilganda, o'qish faoliyatining uyushgan shakllarini ko'riladi. Uning eng muhim jihati shuki, u istalgan boshqa bir faoliyatga insonni tayyorlaydi va uning asosi boiib hisoblanadi.
    Psixologlarning bu boradagi izlanishlariga ko'p bo'lgani yo'q (taxminan 50 yillardan boshlangan) va bu sohada hali u darajada sezilarli ishlar qilingan emas. Ammo o'qish faoliyatini tashkil qilish uchun asos yetarli darajada shakllangan va ular o'qitish nazariyasining aniq savol-muammolariga psixologiyaning bir yoqlama yondashishiga yo'l qo'yadi.
    O'quv faoliyati nazariyasining asosi nima va u psixologiya o'qitish metodikalarini ishlab chiqishda qanday ahamiyatga ega?
    Awalambor, psixologiyaning qaysi sohasida ishlashdan qat'i nazar, o'qituvchi o'qish faoliyati nazariyalarining asosiy qonun qoidalarini bilishi zarur. Bu bilim egallab olish qoidalari va o'qitish metodikalarini to'g'ri tuzish uchun juda muhim. O'qish faoliyati psixologiyada ilmiy tushuncha sifatida bir yaqqol ifodaga ega erpas. Rus pedagogikasi va psixologiyasining «klassik» nazariyalarida — bu «kichik maktab yoshdagi yetakchi faoliyat», «ijtimoiy faollikning asosiy shakli» sifatida e'tirof etiladi.
    D.B.Elkonin va V.Davidovning ta'kidlashicha, o'qish faoliyati — bu o'quvchining nazariy bilimlar—o'zlashtirishga qaratilgan va fikrlashning o'sishini ta'minlaydigan faoliyatlaridan bin sifatida ko'rsatiladi. O'qish faoliyati o'quvchining o'zi amalga oshirib o'zini o'zgartirish uchun maxsus tashkil qilingan faoliyat bo'lagidir. O'qish faoliyatining muhim qismi o'quv topshiriq hisoblanadi. Topshiriq yechilish jarayonida, har bir amaliy mashg'ulotdagi kabi, o'quvchi tomonidan o'rganilayotgan obyektda yoki bu haqdagi tasawurda ma'lum bir o'zgarishlar yuzaga keladi, ammo natijada subyektning o'zi o'zgaradi. O'quv topshirig'i subyektda oldindan berilgan o'zgarish sodir bo'lgandagina yechimi topilgan deb hisoblash mumkin. O'qish faoliyati jarayonida (yosh avlod) o'quvchilar kattalarning tarbiyasiga tayanadi, o'rganadi. Har bir yosh avlod dunyo haqidagi bilimlarni bevosita uni o'rab turgan borliqdan oladi, ammo yoshlar bu bilimlarni o'zi yaratmaydi, balki ularni katta avlodlardan «narsa (buyumlar), maxsus tashkilot va yangi avlodning bu narsalar bilan bog'liq faoliyati orqali» oladi.
    Aynan mana shu «buyumlar bilan» maxsus uyushtirilgan faoliyati, insoniyat tajribasi, katta avlodning ana shu buyum - mahsulotni yaratish bo'yicha tajribasining egallashi o'qish faoliyatidir.
    O'qish faoliyatining ahamiyati - bu «o'quvchilarni tashqi olam bilan bog'lovchi faoliyati»ning bevosita natijasidir. Bu o'quvchilar faoliyati bo'lib o'qituvchi tomonidan tashkil qilingan va u bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
    O'quv faoliyati quyidagi umumiy tuzilishga ega: ehtiyoj -topshiriq-motivlar-harakat-operatsiya.
    Ehtiyoj o'quvchining u yoki bu predmetni nazariy o'zlashtirishga qaratilgan o'quv faolligidir. Nazariy bilimlarga aniq bir predmet rivoji va kelib chiqishi haqidagi qonun-qoidalar kiradi. Bularni faqat uyushtirilgan ta'lim-nazariy o'rganish faoliyatida o'zlashtirish mumkin.
