|
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-Bog'liq loyihaga-asoslangan-o-qitish-pbl-bo-lajak-o-qituvchilarda-kreativ-tafakkurni-rivojlantiruvchi-texnologiya-sifatida
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
2023-yil 2-iyun
577
xususiy (mavjud va yuzaga keluvchi vaziyatli) vazifalarni turlariga ko‘ra aniqlashtirish, ularni
bajarishga tayyorlik holatida bo‘la olishlariga e’tibor qaratish muhim. Chunki ushbu vazifalarni
o‘z vaqtida anglash hamda bajarish kasbiy faoliyatiga to‘g‘ri yondashuvni paydo qiladi. Ayniqsa,
hozirgi biror bir fanning o‘qitish metodikasini pedagogik sohasiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan bir
davrda, uning maqsad hamda vazifalarini bajarish orqali o‘qitishning, o‘quv-bilish jarayoni
faolligining sabablarini izohlashga ko‘maklashishi ma’lum.
Ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish masalasi turli tadqiqotchilar
tomonidan zamon, o‘sha davr fan olami nuqtai nazaridan o‘rganilgan, talqin qilingan, ilmiy-
nazariy jihatdan asoslanilgan. Vaqtlar o‘tishi bilan mukammallashib borayotgan o‘qitishning
shakl, metod hamda vositalarini yangilash, o‘zgartirish, ularni ta’lim oluvchining yosh va
individual xususiyatlariga moslashtirish, ta’limning maxsus pedagogik-psixologik sharoitlarini
yaratish muammolari yuzasidan alohida izlanishlar olib borilgan. Jumladan, G.N.Ibragimova
ta’lim nazariyasi va shaxs bilish faolligini rivojlantirish bilan bog‘liq tadqiqotlarni tahlil qilar
ekan, bugungi kunda pedagogikada o‘qitishning bir qator modellarini ko‘rish mumkinligini
ta’kidlaydi, ya’ni:
1.
Passiv o‘qitish modeli – bu model doirasida ta’lim oluvchilar o‘quv jarayoni
obyekti sifatida namoyon bo‘ladilar.
2.
Faol o‘qitish modeli – ushbu jarayonda talabalar o‘qitish jarayoni obyekti sifatida
faoliyat ko‘rsatadilar. Ular o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish jarayonida mustaqil ishlash, ijodiy
topshiriqlarni bajarish ishlari bilan keng ko‘lamda shug‘ullanadilar.
3.
|
| |