|
Guruh 224-21 Bajardi: Toshtemirov Husniddin Tekshirdi
|
bet | 1/2 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 40,64 Kb. | | #100049 |
Bog'liq 4-topshiriq
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Pedagogika. Psixologiya
Guruh 224-21
Bajardi: Toshtemirov Husniddin
Tekshirdi: Normatov Otaxon
Toshkent 2023
4-topshiriq
1. Temperament va uning turlari. (temperamentni o‘rganish metodlari)
2.Rahbarning muhim shaxsiy - kasbiy sifatlarini o‘rganish metodlari
3.Oratorlik madaniyati konikmalarini shakllantirish (Aqliy hujum, Maslahat usullari asosida)
Nutqni o‘rganish metodlari. (Faol so‘zlashuvni aniqlash metodikasi)
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika
fani tarkibida taraqqiy etdi, so’ng mustaqil fan sifatida shakllandi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta'limda bolalar
nutqini o’stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi
sifatida, ilmiy izlanishlar asosida yaratilgan “Ilk qadam” tayanch dasturini
o’quv jarayoniga joriy etish, nutq o’stirish metodikasi bo'yicha bilim va
malakalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatdan mutanosibligini
ta'minlaydi, nutq o’stirish usullarini ishlab beradi. Uni takomillashtirish, eng
qulay usulni qo'llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o’rgatish, nutqda til
birliklaridan foydalanish, o’zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni
to’g’ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til
birliklarini ajrata bilish (tovush, so’z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda
o'rganib borish, unga amal qilish kabi faoliyatini shakllantiradi.
Demak, nutq o’stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda nutq o’stirish
vazifasini amalga oshiradi, bolalarda ifodali, aniq, lo nda va obrazli
so’zlashishni shakllantirish orqali ona tilini amaliy o’rgatadi, bolalarga ta'lim
beradi.
Nutq o’stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda bolalarni og’zaki nutqini
o’stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy muomala malakalarini
shakllantirish orqali nutqda so’zdan to’g’ri va o'rinli foydalanish, ya'ni nutq va
xulq egasi bo’lish kabi ma'naviy axloqiy sifatlarni, so’zlash odobini egallashni
shakllantiradi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida rivojlantiruvchi vazifani
bajaradi. Ya'ni usulika bolalar nutqini o’stirish orqali ularning nutq a'zolarini
anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon tushunarli bo’lishini
ta'minlaydi: bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda nutq odobi,
ma'naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq
tushunarli ta'sirchan bo'ladi, bola o’z nutqini to’zatib boradi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida bolalar nutqini o’stirishning
pedagogik qonuniyatlari, pedagogik faoliyatning shakllanishi va talablarini
o'rganadi, nutq o’stirishning eng samarali omillari, vositalarini, usul va
usullarini hozirgi zamon pedagogikasining yutuqlari, ilmiy pedagogik talablari
asosida ishlab chiqadi, ta'limga, fanga tavsiya etadi. Nutq o’stirish metodikasi
ana shu pedagogik vazifadan kelib chiqqan holda pedagogikaning quyidagi
asosiy savollariga javob beradi.
Nimani o’rgatish kerak? Bunda maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda qanday
nutqiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish lozimligini nazarda tutiladi. Bu
vazifa O’zbekiston Respublikasining ta'lim mazmunini zaruriy o’zagi
hisoblangan ta'lim standarti asosida amalga oshiriladi, bunda ta'limning barqaror
darajasini ta'minlash sharti bajariladi. O’quv yuklamalari meyyorga keltiriladi,
tarbiyachi bolalarning o’quv faoliyati darajasi, shaxs sifatlari rivojlanishi, uning
nutqiy faoliyatini nazarda tutgan holda ta'lim jarayonini tashkil etadi.
Qanday o'qitish kerak degan pedagogik savolga javob beradi. Buning uchun
maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning nutqini o’stirish usul va usullarini
qo'llash imkoniyati, o’rni, qo'llangan usullar samarasi nazarda tutiladi, usul va
usullarni takomillashtirishga zamonaviy texnologiyani joriy etishga alohida
diqqat qilinadi.
