DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
13
HARAKATLANUVCHI TARKIBNING TORTUV ELEKTR DVIGATELLARI
YUMALASH PODSHIPNIKLARINI VIBRODIAGNOSTIKASINING
NAZARIY ASOSLARI
Magistrant: Raxmatjonov Axrorjon Oybek o’g’li
Magistrant: Holboyev Mardon Baxrom o’g’li
T. F.D, dotsent, Xamidov Otabek Rustamovich
"Lokomotivlar va lokomotiv xo'jaligi"
kafedrasi mudiri, Toshkent davlat transport universiteti (Tdtu), Toshkent
shahri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.6376197
Annotatsiya:O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida mavjud barcha harakatlanuvchi
tarkibning tortuv elektr dvigatellarini yumalash podshipniklarini diagnostika qilishda
vibrodiagnostika tizimining kamchiliklari va afzalliklarini o’rganish natijalari ko’rsatilgan
Kalit so’zlar:Harakat
tarkibi , tortuv elektr dvigateli, yumalash podshipniki,
diagnostika
turlari, vibrodiagnostika , tebranish,yordamchi qisimlar .
So’ngi texnologiya jadallashgan va transportga bo’lgan ehtiyoj ortgan asrda “O’zbekiston
temir yo’llari” AJ ga tegishli lokomotivlar parklarini zamonaviy lokomotivlar bilan taminlash
hamda ularda mavjud bo’lgan muommolarni zamonaviy diagnostika uslublari orqali obyektni
qisimlarga ajratmasdan turib tez va juda kam iqtisodiy harajat sariflab aniqlash muhim
masalalardan biri bo’lib kelmoqda va lokomotiv parkining ishonchli ishlashini ta'minlashda
tortuv elektr dvigatel (TED) lari muhim rol o'ynaydi, ularning ekspluatatsiyasi transport
jarayoni va temir yo'l transporti ko'rsatkichlariga bevosita bog'liq. Shuning uchun Lokomotiv
TED nuqsonlarini o'z vaqtida aniqlash va oldini olish lokomotivlarni ta'mirlash
va texnik
xizmat ko'rsatishning kompleks tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Birinchi navbatda
diagnostika maqsadi va vazifalari belgilab olinadi.
Diagnostikaning asosiy maqsadlari quyidagicha: ta'mirlash va xizmat ko'rsatishga
sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish; endi vujudga kelayotgan
nuqsonlarni aniqlash va
ularning oldini olish, shuningdek, ularni qayta tiklashga
sarflanadigan xarajatlarni
qisqartirish; xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash; Lokomotiv tortuv elektr dvigatelining
xizmat
muddatini uzaytirish; agar vujudga kelgan nosozlik yoki ishdan chiqish normal
ekspluatasiya qilish imkonini bermasa, elektr dvigatelining ishga
yaroqliligini qayta tiklash
optimal texnologiyasini belgilash va boshqalar.
Diagnostikaning asosiy vazifalari quyidagilar: Lokomotiv tortuv elektr dvigatelining ehtimoliy
texnik holatini ikki turga ajratish: ishga yaroqli va ishga yaroqsiz; Lokomotiv tortuv elektr
dvigatellarining titrash holatiga muvofiq keluvchi nuqsonlar va nosozliklarning xususiyati va
lokalizasiyasini aniqlovchi diagnozni qo'yish; nuqsonlar
rivojlanishining dastlabki
bosqichlarida ularni aniqlash va vaqt mobaynida ularning rivojlanishini tahlil qilish.
Diagnostikaning kamchiliklari : tebranishlarni ekranga chiqarish uchun maxsus talablar,
tebranish parametrlarining ko'plab omillarga bog'liqligi va tebranish signalini chiqarish
murakkabligi hamda ko'p hollarda diagnostikaning aniqligi tekislangan (o'rtacha)
parametrlarning soniga bog'liq.