• Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari




    Download 326.57 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana30.11.2022
    Hajmi326.57 Kb.
    #32611
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    h1
    1 sinf tovush va harflar mavzusida da, PISA TEST, ochiq dars kimyo (2), “Aqlli shahar” konsepsiyasi va uning boshqaruv maqsadlari., 4-Mus ish ASH, 1. Aqlli shahar va uning rus va chet el manbalaridagi asosiy x, паспорт ПОН 3 1, 9-sinfga TEST YANGI, Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, S.O\'rinboyev, A.Beletskiy), K O’LCHOVLI TEKISLIK, Yosh davrlari psixologiyasi test savollari, Sun sulasida xitoy, Transmilliy kompaniyalarning jahon iqtisodiyotidagi o\'rni, Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish
    Hayot faoliyati xavfsizligi fani
     – inson hayotiy faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish 
    va insonni texnosferadagi antropogen hamda tabiiy xavflardan himoyalashga qaratilgan tadbirlar 
    majmui va vositalar tizimini o‘rganadi.
    Hayot faoliyati xavfsizligi
    insonni texnosfera bilan qulay va o‘zaro xavfsiz ta’sirini 
    o‘rganuvchi fandir. 
    Inson uchun qulay va xavfsiz faoliyat sharoitini yaratish quyidagi 
    vazifalarni echishni
    talab etadi: 
    1. Xavflar identifikatsiyasi, ya’ni xavf manbalari, yuzaga kelish sabablarini soniy 
    baholash va tahlil etish. 
    2. Iqtisodiy samarali yo‘llar asosida xavflarni bartaraf etish yoki xavfli va zararli omillar 
    ta’sirini bartaraf etish. 
    3. Xavfli va zararli omillar ta’siri oqibatlarini bartaraf etish va mavjud xavflardan 
    himoyalash. 
    4. Yashash muhitining qulay (“komfort”) holatini yaratish. 
    Hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi amaliy vazifalarning asosiy yo‘nalishlari baxtsiz 
    hodisalar sabablarini oldini olish va xavfli holatlarni yuzaga kelishini bartaraf etishdan iboratdir. 
    Hayot faoliyati xavfsizligi insonning hayotida sodir bo‘ladigan turli formadagi xavflarni 
    bartaraf etish va ulardan himoyalanish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng 
    qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi. 
    Insonning hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashda, ilmiy-nazariy izlanishlar asosida 
    vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitar-texnik 
    me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni 


    rivojlantirish muhim o‘rin to‘tadi.
    Fanining asosiy maqsadi insonning barcha ko‘rinishdagi faoliyati davrida yuzaga 
    keladigan xavfli omillar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo‘llari, faoliyat 
    xavfsizligini ta’minlash hamda ishlab chiqarishdagi faoliyatida xavfsiz va sog‘lom ish 
    sharoitlarini yaratish bo‘yicha nazariy bilim berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish orqali 
    bakalavrlarning ijodiy-ilmiy kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. 
    Yuqoridagilarga mos holda bo‘lajak bakalavrlar fanni o‘rganish davomida qo‘yidagilarni 
    nazariy jihatdan o‘zlashtirishlari lozim: 
    - inson faoliyat xavfsizligini xarakterlovchi asosiy prinsiplar, uslublar va vositalar 
    tizimi; 
    - xavfsizlik tizimi, uning tahlili va optimallashtirish dasturlari. Faoliyat xavfsizligini 
    boshqarish yo‘llari; 
    - faoliyat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. Hayot faoliyati xavfsizligi 
    bo‘yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizomlar, ko‘rsatmalar, qurilish va sanitariya me’yorlari va 
    boshqa me’yoriy hujjatlar, ularni amalda hayotga tadbiq etish
    - ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz ish 
    sharoitlarini yaratish bo‘yicha rejali tadbirlar ishlab chiqish; 
    - ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va 
    hujjatlashtirish tartiblari; 
    - inson hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning iqtisodiy samaradorligini oshirish
    baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uslublari; 
    - xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan shaxsiy ximoya vositalari bilan 
    ishchi-xizmatchilarni ta’minlash tartibi va ulardan foydalanish yo‘llari; 
    - sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish bo‘yicha sanitar-gigienik tadbirlar ishlab 
    chiqish; 
    - ishlab chiqarishdagi texnika vositalaridan, mashina-mexanizmlar, qurilmalar va 
    moslamalardan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari; 
    - yong‘in xavfsizligi: yong‘inning kelib chiqish sabablari, uni oldini olish, yong‘inni 
    uchirish texnika vositalariva usullari; 
    - favqulodda xodisalar va tabiiy ofatlar vaqtida inson hayot faoliyati xavfsizligini 
    ta’minlash; 
    Yuqorida qayd etilgan nazariy bilimlarga asoslangan holda har bir mutaxassis fanni 
    o‘rganish bilan quyidagi amaliy umumkasbiy kompetentlikka ega bo‘lishlari lozim: 
    - xavfli va zararli ishlab chiqarish jarayonlarini baholash; 
    - hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha maqbul variantlarni tanlashda mustaqil qarorlar 
    qabul qilish; 
    - ishchi va xizmatchilarga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tish va ularni 
    hujjatlashtirish; 
    - malakali ravishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va ularning sabablarini aniqlash; 
    - mehnat muhofazasi bo‘yicha ko‘rsatmalar tuzish; 
    - ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining sanitar-gigienik holatini belgilovchi 
    ko‘rsatkichlarni (gazlanganlik va changlanganlik darajasi, shovqin va titrash, yoritilganlik, 
    harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi, havo bosimi va b.) aniqlovchi asbob-
    uskunalar va jihozlardan foydalana bilish; 
    - o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalarini ishlata bilish
    -favqulodda vaziyatlarda qishloq xo‘jalik ob’ektlarining barqarorligini baholash va 
    tadbirlar ishlab chiqish; 
    - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari jumladan, aloqa, axborotlashtirish va kommunikatsiya 
    sohalari ob’ektlarida rahbar hamda ishchi-xodimlarni mehnat muhofazasi va favqulodda 
    vaziyatlarda xavfsizlik choralari bo‘yicha o‘qitish hamda ma’naviy tayyorlash; 
    - jarohatlanganda yoki shikastlanganda hamda favqulodda vaziyatlarda vrachgacha 
    birinchi yordam ko‘rsatish. 



    Download 326.57 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 326.57 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari

    Download 326.57 Kb.
    Pdf ko'rish