Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari




Download 468.94 Kb.
bet5/44
Sana24.11.2023
Hajmi468.94 Kb.
#104380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
xayot faliyati
ХАТТ-УМК-бакалавр-2022 Ҳ Ю (2), monster enegry, 7-o\'zbek 15-20 -mavzu ochiq
Xavfsizlik – ma’lum darajada xavf tug‘ilishi bartaraf etilgan faoliyat vaziyati, ya’ni faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir.
Hayot faoliyati xavfsizligi esa inson hayotiy faoliyati xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan vositalar, usullar majmuidir. Demak, inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda uning faoliyat jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli omillarni o‘rganishni talab etadi.
Shu sababli inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot ishlari eramizdan oldingi 384-322 yillarda ijod qilgan Aristotel, eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi.
Tiklanish davrning buyuk taniqli olimi Paratsels (1493-1541yy.) tog‘ ishlarini bajarishda yuzaga keladigan xavfli omillarni o‘rganib chiqqan. U o‘z asarlarida «Barcha moddalar zahardir va barcha moddalar dori-darmon hamdir. Faqat bir me’yor ushbu moddani zaharga aylantirsa, ikkinchi me’yor esa uni dori-darmonga aylantiradi» deb yozadi. Nemis olimi Agrikol (1494-1555yy) o‘zining «Tog‘ ishlari haqida» nomli asarida, shuningdek, italyan vrachi Ramatssin (1633-1714yy), rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765yy) o‘z asarlarida mehnat muhofazasi masalalariga katta e’tibor qaratgan.
XIX asrda sanoatni intensiv rivojlanishi natijasida mehnat muhofazasi muommolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan bir qancha olimlar etishib chiqdi. Jumladan, V.L.Kirpichev (1845-1913yy), A.A.Press (1857-1930yy), D.P.Nikoskiy (1855-1918yy), V.A.Levitskiy (1867-1936yy), A.A.Skochinskiy (1874-1960yy), S.I.Kaplun (1897-1943yy) shular jumlasidandir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mehnat xavfsizligini ta’minlash qadimgi davrdan hozirgi kungacha inson faoliyatining muhim tomonlaridan biri hisoblanib kelindi. Inson imkon qadar o‘zining ilmiy va amaliy faoliyatida doimo o‘z xavfsizligini ta’minlashga harakat qildi. Shu sababli, «Hayot faoliyati xavfsizligi» mustaqil fan sifatida shakllandi va o‘z nazariyasiga, metodiga hamda prinsiplariga ega bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani mehnat muhofazasi, muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigienasi, antropometriya, ergonomika, texnikaviy estetika kabi fanlarning yutuqlariga asoslanadi. Ushbu fanlar bir-biridan tadqiqot qilinadigan yoki o‘rganiladigan ob’ektlarining turi, ya’ni, «inson-mashina», «inson-muhit», «inson-mashina-muhit» tizimlari bilan farq qiladi. Birinchi turdagi tizimlar qonuniyatlarini muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi o‘rgansa, «inson-muhit» tizimi qonuniyatlarini mehnat gigienasi o‘rganadi. «Inson-mashina-muhit» qonuniyatlari esa ergonomikaning asosiy tadbiq ob’ekti hisoblanadi. Lekin, real ishlab chiqarish sharoitida barcha turdagi bog‘lanishlar bir vaqtda yuzaga keladi va shu sababli inson o‘z mehnat faoliyatida bir necha omillar bilan bog‘lanadi, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Shu sababli, ishlab chiqarish sharoitida umumlashgan xavfli va zararli omillarning inson sog‘lig‘i va mehnat qobiliyatiga birgalikdagi ta’sirini alohida mustaqil fan – «Mehnat muhofazasi» o‘rganadi.



Download 468.94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Download 468.94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari

Download 468.94 Kb.