    O'qish faoliyati tuzilishining muhim elementlaridan bin o'quv topshirig'idir. Uni bajarishda o'quvchilar aniq bir harakat va operatsiyalarni bajaradilan O'quv faoliyatlari har xil bo'lishi mumkin, ammo asosiy motiv bo'lib (maxsus) o'rganishga qiziqish hisoblanadi. O'qish faoliyatining amalga oshirilishini o'quvchi tomonidan bajarilayotgan, ma'lum bir motiv bilan boshqarilayotgan o'quv faoliyati yoki o'quv topshirig'ini yechishga qaratilgan operatsiya tashkil etadi. Bu faoliyatning maqsadi — nazariy bilimni egallashdir.
    Xullas, o'quv topshiriqlarini yechish va o'quv faoliyatini maxsus tarkib topishi, uning tuzilish xususiyatlariga bogiiq bo'ladi. O'quv topshirig'ining mohiyati nimada? Psixologlar o'quv topshirig'ining qat'iy farqlanishi xilma-xilligi va hayot davomida yuzaga keladigan amaliy mashg'ulotlarning turli-tumanligi haqida ko'p yozishgan. Agar har bir amaliy mashg'ulot yechilishi alohida fanlarning o'zgarishiga olib kelsa va bu maqsad boisa, unda o'quv topshirig'ini yechishdan maqsad predmetni o'zlashtirish emas, balki bu o'zgarishlarni kiritish orqali uslublarini o'zlashtirishdir. Masalan, texnik televizor buzilganida tuzatsa, politexnika instituti talabasi bu ishni amaliy mashg'ulotda bajarar ekan, u nafaqat buni tuzata oladi, balki uni bartaraf etish usullarini ham o'rganib oladi. Natijada, ish bilan birga o'qish faoliyatida subyekt sifatida yangilik oladi va o'zgaradi. Ammo teleapparatura sozlovchisi boiish uchun birgina buning o'zi kifoya emas, u har tomonlama mutaxassis bo'lish uchun bu ishni yana bir necha bor takrorlashi zarur va aynan o'qish faoliyatining vazifasi shundaki, o'quvchi topshiriqning qandaydir bir-biriga o'xshash javobini emas, balki, har qanday turli bosqichdagi topshiriqlardan prinsipial javobini topa olishni bilishdir. O'qituvchi esa, o'quvchi oldiga shunday topshiriq qo'yishi kerakki, u turli umumiy va aniq vaziyatlarda o'quvchini muammoni umumiy yechimini topishga yo'naltirishi kerak.
    Maktab va oliygoh talabalari amaliyotda nazariy bilimlarni tajriba asosida o'rganib borishadi. Jumladan, matematik masala misolida xususiy masalaning aniq bir yechimidan, o'quv topshirig'ini umumiy yechim yoii bilan ishlashni ko'rishimiz mumkin.
    Talabalar tomonidan psixologiyani o'rganilayotganda o'qituvchi ularga inson faoliyati bilan bog'liq bir qator topshiriqlarni tuzishi va ularga berishi mumkin. Uning barcha savoli bir xil, ya'ni «Bu faoliyat boiib hisoblanadimi?». Buning natijasida talabalar faoliyat tushunchasini o'zlashtirib olishlari lozim. Biz bilamizki, o'quv fanlar tizimida, haqiqatan ham bilimni o'zlashtirish uchun o'quv jarayonini o'quv topshiriqlarini yechish tizimiga aylanishi lozim. Boshqacha qilib aytganda o'quv topshirig'ini yechish epizodik emas, balki o'qish faoliyatida egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llab, o'rganishi, o'qituvchi tomonidan berilayotgan tayyor bilimlarni kitoblardan olishi emas, balki o'quvchining o'zi faol faoliyat yuritishi lozim.
