• Rektifikatsiya haqida umumiy tushunchalar.
  • Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari




    Download 0.96 Mb.
    bet7/14
    Sana16.06.2022
    Hajmi0.96 Mb.
    #23866
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Bog'liq
    Arslon Siroj (2)
    1-курс 43-гуруҳ топширмаганлар-21-06-2021, 34-dmtt davlat talablarini bajarilishi
    Molekulyar haydash. Bu usul yuqori temperaturada qaynaydigan va issiqlikka chidamsiz eritmalarni ajratish uchun qo`llaniladi.
    Ushbu jarayon o`ta pats vakuumda, yani bosim 1,31...0,131Pa bo`lgan oralikda olib boriladi.
    Molekulyar haydash eritmani tashqi yuzasidan bug‘latish orqali amalga oshiriladi. Jarayon bir - biriga yaqin o`rnatilgan bug‘latish va kondensatsiyalash yuzalarida ro`y beradi. Shuni aloHida ta’kidlash kerakki, ular orasidagi masofa odatda 20...30 mm, yani molekulalarning erkin harakati uzunligidan kam bo`lishi kerak. Bunday holatda issiq yuzadan ko`tarilayotgan engil uchuvchan komponent molekulalari sovuq yuzaga urilishi bilan kondensatsiyalanadi. Bug‘lanish va kondensatsiyalanish yuzalari o`rtasidagi temperaturalar farqi 100°S atrofida.
    5.37-rasmda molekulyar haydash qurilmasining sxemasi keltirilgan.

    Boshlang‘ich eritma qurilmaga truba 2 orqali rotor 1 ning tubiga uzatiladi. Rotordagi eritma markazdan qochma kuch tasirida konus yuzasi bo`ylab yupqa qatlam holida tarqaladi. Bug‘lanish yuzasidan ajralib chiqkan molekulalar kondensatsiyalanish yuzasiga qarab yunaladi.
    Uchuvchanligi past komponent bug‘lari kondensator 4 yuzalarida kondensatsiyalansa, uchuvchanligi yuqori komponent bug‘lari esa kondensator 5 yuzasida kondensatsiyalanadi. Birinchi fraktsiya kondensator 4 dan taglik 8 ga, ikkinchisi esa zmeevikda kondensatsiyalanib taglik 7 ga oqib tushadi. Eritmaning bug‘lanmagan qismi esa markazdan qochma kuch tasirida rotor chetidan tarmoqli nov 10 ga toshib o`tadi va qurilmadan chiqarib yuboriladi. Ajratib olingan ditsillyat, taglik 8 chekkasidagi sektsiya orqali halqasimon yig‘gichga, taglik 7 dan esa markaziy sektsiya orqali chiqarib olinadi.
    Rektifikatsiya haqida umumiy tushunchalar.
    Suyuqlik aralashmalarini tashkil etuvchi komponentlarga bir necha marta qisman bug‘latish va bug‘larni kondensatsiyalash natijasida ajratishga rektifikatsiya deyiladi.
    Odatda, eritmalarni to`la ajratishni faqat rektifikatsiya usuli ta’minlaydi. Bu jarayon nasadkali yoki tarelkali kolonnalarda o`tkaziladi. Kolonnada bug‘ va eritma qarama - qarshi yo`nalishda harakatlantiriladi va har bir to`qnashish moslamasida bug‘ kondensatsiyalansa, eritma esa bug‘ning kondensatsiyalanish issiqligi hisobiga qisman bug‘lanadi.
    Shunday qilib, bug‘ engil uchuvchan komponent bilan, kolonnadan patsga oqib tushayotgan suyuqlik esa - qiyin uchuvchan komponent bilan boyitiladi. Bug‘ va eritmaning ko`p marta to`qnashishi hisobiga ditsillyat butunlay engil uchuvchan, kub qoldig‘i esa - qiyin uchuvchan komponentdan tarkib topgan bo`ladi.
    Rektifikatsiya jarayonini hisoblashda quyidagi tahminlar qabul qilinadi:
    a) 1 kmol bug‘ kondensatsiyalanish davrida 1 kmol suyuqlik bug‘lanadi. Demak, rektifikatsion kolonnaning itsalgan ko`ndalang kesimida harakatlanayotgan bug‘ning miqdori bir xildir;
    b) deflegmatorda kondensatsiyalanayotgan bug‘ning tarkibi o`zgarmaydi. Demak, rektifikatsion kolonnadan chiqib ketayotgan bug‘ning tarkibi ditsillyatnikiga teng (ud = xd) bo`ladi;


    v) eritma bug‘lanishi davrida uning tarkibi o`zgarmaydi. Demak, bug‘lanish davrida hosil bo`lgan bug‘ning tarkibi kub qoldig‘inikiga tenglashadi, ya’ni (yw = xw).
    Ko`pincha rektifikatsiya jarayoni t - x, y diagramma yordamida tasvirlanadi (5.38-rasm).
    Kontsentratsiyasi x1 bo`lgan boshlang‘ich eritma qaynash temperaturasi t1 gacha qizdirilganda, suyuqlik bilan muvozanatdagi bug‘ olinadi va u kondensatsiyalanganda engil uchuvchan komponentga boyitilgan x tarkibli suyuqlik hosil bo`ladi. Ushbu suyuqlik yana qizdirilsa va uning temperaturasi t2 gacha etkazilsa, hosil bo`lgan bug‘ning kondensatsiyalanishi natijasida x3 tarkibli suyuqlikni olamiz. Shunday qilib, bug‘lanish va kondensatsiyalash jarayoni ko`p marta qaytarilsa, boshlang‘ich eritmani toza, engil va qiyin uchuvchan komponentlarga ajratish mumkin.

    Download 0.96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 0.96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari

    Download 0.96 Mb.