|
Interfaol o‘qitish modeliBog'liq loyihaga-asoslangan-o-qitish-pbl-bo-lajak-o-qituvchilarda-kreativ-tafakkurni-rivojlantiruvchi-texnologiya-sifatidaInterfaol o‘qitish modeli – mazkur o‘qitish jarayoni ta’lim oluvchilarning
muntazam faol munosabatlari va birgalikdagi harakatlari asosida amalga oshadi. Ushbu
jarayonda talaba va professor-o‘qituvchi o‘quv jarayonining teng huquqli subyekti hisoblanadi.
Keyingi yillarda yuqoridagi kabi tadqiqotlar natijasida, ayniqsa, xorij metodikasida ta’lim
ishtirokchilarining ongli faoliyatini, undagi kognitivlikni rivojlantirishga qaratilgan qator o‘qitish
tamoyillari (uzluksizlik, individuallashtirish va tabaqalashtirish, modullilik, variativlik,
refleksivlik, ilmiy-metodik kuzatuv, elektivlik, integrativlik), yondashuvlari (kompetensiyaviy,
innovatsion, kreativ, shaxsga yo‘naltirilgan, kommunikativ, kognitiv v.b.), o‘qitish turlari
(muammoga asoslangan o‘qitish, shaxsga, tadqiqotchilikka, faollikka, loyihaga asoslangan
o‘qitish v.b.) amaliyotga muvaffaqiyatli joriy qilinmoqda va ta’lim taraqqiyotining yangi
bosqichlarini kashf etmoqda.
Loyihaga asoslangan o‘qitish – bu hayotiy, real muammolar asosida loyihalangan, faol
o‘rganish orqali chuqur bilimga ega bo‘lishi kafolatlangan, o‘zgaruvchan sinf-dars yondashuvini
o‘zida aks ettiradi. Yasseri Dar, Finley M. Patrik, E.Blayne, Devis V. Devid va boshqalarning
e’tirof etishicha, PBL aniq dalillarni taqdim etuvchi yoki savol berish, muammolar qo‘yish,
ularning ssenariylarini taklif qilish orqali bilim olishning ravon yo‘lini ko‘rsatuvchi, qog‘ozga,
yodlashga, o‘qituvchi boshchiligidagi ko‘rsatmalarga tayanishdan farqli ravishda faol o‘rganish
hamda izlanishga asoslangan o‘qitish uslubi negiziga quriladi.
Jon Larmer, Jon Mergendoller va Suzi Bosslarning ta’kidlashicha, loyihaga asoslangan
o‘qitish kuchli o‘qitish yondashuvi bo‘lib, uni amalga oshirish davomida quyidagilarga ega
bo‘linadi:
- o‘quvchilarni bilim olishga rag‘batlantiradi;
- o‘quvchi va talabalarni oliy ta’limga, kasbga, kasbiy o‘sish nuqtalarini belgilashga
(individual kasbiy trayektoriyani rejalashtirishga), ijtimoiy faol fuqarolikka tayyorlaydi;
|
| |