“Ta'lim to’g’risi”dagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga
oshirishda an'anaviy usullar bilan bir qatorda noan'anaviy, o'yin usulining
qo'llanishi, mujassam mashg’ulotlarni tashkil etilishi, ayniqsa, hozirgi zamon
yaxshi pedagogik texnologiyani ta'limda qo'llash kabilar bunga misol bola oladi.
Nima uchun aynan shunday o'qitish kerak? savoliga usulika fani nutq
o’stirishning nazariy va amaliy asoslangan omillari, vositalarini qo'llash
zarurligini ifoda etadi.
Nutq o’stirish metodikasining asosiy vazifasi tarbiyachilarni maktabgacha
ta'limda nutq o’stirishning ilmiy pedagogik asoslangan, eng samarali natija
beradigan omillari, vositalari va usullarini ishlab chiqish, tarbiyachi, pedagog,
ota-onalarni nutq o’stirish usullari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, eng
qulay usullardan foydalanish, nutq o’stirish mashg’ulotlarini tashkil etish
samaradorligini oshirishga doir bilimlar bilan qurollantirishdan iboratdir.
Nutq o’stirish metodikasining mazmuni maktabgacha ta'limda bolalar og’zaki
nutqini o’stirish, bolalarda kattalar, tengdoshlari bilan nutqiy muloqot, muomala
qilishni bilishga o’rgatishdir. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar 2-3 ming so’z
boyligiga ega bo’lish va undan foydalanish, eshitganlarini aytib berish,
ko'rganini gapirib berish, suratlarga qarab mazmun bo'yicha hikoya tuzish va
uni aytib berish, asosiy tayanch so’zlar yordamida hikoya tuzishga o’rgatiladi.
Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to’g’ri, aniq talaffuz etish,
tilning grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanish, badiiy asarni
tinglash, tushunish, mazmunni eslab qolish va so’zlab berish, asar qahramonlari
nutqi xususiyatlarini ajrata bilish, obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga
ega bo’lishni rivojlantiradi, maktabga nutqiy jihatdan tayyorlaydi.
Bu vazifalarni bajarishda nutq o’stirish metodikasi o’zining usulolohik asosi
bolgan pedagogika fani yutuqlariga, g’oyaviy-nazariy asosi bo'lgan milliy g’oya
va milliy mafko'ramiz tamoyillariga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga
asoslanadi. Shuningdek, nutq o’stirish metodikasi maktabgacha ta'limda nutq
o’stirishni tashkil etishda ilg’or pedagoglarning amaliy tajribalari, tajriba-sinov
natijalari, ilmiy- usulik adabiyotlarda tavsiya etilgan fikr- muloqazalarga
asoslanadi natijada yaxshi vazifalarni, muammolarni va tavsiyalarni chuqur
talqin etadi, eng maqbo'lini ta'limga joriy etadi.
Intellektni psixometrik tekshirish. (Aqlni o‘lchashning Veksler shkalasi,
Ayzenk testi)
Intellektni tekshirishning eng keng tarqalgan m etodlaridan biri amerikalik
psixolog va psixiatr D. W echsler (1949) tomonidan ishlab chiqilgan bolalar
intellektini o’lchash shkalasidir Wechsler intelligence Scale for children
(WISC). Bu metodikaga 1974 yilda so‘nggi m arta 5 yoshdan 15 yoshgacha
bo'lgan bolalarni tekshirish uchun o'zgartirishlar kiritildi. Rossiyada birinchi bo'lib Veksler shkalasi V.M.Bexterev nomli Leningrad psixonevrologik ilmiy tadqiqot institutida moslashtirilgan. Metodika B .G .A nan’ev (1969) maktabi psixologlari tomonidan Intellekt taraqqiyotini uzoq yillar o krganishda, jumladan bolalarda psixik taraqqiyotdan chetga chiqishlar va orqada qolishlarni differentsial-diagnostika qilishda keng qo'llanilgan. WISC m oslashtirilgan variantining subtestlarini keltiramiz. (A.YU.Panasyuk, 1973). Tadqiqot o’tkazishda maxsus qarordan foydalanish zarur.
D.V eksler metodi bo'yicha tadqiqot qarori
Familiyasi, ismi______________________________
Tug‘ilgan yili________tug'ilish tartibi_____________
Jinsi_____Onasi_____________ ma'lumoti_________
Yoshi________________oy_____________________
Tadqiqot o ‘tkazi1gan kun ______________________
Tadqiqot natijalari_____________________________
|
| |