• “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 3, июнь, 2020 йил
  • Халқаро молия ва ҳисоб




    Download 345.25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/11
    Sana12.03.2022
    Hajmi345.25 Kb.
    #18557
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi
    Atrof, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30, Neftning 250-300 fraksiyasidagi maxsulotlarida alifatik uglevodorodlarni ajratib olish, Idul Fitri, cmd buyruqlari english, mustaqili talim mavzulari, ABRORBEK 2
    ADABIYOTLAR SHARHI 
    Bugungi kunda moliya bozorlarini tartibga solishning ahamiyati xalqaro 
    darajada koʻpchilik mutaxassislar tomonidan ta’kidlanmoqda. F.Moshirianga koʻra, 
    jahon miqyosida integratsiyalashgan moliyaviy tizim mavjud boʻlmaganligi sababli 
    milliy va global moliyaviy inqirozlar vaqtida mavjud tartibga solish qoidalari 
    transchegaraviy tartibga solish masalasini hal qilolmadi [2]. 
    K.Amadeo ta’kidlashicha, moliyaviy tartibga solish iste'molchilarning 
    investitsiyalarini himoya qilishini aytib oʻtgan. Tartibga solish moliyaviy 
    firibgarlikning oldini oladi va moliya institutlari tomonidan investorlarning pullarini 
    jalb qilish riskini kamaytiradi. Moliyaviy tartibga solish uch asosiy moliyaviy 
    sektorni nazorat qiladi: bank, moliya bozori va iste'molchilar [3]. 
    M.Kavai va E.S.Prasadlarning fikrlariga koʻra, t
    artibga solish xususiyatlarini 
    tavsiflaydigan prinsiplarga asoslangan tartibga solish qoidalari iqtisodiy rivojlangan 
    moliya bozorlari uchun koʻproq mos keladi degan fikr ilgari surilgan, ammo bu 
    yondashuv oʻzlarining moliyaviy bozorlarini yanada koʻproq innovatsiyalar va 
    tavakkalchiliklarga yoʻl ochib rivojlantirmoqchi boʻlayotgan rivojlanayotgan 
    mamlakatlar uchun ham tegishlidir [4]. 
    Oʻzbekistonlik iqtisodchi olimlar ham moliya bozorini tartibga solish boʻyicha 
    tadqiqotlar oʻtkazishgan. Xususan, professor S.Elmirzayev boshchiligidagi mualliflar 
    jamoasining ta’kidlashlaricha, moliya bozorlarini qonunchilikka zid xatti-harakatlar 
    va firibgarliklardan himoya qilish masalasi jahon hamjamiyati uchun nihoyatda 


    “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 3, июнь, 2020 йил
     
     

    muhim hisoblanadi. Aynan shuning uchun moliya bozori rivojlangan barcha 
    davlatlarda davlat tomonidan tartibga solishni ham oʻz ichiga olgan tartibga solish 
    tizimi shakllangan [5].
     
    I.f.n. S.P.Abdullayevning fikriga koʻra, Oʻzbekiston moliya bozorini yanada 
    rivojlantirish va barqarorligini oshirish uchun jahon amaliyoti talablariga muvofiq 
    Oʻzbekiston moliya bozori faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va barqaror 
    rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar bozori ishtirokchilari va 
    investorlarining huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asoslarini yanada 
    takomillashtirish maqsadga muvofiq [6]. 
    SH.Shoha’zamiy moliya bozorini tartiblashtirish uning funksional va 
    operatsion tarkiblarining uyg‘unlikdagi faoliyatini, undagi barcha ishtirokchilarning 
    moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq barcha munosabatlarini tizimli tarzda 
    barqarorlashtirish va samarali rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan vakolat 
    berilgan organlar tomonidan oʻrnatilgan unga oid me’yorlar majmuasiga mos 
    ravishda muvogiqlashtirish va nazorat qilishning tartibli jarayoni ekanligini aytib 
    oʻtgan [7]. 
    J.Ataniyazov va E.Alimardonovlar bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozori 
    rivojlanishiga qarab uning ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish ikki xil boʻlishini 
    aytgan, ya’ni ular davlat va bozor orqali tartibga solish shakllari hisoblanadi. Moliya 
    bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va talab-taklif qonuniga 
    asoslanadi. Moliya bozori koʻplab subyektiv omillar, ya’ni siyosiy, ijtimoiy
    informatsion, madaniy va boshqa omillar ta’sirida har doim ham oʻz-oʻzini tartibga 
    solish qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlat aralashuvi talab etiladi. Moliya 
    bozorini davlat va bozor orqali tartibga solinishi oʻzaro bir-birini toʻldirib boradi [8]


    Download 345.25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 345.25 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Халқаро молия ва ҳисоб

    Download 345.25 Kb.
    Pdf ko'rish