• “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 3, июнь, 2020 йил
  • Халқаро молия ва ҳисоб




    Download 345.25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet9/11
    Sana12.03.2022
    Hajmi345.25 Kb.
    #18557
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi
    Atrof, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30, Neftning 250-300 fraksiyasidagi maxsulotlarida alifatik uglevodorodlarni ajratib olish, Idul Fitri, cmd buyruqlari english, mustaqili talim mavzulari, ABRORBEK 2
    XULOSA VA TAKLIFLAR 
    Moliya bozorlarining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrnini oshirish uchun 
    samarali tartibga solish tizimi oʻrnatilishi lozim. Moliya bozorini tartibga soluvchi 
    organlar ishtirokchilar va investorlarning firibgarlik va manipulyatsiyadan aziyat 
    chekmasligini ta'minlashga e’tibor qaratadi. Shuningdek, regulyatorlar bozorlarning 
    samarali ishlashini va bozor ishtirokchilarining bozor yaxlitligiga ishonchlarini 
    ta'minlashga e’tibor qaratadi. Likvidlilik, keng qamrovdagi ishtirokchilar hamda 
    ishonchli ma'lumotlarning mavjudligi moliya bozorlarining samarali faoliyat 
    yuritishiga yordam beradi. Ushbu faktorlarni moliya bozorlarida yuzaga keltirish, 
    ishtirokchilar faoliyatini mavjud xalqaro standardlarga moslashtirish mamlakatimizda 
    moliya bozorini rivojlantirish imkonini beradi.
    Oʻtkazilgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosa va takliflarni beramiz: 
    1. Moliya bozorlarida tartibga solish usullarini, ya’ni litsenziyalash, nazorat 
    qilish, qoidalar ishlab chiqish, hisobotlar taqdim etish, standartlashtirish, roʻyxatdan 
    oʻtkazish tartibini belgilash kabilarni keng qoʻllash firibgarlikning oldini olish va 
    moliya bozorini rivojlantirishda yordam beradi. 
    2. Moliya bozorini tartibga solishda asosiy maqsadlardan biri sifatida 
    investitsion jozibadorlikni oshirish ta’kidlanadi. Bunda moliya bozorini tartibga 


    “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 3, июнь, 2020 йил
     
     

    solish orqali moliya bozorining faoliyat mexanizmlarini ishlab chiqish, moliyaviy 
    barqarorlikni ta’minlash va investorlarning huquqlarini himoya qilish orqali 
    investorlarni jalb qilish imkoni yuzaga keladi.
    3. Hukumat tomonidan mamlakatimiz moliya bozorining Osiyodagi va xalqaro 
    darajadagi moliya bozorlarini tartib soluvchi tashkilotlar bilan, shuningdek, jadal 
    rivojlanayotgan davlatlar moliya bozorlari bilan integratsiyalashuvi yoʻllari koʻrib 
    chiqilishi lozim. Bu xalqaro darajadagi talablarga mos keladigan moliya bozorini 
    shakllantirish, xorijiy mamlakatlar moliya bozorlarini tartibga solish amaliyotini 
    oʻrganish va milliy moliya bozorimizga moslashtirish imkoniyatini taqdim etadi. 
    4. Mamlakatimizda moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirishda e’tibor 
    qaratilishi lozim boʻlgan jihat shundaki, moliya bozorini tartibga solish bir 
    tomonlama boʻlmasligi kerak. Davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar faoliyati 
    yoʻlga qoʻyilishi bilan birga bozor orqali tartibga solish shakllarining ishlashiga yoʻl 
    ochib berilishi lozim. Bozor regulyatorlarining ishlashi narx, raqobat, talab va 
    taklifning yuzaga kelishida muhim jihat hisoblanadi. 
    5. Moliya bozorimizda axborot ochiqligi va ishonchli ma’lumotlar 
    mavjudligini ta’minlash ishtirokchilarga samarali faoliyat yuritish “eshik”larini 
    ochadi. Bu moliya bozoriga kirmoqchi boʻlgan ishtirokchilarga ishonch beradi. 

    Download 345.25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 345.25 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Халқаро молия ва ҳисоб

    Download 345.25 Kb.
    Pdf ko'rish