-jadval  Loyihani bajarish va loyihaga asoslangan o‘qitish mazmunining qiyosiy jadvali




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana12.01.2024
Hajmi0,62 Mb.
#135355
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
loyihaga-asoslangan-o-qitish-pbl-bo-lajak-o-qituvchilarda-kreativ-tafakkurni-rivojlantiruvchi-texnologiya-sifatida

1-jadval 
Loyihani bajarish va loyihaga asoslangan o‘qitish mazmunining qiyosiy jadvali 
Tayyor loyihani bajarish 
Loyihaga asoslangan o‘qitish 
Aniq 
belgilangan 
qisqa 
muddat 
ichida 
bajariladi 
Uzoq muddatli (bir hafta, oy yoki bir semestr 
davrida) 
An’anaviy 
dasturni 
faollashtiruvchi, 
yo‘riqnomaga qo‘shimcha sifatida kiritilgan 
birlik
Integratsiyalashgan 
qo‘llanma 
asosida 
yaratilgan loyiha (Loyiha bu – asosiy birlik) 
O‘qituvchi tomonidan qat’iy belgilangan 
yo‘nalish asosida 
Talabalarning taklifi hamda so‘rovi asosida 
Tashxis qilingan natija(mahsulot)ga qaratilgan 
Natija(mahsulot)ga va jarayonda o‘qitishga, 
o‘rganishga asoslangan 
Ko‘p hollarda talab qilingan standartlar va 
ko‘nikmalar bilan bog‘liq emas 
Akademik standartlarga va muvaffaqiyatni 
ta’minlovchi ko‘nikmalarga moslashtirilgan 
Ba’zan guruhda, ba’zan yakka tartibda 
auditoriyada yoki uyda ham bajarilishi mumkin 
Talabalar 
bilan 
hamkorlikda 
bajariladi, 
shuningdek, o‘qituvchining loyihani amalga 
oshirish jarayonida sinf ichidagi vaziyatdan 
kelib chiqib belgilagan ko‘rsatmalarini o‘zida 
qamrab oladi 
Auditoriya yoki maktab dunyosi ichida qoladi 
Haqiqiy dunyo uchun zarur bo‘lgan mazmun 
(kontekst) va dastur yaratiladi 
Loyihaning yakuniy natijasi auditoriyada yoki 
sinfda ko‘rsatiladi 
Loyihaning natijalari sinf hamda tegishli 
ommaviy auditoriya bilan baham ko‘riladi. 


 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
 2023-yil 2-iyun 
579
Ushbu elektron platformada quyidagi ta’rifni ham uchratish mumkin: loyihaga 
asoslangan o‘qitish – usul bo‘lib, unda talabalar uzoq vaqt davomida haqiqiy, qiziqarli va 
murakkab savol, muammo topshiriq yoki muammoni o‘rganish va ularga javob berish uchun 
ishlaydilar hamda shu orqali bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 
Tadqiqotchi-trener Terri Xeykning o‘z blogidagi (Teach Thought) qarashlariga ko‘ra 
loyihaga asoslangan o‘qitishning uch turi mavjud. Bulardan birinchisi, qiyinchilikka asoslangan 
o‘qitish/muammoga asoslangan o‘qitish (Challenge-Based Learning/Problem-Based Learning), 
ikkinchisi, muhitga yoki joyga asoslangan ta’lim (Place-Based Education), uchinchisi, faolikka 
asoslangan o‘qitish (Activity-Based learning) sanaladi. Qiyinchilikka asoslangan o‘qitish – bu 
o‘quvchilarni o‘z uylarida, maktablarida va jamoalarida sa’y-harakatlar orqali mavjud real 
muammolarga yechim topish uchun kundalik hayotlarida zarur bo‘lgan texnologiyalardan 
foydalanishga undaydigan o‘qitish va o‘rganish uchun qiziqarli fanlararo yondashuv. Olimning 
fikricha, har qanday loyiha ma’lum bir qiyinchilikni hal qilishga, undan ma’lum natijadorlik 
orqali rivojlanishga qaratilsa, u haqiqiy loyihaga asoslangan o‘qitish sifatida namoyon bo‘ladi. 
Joyga yoki etnik kelib chiqishiga asoslangan ta’lim o‘quvchilarni mahalliy meros, madaniyatlar, 
landshaftlar, imkoniyatlar va tajribalarga olib kiradi, ushbu o‘qitish turidan til san’ati, 
matematika, ijtimoiy fanlar va boshqa fanlarni o‘rganish uchun asos sifatida foydalaniladi hamda 
shu orqali jamoa bo‘lib mahalliy maktab yoki xizmat ko‘rsatish loyihalarida ishtirok etish orqali 
o‘rganishni ta’kidlaydi. Faollikka asoslangan o‘qitish ko‘proq amaliy mashg‘ulotlar uchun 
mo‘ljallangan.
Maktabda turli fan doirasida o‘quvchilar bilan ishlashda loyihaga asoslangan o‘qitishni 
qo‘llab ko‘rayotgan tadqiqotchi Laurens Xeyvudning ta’kidlashicha, o‘quvchilar loyihada 
qo‘yilgan ulkan muammoni bosqichma-bosqich hal qiladilar, jarayonda to‘xtalishlar paydo 
bo‘ladi, ya’ni har bir bosqichda kichik muvaffaqiyatsizliklar yuzaga kelishi mumkin. Duch 
kelingan har bir muvaffaqiyatsizlik o‘quvchilarning bilimsizlik sohalarini, nimani xato 
bajarganliklarini va uni to‘g‘rilash uchun qanday xatti-harakatni amalga oshirishlari kerakligini 
bilishga yordam beradi. Ya’ni loyihaga asoslangan o‘qitish (PBL) maktabda asosiy bilimlarni 
egallash uchun qayta murojaat qilishni, o‘rganishni vujudga keltiruvchi tabiiy jarayondir. Uning 
uqtirishicha, sinfni va o‘quvchilarni birdaniga loyihaga asoslangan o‘qitishga o‘tkazib 
bo‘lmaydi, buning uchun o‘qituvchi eng kichik darajadan boshlashi va keyinchalik keng 
hajmdagi, uzoq muddatli loyihalarga olib borishi mumkin.
Tadqiqot davomida olib borilgan o‘rganishlar va tahlillar, ishda ilgari surilayotgan 
gipoteza loyihaga asoslangan o‘qitish texnologiyasi tushunchasiga nisbatan mualliflik ta’rifini 
shakllantirish imkonini berdi: 
Loyihaga asoslangan o‘qitish – bo‘lajak o‘qituvchilar kreativ tafakkurini 
rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtiruvchi, didaktik imkoniyatlarini 
yuzaga chiqaruvchi, yo‘naltiruvchi savollar, doimiy ishlash, chuqur so‘rov, haqiqiylik, taklif va 
tanlov, refleksivlik, tanqidiy fikrlash vositasida natijaga asoslangan texnologiyadir.
Pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan ixtiyoriy nazariya, yondashuv va texnologiyalarga 
xos bo‘lgan afzalliklar yoki kamchiliklar loyihaga asoslangan o‘qitish jarayonini ham chetlab 
o‘tmaydi. Quyida sohaga doir tadqiqotlar hamda shaxsiy izlanishlarga tayangan holda, loyihaga 
asoslangan o‘qitishning mohiyati, muhim elementlari, afzalliklari va kamchiliklarini ifodalovchi 
jadvalni keltiramiz (2-jadval). 

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  Loyihani bajarish va loyihaga asoslangan o‘qitish mazmunining qiyosiy jadvali

Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish