|
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCESBog'liq matematika-o-qitishda-interfaol-metodlardan-foydalanishACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-149-153
Academic Research, Uzbekistan 151 www.ares.uz
Sinkveyn fransuzcha so‘z bo‘lib "besh" degan ma’noni bildiradi. o‘quvchilarga
darsni mustahkamlash bosqichida biror fizik kattalik, asbob, hodisa nomi, fizik olimni
quyidagicha besh qatorli misraga solishni taklif etish lozim.
Ot (1 so‘z), Sifat (2 so‘z), Fe’l (3 so‘z).
Ibora (gap bilan ta’rifi beriladi).
Sinonim (1 so‘z yoziladi, otga yozilgan so‘z bilan ma’nosi bir xil bo‘lsin).
Masalan mavzu: “Kesmaning yo`nalishi. Vektor ”
Vektor
Erkin, nol nuqta
Yasash, yo`naltirish, qabul qilish.
Agar vektorning boshi va oxiri ustma ust tushsa bunday vektor nol vektor
deyiladi.
Nur (chegaralangan).
Sinkveyn metodidan foydalanish o`quvchilarni chuqur mulohaza qilishga
o`rgatadi.
Venn diagrammasi.
«Diagramma vena» qiyosiy taxlilda juda qo‘l kelib, mavzuni sharxlab, ikki
muammoni bir-biriga muqoyasa qilib o‘tishda qulay usuldir. Bu usul ikki doira
shaklidagi aylana chiziqlarning qo‘shilishi holatida bo‘lib doiralarning ikki tarafiga
tanlangan mavzuning faqat o‘ziga xos individual xususiyatlari yozilib, o‘rtada ikki
doiraning qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lgan bo‘shliqda esa tanlangan ikki mavzuga
xos turli fikrlar, xususiyatlar g`oyalar ko‘rinishi izohlab boriladi. Bir qarashda
oddiydek tuyulgan bu usul o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshiradi, xotirani
kuchaytiradi. U yoki bu mavzu ustida mustaqil ishlashga undaydi. Ikki mavzuning
umumiy va individual, ya’ni faqat o‘ziga xos tomonlarini tez farqlaydi. Mavzu tez va
uzoq vaqt esda qoladi. «Diagramma vena» o‘quvchini hushyorlikka, sezgirlikka
chorlaydi. O‘quvchilar 4—5 tadan uch guruhga, jami 15 taga ajratiladi. 1-guruh
doiraning o‘ng tomoni, 2-guruh doiraning chap tomoni, 3-guruh ikki doiraning
qo‘shilishidan paydo bo‘lgan bo‘shliq ustida ishlaydi. Mavzuni keng qamrovli
o‘zlashtirib olishga ko‘maklashadi. Guruxdagi qolgan o‘quvchilar esa
kuzatuvchilardir, ya’ni «Diagramma vena» ustida ishlayotgan 3 guruhning
harakatlarini kuzatadilar. Hatto baholashlari ham mumkin. Dars, mavzu, harakatlar
uzoq vaqg esda saqlanib qoladi. «Diagramma vena» turli xil g`oya, fikrlar kurashi va
hujumini, munozaralarni keltirib chi-qaradi. O‘quvchilarni o‘ylantiradi, mustaqil
fikrlashga undaydi.
|
| |