• 1. Avtomatik qurol deganda nimani tushinasiz
  • O‘qli qurol
  • Pulemyot (rus. pulya — o‘q va metat — otish)
  • 5,45 mm li Kalashnikov dastaki (qo‘l) pulеmyoti (RPK).
  • Kalashnikov RPK pulemyotining va AKM avtomatidan farqlari
  • JANGOVAR PATRONLAR
  • Oddiy o‘q
  • Zirhyorar-yondiruvchi o‘q
  • Harbiy-vatanparvarlik va harbiy sanʼat tarixi




    Download 2.02 Mb.
    Sana18.05.2023
    Hajmi2.02 Mb.
    #61228
    Bog'liq
    10-mavzu-t-ch
    2-Amaliy mashg\'ulot, Dilshod, pedagogika AAA, 040-041-042-043-21 Diskret tuzulmalar Topshiriq 2 sirtqi, 25-10. Tahrirlash, 3-yigilish AMALIY FANLAR , 2-yigilish TABIIY FANLAR , Falsafa Yakuniy Javoblari, Maxsuliy (produksiya) ekspert tizimlari taraqqiyoti va tadbiqlar, 11-mavzu (2 soat), Tarbiya jarayonida oila, mahalla hamda ta’lim muassalarining o z, 6-LHI 2023, 1-LHI.2023doc (1), HOSILALAR JADVALI

    O‘qotar qurollarining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va jangavor xususiyatlari

    BILASIZMI!


    Kalashnikov avtomatining vazifasi, konstruktiv va ballistik ko‘rsatkichlari, umumiy tuzilishi. Kalashnikov qo‘l pulemyoti. Jangovar patronlar.
    Qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan ishlaganda xavfsizlik choralari

    1. Avtomatik qurol deganda nimani tushinasiz?

    2. Qanday jangavor qurollar haqida bilasiz?

    3. Patronning tuzilishini aytib bera olasizmi?

    TAYANCH TUSHUNCHALAR

    O‘qotar qurol – o‘q (snaryad)ni stvol kanalidan uchirib chiqarish uchun porox gazlarining yonishidan hosil bo‘lgan gazlar bosimi kuchidan foydalaniladigan qurol.

    O‘qli qurol – kalibri 20 mm dan kichik bo‘lgan o‘qotar qurollar. Bularga pistolet, miltiq, avtomat, pulemyot va shunga o‘xshash boshqa qurollar kiradi.

    Avtomatik qurol – qayta o‘qlash va navbatdagi otishni amalga oshirish avtomatik tarzda porox gazlari energiyasi hisobiga amalga oshiriladigan o‘qotar qurol.

    Pulemyot (rus. pulya — o‘q va metat — otish) — dushmanning yer, havo va suvdagi nishonlarini shikastlash uchun ishlatiladigan tezotar avtomatik qurol.

    Patron o‘qli qurol va artilleriya qurollarining o‘q-dorisi bo‘lib, qurol patron bilan bitta usulda oqlanadi.


    RPK
    RPK74
    • Kalashnikov avtomati (AKM, AK-74) individual qurol hisoblanadi va u dushmanning jonli kuchini yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Qo‘l jangida avtomatga nayza-pichoq biriktiriladi. Bir xil kalibrdagi avtomat va pulemyotlar oqdonlarini almashtirib ishlatish mumkin. Qo‘l jangida avtomatga nayza-pichoq biriktirilgan holda foydalaniladi. Kalashnikov avtomati tuzilishi jihatdan juda sodda va yuqori jangovar va ekspluatatsion (ishlatish) sifatlariga ega.
    • Kalashnikov avtomati (AKM, AK-74) va qo‘l pulyemotlaridan uzluksiz (avtomatik) va yakka tartibda (bittalab) o‘t ochiladi. Uzluksiz (avtomatik) o‘t ochish avtomatdan otishning asosiy turi hisoblanadi: u qisqa (5 tagacha otish) yoki uzluksiz (10 tagacha otish) va to‘xtovsiz bo‘lishi mumkin.