    O'quvchi tomonidan o'quv topshirig'ini yechilish jarayonining o'zi - bu o'quv faoliyati deyiladi. Bu jarayonning tarkibiy qismi boiib, a) o'qituvchi tomonidan o'quvchi oldiga o'quv topshirig'ining qo'yilishi; b) o'quvchi tomonidan topshiriq yechimini qabul qilinishi; d) o'tilayotgan fani bilan bogiiqlikni izlash maqsadida o'quvchi tomonidan o'quv topshirig'ining qayta ko'rib chiqilishi; e) ajratilgan munosabatni modellashtirish; 0 bu munosabatni «sof holda» o'rganish uchun modelni o'zgartirish; g) umumiy usul bilan yechiladigan topshiriqlar tizimining qurilishi; h) awal bajarilgan harakatning nazorat qilinishi va keyingi harakatga o'tishi; i) baholash (o'z-o'ziga baho berish) hamma harakatlarning yaxshi bajarilish uslubini o'quv topshirig'i yechilishining umumiy uslubini o'zlashtirish va boshqalar.
    Barcha yuqoridagi elementlarning ketma-ketligi o'quv topshi­rig'ining bajarilishida talabaning o'qish faoliyatini tashkil etadi.
    Eksperimental va nazariy tekshirishlar o'tkazilgan maktablarda o'qish faoliyatining asosiy nazariy muammolarini ishlab chiqqan jamoat psixologlari nazariyasi faoliyat va psixikaning birlik prinsipidan samarali foydalanganlar. Ammo umumiy nazariyani o'qitish mumkin, qoilanilishi ma'lum oldini olish choralari nafaqat maktab ta'limining, balki o'qitishning boshqa turlariga kattalar (talabalar) tajribasi asosida qurilgan.13
    «O'qish faoliyati» tushunchasining paydo bo'lganligiga ko'p boigani yo'q, ko'pi bilan 20 yil awal, bu o'quvchilarning bilim saviyasi kriteriyalari tavsiyanomasini ishlab chiqilishi bilan bog'liq boigan. O'quv faoliyatining to'laligicha ko'rib chiqish zarurati bilan u nafaqat bilim, ko'nikma, malaka va ular ortidagi usullar, o'quv­chilarning o'quv materiali bilan harakat operatsiyalarini, balki, o'quvchi tomonidan o'quv materialining qabul qilinishi, uning o'zi tomonidan nazorat qilinishi, o'z-o'ziga baho berishini ham o'z ichiga oladi.
    O'qish — bu mustaqil faoliyatni bajarish, buni o'quv materialiga ijodiy yondashmasdan, o'quv topshirig'ini o'zini tahlil qilish va o'zini baholay bilmasdan bajarib bo'lmaydi. O'qishga o'rganish - bu o'quv faoliyatini bajarish talaba uchun zarur topshiriq bo'lib hisoblangan.
    Har bir oliygohdagi psixologiya o'qituvchisining oldiga qo'yilgan muhim topshiriq - talabaning o'quv faoliyatini shakllantirish yoki uni psixologiyasini o'rganishga qaratilgan. Talaba o'zi mustaqil ishlashni, o'zining idroki, aqli bilan ish yuritishni bilmas ekan, u doimo o'qituvchining og'zidan chiqqan tayyor bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga harakat qiladi va kitobdagi ilmiy, tushunchalarni mexanik tarzda yodlab oladi, ammo lining o'zi biror marta ham bu bilimlami amaliyotda qo'llay olmaydi. Bu esa uning kishilar bilan ongli, to'g'ri psixologik muloqot o'rnatishga va faoliyatni yo'lga qo'yishga, psixologik fikr yuritishga o'rgana olmasligiga sabab bo'ladi.
    Talaba faoliyatini qanday shakllantirish lozim? Bu har bir talabani psixologiya fanini to'g'ri o'rganishiga bog'liqmi? Biroq o'qishning mohiyati nimada? Psixologiyada bu muammo quyidagicha izohlanadi; qanday qilib awal o'quvchiga noma'lum, noaniq boigan, uning ongida bo'lmagan narsa unga ma'lum bo'ladi, obyektivdan subyektivga o'tadi, idealdan matenalga aylanadi?
