|
Pishirilgan kolbasalar tayyorlash texnologik sxemasi
|
bet | 4/4 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #146725 |
Bog'liq KOLBASA MAHSULOTLARIPishirilgan kolbasalar tayyorlash texnologik sxemasi
Pishirilgan kolbasalar tayyorlash texnologik sxemasi
E’tiboringiz uchun tashakkur! - Liver kolbasani tayyorlash. Liver kolbasalari asosan qon, upka, yurak, jigar va taloqdan tayyorlanadi. Dastavval qon va subproduktlar pishirib olinadi, so’ng sovutiladi. Sovutilgan mahsulot maydalanib qiyma holiga keltiriladi va aralashtirgichlarda ishlanadi. Unga tuz, suv, yog’ va kerakli hisoblangan ziravorlar solib yaxshilab aralashtiriladi. SHunday qilib, mahsulot ichaklarga solish uchun tayyor bo’ladi va bu tadbirni amalga oshirish mumkin.
- Dildiroq (xolodets) kolbasa tayyorlash. Dildiroq kolbasa asosan hayvonlar kala-pochalarini qaynatib, pishirgan holda tayyorlanadi. Mollarning kala-pochasi alohida go’shti suyaklaridan ajratguncha pishiriladi. Pishgan go’sht qozondan olinib stol ustiga yupqa qilib yoyib sovutiladi. So’ng qiyma holiga keltiriladi va aralashtirgichga solinadi. Uning ustiga quyuq sho’rva quyiladi, ziravorlar, tuz sepiladi va tayyorlangan ichaklarga solinadi. Bunda ichaklar turli diametrda bo’lishi tabiiy. Ayrim hollarda tayyor mahsulotni yosh hayvonlarning tozalangan oshqozoniga, shuningdek qovug’iga ham solish mumkin.
- Go’sht noni tayyorlash. Go’sht noni uchun yuqori nav kolbasalar tayyorlanadigan go’shtdan foydalaniladi. Uning qiymasini tayyorlash texnologiyasi ham kolbasa qiymasini tayyorlash kabi bo’lgani holda maxsus non pishiriladigan temir idishlarga solinib pechkalarida pishiriladi. Pishirilgan go’sht noni sovitiladi, hamda uni shakar va qizil qalampir aralashma sharbati botirib olinadi. So’ngra maxsus pechkalarda quritiladi.
|
| |