    Avtomatning asosiy qism va mеxanizmlari: 1 – stvol stvol qutisi, nishonga olish moslamasi va qo‘ndoq bilan; 2 – stvol qutisining qopqog‘i; 3 – zatvor ramasi gaz porshеni bilan; 4 – zatvor; 5 – qaytarish mеxanizmi; 6 – gaz trubkasi (quvuri) stvol qoplamasi bilan; 7 – sеvyo (stvolning ostki qoplamasi); 8 – zarba bеrish-o‘t ochish mеxanizmi; 9 – o‘qdon; 10 – nayza-pichoq; 11 – pеnal (tozalash va moylash anjomlari uchun gilof); 12 – shompol.

    Kalashnikovning dastaki (qo‘l) pulеmyoti motoo‘qchi jangovar guruhining quroli hisoblanadi. U dushmanning jonli kuchlari va o‘q otish vositalarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Kalashnikov qo‘l pulеmyotining konstruktiv va ballistik ko‘rsatkichlari 1-jadvalda kеltirilgan. Kalashnikov qo‘l pulеmyotining va uni qismlarining ishlash prinsipi Kalashnikov avtomati va unig qismlari ishlash prinsipi bilan bir xil.

    5,45 mm li Kalashnikov dastaki (qo‘l) pulеmyoti (RPK).


    7,62 mm li Kalashnikov pulеmyoti (PKM).

    Kalashnikov avtomati va Kalashnikov dastaki pulemyotining ko‘p qismlari birxillashtirilgan. Bu esa pulemyot ishlab chiqarishni osonlashtirgan va arzonlashtirgan.

    Kalashnikov avtomati va Kalashnikov dastaki pulemyotining ko‘p qismlari birxillashtirilgan. Bu esa pulemyot ishlab chiqarishni osonlashtirgan va arzonlashtirgan.

    Kalashnikov RPK pulemyotining va AKM avtomatidan farqlari:

    • stvoli uzaytirilgan. Natijada o‘qning boshlang‘ich tezligi 715 m/s dan 745 m/s ga ortgan;
    • stvol qutisi vkladishi kuchaytirilgan;
    • stvol massasi kuchli o‘t ochish rejimini ko‘tara olishi uchun yiriklashtirilgan;

    JANGOVAR PATRONLAR

    JANGOVAR PATRONLAR


    Jangovar patron o‘q, gilza, porox zaryadi va piston (kapsyul)dan iborat. 1943-yil namunasidagi patronlar oddiy o‘qlar va maxsus maqsaddagi (yorishuvchi va zirhga qarshi-yondiradigan) o‘qlar bilan chiqariladi. Maxsus o‘qlarning bosh qismi ajralib turadigan rangga ega.

    Oddiy o‘q dushmanning ochiq va o‘q teshib o‘ta oladigan to‘siq ortidagi jonli kuchini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.

    Yorishuvchi (iz qoldiruvchi) o‘q dushmanning jonli kuchini yo‘q qilish, o‘t ochishni to‘g‘rilash va nishonni ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Trasserning yoriq izi 800 m masofagacha uzoqlikdan ko‘rinib turadi. Yorishuvchi (iz qoldiruvchi) o‘qning bosh qismi yashil rangga bo‘yalgan bo‘ladi.

    Zirhyorar-yondiruvchi o‘q yonuvchi suyuqliklarni yondirish va yengil zirhlar ortiga yashiringan dushmanning jonli kuchini 300 m gacha masofadan yo‘q qilish uchun xizmat qiladi.

    • Gilza patronning barcha qismlarini biriktirib turish, porox zaryadini tashqi ta’sirlaridan saqlash uchun xizmat qiladi. Gilza porox zaryadini joylashtirish uchun korpus, o‘qni mahkamlash uchun uchlik va tubdan iborat. Gilzaning tubida tashqi tomonidan chiqarib tashlovchi moslamani ilashtirish uchun halqasimon ariqcha qilingan.
    • Porox zaryadi o‘qqa harakatni uzatish uchun xizmat qiladi; u porox donachalaridan iborat.
    • Kapsyul (piston) porox zaryadini o‘t oldirish uchun xizmat qiladi. U latun qalpoqcha, unga presslangan zarba tarkibi va zarba tarkibini to‘sib turuvchi folgali aylanadan iborat.
    • AK-74 avtomati va RPK-74 ro‘l pulemyotlarida ishlatiladigan 5,45 mm li patronlar oddiy va iz qoldiruvchi o‘qlar bilan chiqariladi.

    Download 2.02 Mb.




    Download 2.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Harbiy-vatanparvarlik va harbiy sanʼat tarixi

    Download 2.02 Mb.