    Yuqoridagi savollarga javob aynan to'g'ri bilim olishga yo'l ko'rsatadi. Bu muammo yechimi bilan yirik psixologlar 50-yillarda tadqiqot ishlari olib borganlar. Xususan, P.Ya.Galperin va uning shogirdlari «Qanday qilib, inson ongidan tashqarida bo'lgan, uning aqli ichki xususiyat bo'lib qolgan, ya'ni uning ongini mahsuli sifatida aql xususiyatiga aylanadi?», degan savolga javob izlashi asta-sekin quyidagi xulosaga olib keldi: P.Ya.Galperinning aqliy harakatlarning shakllanish konsepsiyasida keltirib o'tiladi.
    Bu konsepsiya katta umumpsixologik ahamiyatga ega, chunki u yuqorida qo'yilgan savollarga javob berib qolmay, balki hayvonlar psixologiyasidan farqli bo'lgan, inson psixologiyasi evolutsiyasi tamoyillarini, psixologik faoliyat turlari va shakllari, uning qonuniyatlari hamda shakllanishi haqidagi ma'lumotlarni ham o'zida mujassamlashtirgan.
    Bu nazariyalar bilan bog'liq holda o'ylangan harakatlarni shakllantiruvchi faoliyat - o'qish faoliyati deb ko'rib chiqilgandi. O'ylangan harakatlar — insonning har bir amaliy va bilishga yo'naltirilgan faoliyati, individual tajribada shakllanib, istalgan bir qator o'zgarishlarni boshidan kechiradi. P.Ya.Galperin konsepsiyasida o'qish maxsus harakatlar turi sifatida ko'rib chiqiladi, ularni bajarish o'quvchida yangi bilim va malakalarni hosil qiladi. Shu sababli, bu nazariya tarafdorlari o'qish maqsadi bu bilimlar bilan ishlay olish, lekin faqat bilimlarni o'zi kifoya emas, — deb bilishadi. Har bir o'qitish insonni «nimadir qilishga o'rgatish»ni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.
    Bunda o'z kasbiy vazifalarni bexato bajaradigan mutaxassislik uchun, amalga oshirishning qaysi eletnentlari mustahkam yo'riqnoma bo'lib hisoblanishini bilish lozim. Bu elementlar to'plami (yo'riqnomalar), o'rganuvchining (faoliyatining yo'riqnomasi) o'rga-nish faoliyatining eng asosiy yo'riqnomasi bo'lishi lozim.
    «Harakatning asosiy yo'riqnomasi — bu faoliyat - harakatini bajarayotgan kishining asosiy tayanchi bo'lib hisoblanadi». O'rganuvchi bu muayyan bir harakatni bilmagani va bu harakatni bajarishga endi o'rganayotgani uchun ham, (o'rgatuvchi) o'qituvchi uning qo'liga ma'lum bir harakatni bajarishda tayana oladigan yo'riqnomalarni berishi lozim.
    Boshqacha qilib aytganda, biror bir faoliyatga ilk bora qo'l urayotgan kishi, agar qo'lida ma'lum bir asosiy harakat yo'riqnomasi bo'lsa, u bemalol bu ishni to'g'ri, lekin juda sekin bajara oladi. Shunday qilib, u har qanday yangi ishni, har bir yangi faoliyatni bajarishga, u trigonometrik topshiriq, xoh u orfografik jihatdan to'g'ri xat yozish, yoki yangi samolyotni yig'ish bo'lmasin psixologik hodisaning tahlilini bajarishga o'rganib oladi.
    P.Ya. Galperin ta'kidlashicha: «Insonning har bir harakatining nazorat, bajaruv va mo'ljal qismlari mayjuddir. O'quv jarayonida o'quvchi yo'1-yo'riqni mo'ljalga qarab faoliyatni bajaradi va bu o'qituvchi tomonidan nazorat qilinadi. Yo'riqnoma ham o'qituvchi tomonidan beriladi».
