Harorat o‘lchash asbobi ishlash prinsipiga qarab, quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
1.
Kengayish
termometrlar.
Bu
termometrlar
harorat
o‘zgarishi bilan suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmining chiziqli
o‘lchamlarning o‘zgarishiga asoslangan.
2.
Manometrik termometrlar. Bu asboblar moddalar hajmi
o‘zgarmas bo‘lganda harorat o‘zgarishi bilan bosimning
o‘zgarishiga asoslangan.
3.
Harorat
ta’sirida o‘zgaradigan termoelektr yurituvchi
kuchning
o‘zgarishiga asoslanib ishlovchi termometrlar
termoelektr termometrlar hisoblanadi.
4.
O‘tkazgich va yarimo‘tkazgichlarning harorati o‘zgarishi
sababli elektr qarshilikning o‘zgarishiga asoslanib ishlovchi
termometrlar
qarshilik termometrlari deyiladi.
n
5. Nurlanish termometrlari. Ular orasida eng ko‘p
tarqalganlari:
a)
optik
pirometrlar–issiq
jismning
ravshanligini o‘lchash asbobi;
b) rangli pirometrlar (spektral
nisbat
pirometrlari)–jismning
issiqlikdan
nurlanishi
spektridagi
energiyaning
taqsimlanishini
o‘lchashga
asoslangan;
v)
radiatsion
pirometrlar–issiq
jism
nurlanishning quvvati o‘zgarishiga asoslangan. Nurlanish
termometrlari haroratni kontaktsiz o‘lchash usuli asosida
ishlaydi.
Haroratni
o‘lchashda
ishlab
chiqarish
sanoat
tashkilotlarida haroratni o‘lchash vositalaridan foydalanish
chegaralari 5.1 – jadvalda keltirilgan.
5.1 – jadval
Ishlab chiqarish sanoat haroratini o‘lchash
vositalaridan
foydalanish chegaralari
O‘lchash
vositasi
turi
O‘lchash vositalarining turli – tumanligi
Davomli
foydalanish
chegarasi
0
C
Kengayish
Suyuqlik termometrlari
-200
750
Termometrlari
Dilotometrik va
bimetalli termometrlar
-150
700
Monometrik
termometrlar
Gazli
-150
1000
Suyuqlikli
Bug‘–suyuqlikli (kondensatsion)
-150
-50
600
300
Termoelektrik
termometrlar
Termoelektrik termometrlar
-200
2500
Qarshilik
termometrlari
Metall (o‘tkazgichlik) qarshilik
termoterlari
-260
-1100
Yarimo‘tkazgichli qarshilik
termometrlari
-272
600
Pirometrlar
Kvazimonoxromatik pirometrlar
700
6000
Spektral nisbatli pirometrlar
300
2800
To‘liq nurlanish pirometrlari
50
3500
O‘lchashni kontaktsiz metodlari jism va muhit haroratiga
hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq ular murakkab jarayon
bo‘lib, ularning metodik xatoliklari kontakt metodlariga
nisbatan ancha katta hisoblanadi.
Haroratni kontaktli issiqlik o‘zgartkichlari –260 dan 2200
°C gacha diapazonda, kontaktsiz vositalari esa harorati 20 dan
4000 °C gacha diapazonda seriyali ishlab chiqariladi.