|
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-Bog'liq loyihaga-asoslangan-o-qitish-pbl-bo-lajak-o-qituvchilarda-kreativ-tafakkurni-rivojlantiruvchi-texnologiya-sifatida
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
2023-yil 2-iyun
578
- o‘quvchi va talabalardan chuqur bilim hamda fikrlash qobiliyatlarini namoyish etishni
talab qiladigan topshiriqlarni yaxshi bajarishga (bizningcha, o‘qituvchi uchun ijtimoiy
buyurtmani bajarishga) yordam beradi;
- o‘qituvchilarga yanada qonikarli tarzda dars berish imkonini taqdim qiladi;
- ta’lim tashkilotlarini nafaqat ota-onalar, boshqa jamoalar, balki butun dunyo bilan
muloqot qilish va bog‘lanishning yangi usullari bilan ta’minlaydi.
Tomas Markxem “PBL bilish va bajarishni birlashtiradi, talabalar o‘rganilayotgan o‘quv
dasturidan asosiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydi, uning samarasi o‘laroq, hayotiy
muammolarni hal qilish va muhim natijalarga erishish uchun bilganlarini amalda qo‘llaydi. PBL
ta’limni o‘quv dasturiga emas, talabaga qaratadi, hamkorlikdagi yuqori sifatli mahsulotlarni
ishlab chiqarish uchun raqamli vositalardan foydalanadi va o‘quvchilarni bugungi jahonda talab
qilinayotgan global taraqqiyot, ijodkorlik, hissiy barqarorlik, chidamlilik, hamdardlik kabi
nomoddiy boylik bilan mukofotlaydi. Albatta, bularni darsliklardan tashqarida o‘rgatish mumkin
emas, lekin tajriba orqali faollashtirish lozim”, deya ta’riflaydi.
Buck Institute for Education instituti tomonidan tashkil qilingan talabalarni loyihaga
asoslangan o‘qitish (Project-based learning) asosida o‘z kasbidagi real voqelikka tayyorlovchi
hamda o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan “
https://www.pblworks.org
”
elektron plaformasini o‘rganish, kuzatish, olib borilgan ishlarni tahlil qilish natijasida o‘qituvchi
tomonidan o‘ylab topilgan, uning aniq ko‘rsatmalari va tashxisiga yo‘naltirilgan “loyihani
bajarish” hamda kasbiy hayotda real sodir bo‘ladigan, erishilgan yoki yaratilgan mahsulot,
taqdimot boshqalar amalda foydalanishi uchun zarur bo‘lgan “loyihaga asoslangan o‘qitish”
tushunchalarining farqli jihatlari aks etgan qiyosiy jadvalni mualliflik munosabati bilan
takomillashtirdik (1-jadval):
|
| |