    Bu konsepsiya asosida o'qitish faoliyatini tashkil etishning yaxshi natija berishi nafaqat P.Ya. Galperin izdoshlari tomonidan, balki uning maktabi tomonidan ham isbotlangan.
    Psixologiyani o'qitish metodikasida bu borada erishilgan imkoniyatlarni ishlatish ehtiyoji mayjud. Birinchidan, pedagogik oliygohlarda (fakultet yo'nalishiga qarab) maxsus maktab fan sohalariga moslab talabalar tomonidan laboratoriya va amaliy darslarda metodikalar ishlab chiqish; (maktablardagi o'qitish xususiyatiga qarab) ikkinchidan, psixologiya fanini oliygohlarda aynan shu metodika va nazariyalar asosida o'tish; uchinchidan, psixologiya o'qituvchisi tashviqot ishlarini olib borishda, yuqoridagi konsepsiya asosida va umuman o'qitishning faol metodlari asosida amalga oshirishda cheksiz imkoniyatlari mavjud.
    Ta'lim psixologiyasining yana bir yo'nalishi bo'lib nazariy yuksaltirishga asoslangan subyektning faolligi shakli deb aytiladigan o'quv faoliyati hisoblanadi, u avlodlarning ijtimoiy tajribasi natijasida individual rivojlanish shartiga qaratilgan bo'ladi. D.B.Elkonin o'quv faoliyatining muhim qismi bo'lgan o'quv topshirig'ining yechimini topish natijasida faoliyatni bajaruvchi subyektning o'zgarishi, uning dunyoqarashi, bilimi, malakalarini shakllanishiga sabab bo'lishini ko'rsatib bergan. V.V.Davidov, o'quv faoliyati - bu nazariy bilimni egallashni o'zi, o'qish faoliyatining shakllanishiga esa mustaqil o'qish va ijodiy yondashish sabab bo'Iishini aniqlagan.
    D.B.Elkonin va V.V.Davidov 1960-1970-yiIlarda o'qitishni rivojlantirish tizmini ishlab chiqadilar va maktab amaliyotida sinab ko'rdilar. Uning asl mohiyati bo'lib nafaqat o'qituvchilarni o'quv jarayonida ma'lum bir bilimlar bilan qurollantirish, balki ularni har qanday ilmiy ma'lumot bilan ishlay olishga o'rgatish bo'lib ham hisoblanadi. Bu maktab namoyondalarining asosiy maqsadi insonlarni fikr yuritishga o'rgatish lozimligidan iborat, shunmg uchun o'quvchilarda zamonaviy fikr yuritish asoslarini egallashlari ilgari suradilar. Boshqacha qilib aytganda, o'qishni shunday tashkil etish kerakki, doimo u «rivojlanuvchi xarakterga» ega boiishi lozim.
    Demak o'qish — bu fikr yuritishga o'rganishdir. Rivojlanuvchi o'qitish g'oyasi o'sha yillarda boshlang'ich maktab dasturiga (uni egallab olish 3 yil maboynida bo'ladi 4 yil emas) va 5-8-sinflar (alohida predmetlar) o'rganadigan alohida fanlar dasturiga ham kiritilgan edi. 1996-yilda bu dastur bilan 1000 dan ortiq o'qituvchilar ishlagan.
    D.B.Elkonin — Davidov sistemasi bo'yicha eksperimental sinflarda «asosan o'quv faoliyatining shakllanish jarayonining tavsifnomasi, intellektual rivoji, o'quvchilar jamoasi va shaxsning rivojlanish sifati bilan bu o'qitish jarayonlarining an'anaviy sharoitdagi rivojlantirish, o'qitish g'oyasi tizimi tavsifnomasi bilan ko'rib chiqilganda to'g'ri keladi». Bu natijalar tavsifnomasi an'anaviy o'qitish tizimida odatda, rejalashtirilmaydi va o'qitish natijasi sifatida yuzaga chiqmay baholanadi.
