• Sulaymanova Dildora Nazarovna SamDU tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7994197 Annotatsiya.
  • Pedagogik jihatlari respublika ilmiy-amaliy anjumani




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana12.01.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #135355
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    loyihaga-asoslangan-o-qitish-pbl-bo-lajak-o-qituvchilarda-kreativ-tafakkurni-rivojlantiruvchi-texnologiya-sifatida



     
    RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
    PEDAGOGIK JIHATLARI
    RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
     2023-yil 2-iyun 
    576
    LOYIHAGA ASOSLANGAN O‘QITISH (PBL) BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA 
    KREATIV TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYA SIFATIDA 
    Sulaymanova Dildora Nazarovna 
    SamDU tadqiqotchisi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7994197
     
    Annotatsiya. Mazkur maqolada loyihaga asoslangan o‘qitish texnologiyasining mohiyati, 
    uning ta’lim jarayonidagi o’rni, afzallik va kamchiliklari ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan. 
    Shuningdek, bo’lajak o’qituvchilarda kreativ tafakkurni rivojlantirishda loyihaga asoslangan 
    o‘qitish texnologiyasining ahamiyati bayon qilingan. 
    Kalit so‘zlar: kreativlik, kreativ tafakkur, loyiha, loyihaga asoslangan o‘qitish 
    texnologiyasi, samaradorlik. 
    Ta’lim jarayonida bo‘lajak mutaxassisda kreativ tafakkurni rivojlantirish bugungi 
    kundagi ta’lim oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, 
    ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar talabalarning atrofdagilar bilan muomala qilishga, 
    mavjud vazifalarni to‘g‘ri baholashga, mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlashga imkon beradigan 
    o‘quv vaziyatlarini tashkil etish zaruriyatini qo‘ymoqda. Bu esa ta’lim jarayonida bo‘lg‘usi 
    mutaxassislarning shu jumladan, bo‘lajak o‘qituvchilarning individual imkoniyatlariga qarab, 
    ularning bilish faolligini oshirish, kreativ tafakkurini rivojlantirish orqali kelgusi pedagogik 
    faoliyatga tayyorlashning nazariy-amaliy asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
    Ana shu nuqtai nazardan ilg‘or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy kasbiy ta’lim 
    mazmunini internatsionalizatsiyalash va modernizatsiyalash, kompetensiyalarga asoslangan 
    innovatsion ta’lim muhitini shakllantirilish, talabalarda kreativ tafakkurni rivojlantirishga xizmat 
    qiladigan interfaol strategiya va vositalarni amaliyotga tatbiq etish asosida talabalarda kreativ 
    tafakkurni shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb 
    etadi. 
    Shunday ekan bo‘lajak o‘qituvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlash, ularda kreativ 
    tafakkurni rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir. 
    Kreativlik - (ing. “create”-yaratish, “creative”-yaratuvchi, ijodkor)-individning yangi 
    g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorgarlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning 
    tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyatdir.
    Kreativlik - shaxsning yaratuvchilik, ijodkorlik xislatlari bilan bog‘liq ko‘nikmalar 
    majmui sifatida namoyon bo‘ladi. Kreativlik o‘z ichiga muammolar nisbatan yuqori darajadagi 
    sezgirlik, intuitsiya, natijalarni oldindan ko‘ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va rekleksiyani 
    qamrab oladi.
    Amerikalik olim D. Veksler “Kreativlik fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo 
    yoki masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo‘lishini taqozo etadi va shablonli, 
    zerikarli fikrlashdan farq qilib, narsa va hodisalar mohiyatidagi o‘zga xoslik, noyoblik sifatlarini 
    anglashga yordam beradi” - deb ta’rif beradi. 
    Pedagogik maqsad pedagogik jarayonni tashkil etishga tayyorlanish bosqichida 
    pedagogik vazifa sifatida qabul qilinadi. Pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati turli vazifalar 
    mohiyatining bir yo‘la birin-ketin anglanishiga bog‘liq. Xususan, talabalarni kasbga tayyorlashda 
    pedagogik umumiy (pedagogik faoliyat uchun umumiy), boqichli (pedagogik jarayonning 
    ma’lum bosqichi mohiyatini aniq ifodalaydigan, ya’ni alohida olingan bosqich vazifalari), 



    Download 0,62 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik jihatlari respublika ilmiy-amaliy anjumani

    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish