Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion kolonnaning issiqlik balansi




Download 0.96 Mb.
bet9/14
Sana16.06.2022
Hajmi0.96 Mb.
#23866
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Arslon Siroj (2)
1-курс 43-гуруҳ топширмаганлар-21-06-2021, 34-dmtt davlat talablarini bajarilishi
Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion kolonnaning issiqlik balansi
Bu turdagi qurilmalarning issiqlik balansi quyidagi tenglik bilan ifodalanadi (5.39-rasm).

bu erda Q1 - kubdagi issiqlik sarfi, J/soat; tsf, tsd, sw – boshlang‘ich eritma, ditsillyat va kub qoldiqlarining solishtirma issiqlik sig‘imi, J/(kgK); tf, td, tw - boshlang‘ich eritma, ditsillyat va kub qoldiqlarining temperaturalari, K; rd - ditsillyatning bug‘ hosil qilish issiqligi, J/ kg; Qyo`q - atrof muHitga issiqlikning yo`qotilishi, J/soat.
Rektifikatsion kolonna kubidagi issiqlik sarfini (5.135) tenglamadan topamiz:

Agar, qaynatgich suv bug‘i bilan isitilayotgan bo`lsa, jarayonni o`tkazish uchun sarflanayotgan bug‘ sarfi ushbu tenglamadan aniqlanadi:

bu erda i, i - suv bug‘i va kondensatning entalpiyalari, kJ/kg.
Ishchi chiziqni u – x diagrammada tasvirlash. Eritma tarkibini xarakterlovchi xw, xf, xd kontsentratsiya qiymatlari abtssissa o`qiga quyiladi (5.40-rasm). Agar, xd = ud ekanligini hisobga olsak, xd nuqtadan perpendikulyar chiqarib, diagonal chiziq bilan kesishgan, koordinatlari xd = ud bo`lgan, A nuqtasi topiladi.
Flegma soni R ma’lum bo`lsa, V = xd/(R+1) kesma aniqlanadi va u diagrammaning ordinata o`qiga qo`yiladi. So`ng, V kesmaning uchi bo`lmish nuqta b va A lar birlashtiriladi. Boshlangich eritma kontsentratsiyasiga oid xf nuqtasidan Ab chizig‘i bilan V nuqtada kesishguncha vertikal chiziq o`tkaziladi. AV to`g‘ri chiziq kolonna yuqori qismining ishchi chizig‘ini ifodalaydi. Keyin, xw nuqtasidan perpendikulyar chiqarilib, diagonal bilan kesishgan S nuqtani topamiz. S vaV nuqtalarni birlashtirib, kolonna patski qismining ishchi chizig‘ini topamiz. Diagrammadan ko`rinib turibdiki, V nuqta ikkala ishchi chiziq uchun umumiy bo`lib, ta’minlovchi tarelkadagi bug‘ va suyuqlikning ishchi kontsentratsiyalarini xarakterlaydi.
Eritma kontsentratsiyalari xw, xf, xd bo`lganda, ishchi chiziqning holati kesma V ning qiymatiga bog‘liq. ¤z navbatida V kesma ishchi flegma soni R ning kattaligi bilan aniqlanadi. Agar, flegma soni kamaysa, kesma V ning qiymati ortadi. Bunda ishchi va muvozanat chiziqlarining V1 nuqtasida kesishganda, ishchi chiziq o`zining maksimal yuqori holati - Ab ga intiladi. Ushbu nuqtada jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi u=um - u=0 bo`ladi. Demak, rektifikatsion kolonnaning fazalar to`qnashish yuzasi cheksiz katta bo`lishi kerak.
Haqiqatan ham, bunday holatda kontsentratsiyalar o`zgarishining nazariy pog‘onalar soni cheksiz bo`ladi va eritmani faqat cheksiz balandlikka ega shartli kolonnada ajratish mumkin. Lekin, isituvchi bug‘ va kolonna diametri minimal ko`rsatkichli bo`ladi. Albatta, bunday sharoitda flegma soni ham minimal bo`ladi va uni ushbu tenglamadan aniqlash mumkin:

Ishchi chizig‘ining quyi chegaraviy holatiga cheksiz katta flegma soni to`g‘ri keladi va u grafikda V=0kesma bilan ifodalanadi. Bu holda ikkala ishchi chiziq diagonal bilan utsma-uts tushadi. Cheksiz katta flegma soniga maksimal harakatga keltiruvchi kuch umin = um-u va o`z navbatida kontsentratsiya o`zgarish nazariy pogonalarining minimal soni va kolonnaning minimal soni, hamda kolonnaning minimal balandligi to`g‘ri keladi. Lekin, kolonnadagi bug‘, qaynatgichdagi isituvchi bug‘, deflegmatordagi sovuq suv sarfi va qurilma diametri maksimal bo`ladi.

Download 0.96 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0.96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion kolonnaning issiqlik balansi

Download 0.96 Mb.