    D.B.Elkonin — Davidov g'oyaviy tizimida o'qitish natijalari tavsifnomasi o'z ichiga quyidagi ko'rsatkichlarni oladi; a) o'qish faoliyatining shakllanganlik darajasi; b) o'quvchilarning intellektual rivojlanish darajasi; d) o'quvchilar jamoasining va shaxsni rivojlanish darajasini; e) o'qitish oxirida o'quvchilarning bilim, malaka va egallagan ko'nikmalar darajasi.
    Biz ko'rganimizdek, tavsifnomalar ichida, deyarli yakka va asosiy an'anaviy tizimda o'qitishning sifati ko'rsatkichida bilim hajmi darajalari mavjud emas. Bundan ko'rinadiki, rivojlantiruvchi o'qitish tizimi tomonidan bilimning zarur va keraklilari inkor etiladimi? Albatta yo'q, bu yerda e'tibor bilim soniga emas, shaxsning qanday bilim, malaka va ko'nikmalar, uslublari va boshqa sifatli jihatlarini egallaganiga qaratiladi. Axir bilim shaxsni rivojlanishiga hissa qo'shish va faqatgina o'qitish maqsadi bo'lib qolmasligi kerak.
    Shunday qilib, o'quv faoliyati — subyekt faoliyatini o'zgartiruvchi, hech narsani bilmagandan biluvchiga bilim, malaka va ko'nikmalarni egallagan shaxsga aylantirishdir. Shuning uchun ham o'quv faoliyati o'z-o'zini o'zgartirish, o'zini namoyon etish faoliyati deb aniqlanishi mumkin va buning predmeti sifatida o'quvchilarning ijtimoiy tajriba orttirish orqali egallagan tajribalarini olish mumkin. Ijtimoiy tajribaning egallangan bo'lagi va bu awalgi tajribani o'zgartirish hisobiga o'quv faoliyatining mahsulini tashkil etadi.14
    Yana bir bor ta'kidlash joizki: o'quv faoliyatining predmeti, mahsuli, maqsad va natijasi bo'lib faqat bilim berish hamda egallashgina emas, balki o'quvchining intellekti, shaxsiy sifatlari va olgan bilimining natijasi bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalari hisoblanadi. O'quv faoliyatining asosiy vazifasi boiib o'quvchining ilmiy nazariyalari asosida mustaqil fikr yuritishga o'rgatish hisoblanadi.
    Agar o'rta, oliy yoki boshlang'ich maktab fikrlashga o'rgatish lozim bo'lsa, u holda buni qanday amalga oshirish lozim? Bu savolga javob berish uchun fikrlash psixologiyasidan kelib chiqqan holda yondashishi lozim. Zamonaviy ilmiy tasawurlar bo'yicha fikrlash — bu shunday maxsus muammoning yechimiki, Lining ba'zi shartlari yuzada yotadi, (yoki yuzaki) boshqalari esa mavjud boimaydi. Fikrlash bu — predmet tahlilining kuzatishlardan yashirin boigan munosabatlarni namoyish etishga (ochishga) qaratilgan psixologik faoliyatdir. Agar topshiriqning barcha shartlari yoritilgan bo'lsa, u holda fikrlash talab etilmaydi va inson bu topshiriqni xotira yoki bevosita qabul qilish, shuningdek, o'ziga xos qarorga olib boruvchi yo'l bilan hal etishi mumkin. Fikrlash topshiriq boiganda, (savol) tayyor javob xotirada ham va diqqatda ham bo'lmaganida ishga tushadi. Shunday qilib, inson muayyan vaqtda muammoli ko'ringan vaziyatga tushib qoladi, noaniq va noma'lum bo'lgan narsani yoritish fikrlashni taqozo etadi. Aynan shu narsaga talabalar va o'quvchilarni o'rgatish lozim. 15
    Fikrlashga o'rganish — bu bilimlar o'rtasidagi tafovutni yechish, o'quvchi ega boigan va ega boimagan ammo yuzaga kelgan muammo — topshiriqni yechishda unga asqotadigan bilimlardir.


    XULOSA


    Bola o'zini o'zi o'zgartirishga ehtiyoj va qobiliyatga ega bo'lgan o'zini o'zi o'zgartiradigan ta'limot sub'ekti sifatida qaraladi.
    O'quv maqsadlari: nazariy ong va fikrlashni, sudni (aqliy harakatlar usullari) shakllantirish; talabani talabaga aylantirish uchun shart-sharoitlarni ta'minlash.
    Ta'lim mazmunining asosi-bu mavzudagi harakatlarning umumiy usullarini belgilaydigan ilmiy tushunchalar tizimi (ma'lum bir sinf muammolarini hal qilishning umumiy printsiplarini o'zlashtirish uchun zarur shart sifatida).
    Uslubiy tizimning xususiyatlari:
    - maqsadli o'quv faoliyati kontseptsiyasi;
    - bilimlarni muammoli taqdim etish;
    - o'quv vazifalari usuli;
    - kollektiv va tarqatish faoliyati.
    "Ta'limni rivojlantirish" atamasi bir qator muhim ko'rsatkichlar bo'yicha uni amalga oshirishning o'ziga xos shartlarini tavsiflash bilan to'ldirilgunga qadar bo'sh qoladi, masalan:
    - ushbu yosh davrida yuzaga keladigan, shakllanadigan va rivojlanadigan ma'lum bir yoshdagi asosiy psixologik neoplazmalar qanday;
    - tegishli neoplazmalarning paydo bo'lishi va rivojlanishini belgilaydigan ushbu davrning etakchi faoliyati qanday;
    - ushbu faoliyatni amalga oshirishning mazmuni va usullari qanday (masalan, u o'z-o'zidan yoki maqsadli ravishda amalga oshiriladi);
    - uning boshqa faoliyat turlari bilan qanday aloqasi bor;
    - qaysi usullar tizimi yordamida tegishli neoplazmalarning rivojlanish darajasini aniqlash mumkin;
    - ushbu darajalarning etakchi faoliyatni tashkil etish xususiyatlari va u bilan bog'liq boshqa faoliyat turlari bilan bog'liqligi qanday.
    O'rganilgan materialga asoslanib, biz D. B. Elkonin va V. V. Davydovning rivojlanayotgan ta'lim tizimidan foydalanishda erishishimiz mumkin bo'lgan asosiy natijalarni ajratib ko'rsatishimiz mumkin.
    Birinchidan, nazariy fikrlashning paydo bo'lishi va rivojlanishi.
    Ikkinchidan, bu haqiqiy o'zboshimchalik xotirasining paydo bo'lishi va jadal rivojlanishi.
    Uchinchidan, eng muhim kommunikativ ko'nikmalarning jadal rivojlanishi - o'z fikrlarini oqilona ifoda etish qobiliyati va suhbatdoshning fikrlarini etarli darajada idrok etish qobiliyati.
    Barchamiz bilamizki, yangi asr yangi shaxsni talab qiladi: erkin, intellektual jihatdan yuqori darajada rivojlangan, mustaqil ravishda qaror qabul qilishga qodir. Shuning uchun mavjud an'anaviy ta'lim tizimi fundamental islohotlarga muhtoj. Maktabni tabiatga mos pedagogika qutqaradi, ya'ni haqiqatan ham ilmiy va shuning uchun qobiliyatli, bugungi murakkablikning har qanday vazifalari bunga qodir.16
    Va buning uchun maktabda D. B. Elkonin va V. V. Davydovni rivojlantirish texnologiyasidan faol foydalanish kerak degan xulosaga keldik.



    Download 218.84 Kb.

    1   2   3   4   5   6




    Download 218.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    D.V.Elkonin, V.V.Davidov izlanishlarida o`quv faoliyati muammosi hamda yechimi

    Download 218.84 Kb.