• Baxtsiz hodisalarning sabablari
  • Yashash (faoliyat) muhiti
  • Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari




    Download 326.57 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana30.11.2022
    Hajmi326.57 Kb.
    #32611
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    h1
    1 sinf tovush va harflar mavzusida da, PISA TEST, ochiq dars kimyo (2), “Aqlli shahar” konsepsiyasi va uning boshqaruv maqsadlari., 4-Mus ish ASH, 1. Aqlli shahar va uning rus va chet el manbalaridagi asosiy x, паспорт ПОН 3 1, 9-sinfga TEST YANGI, Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, S.O\'rinboyev, A.Beletskiy), K O’LCHOVLI TEKISLIK, Yosh davrlari psixologiyasi test savollari, Sun sulasida xitoy, Transmilliy kompaniyalarning jahon iqtisodiyotidagi o\'rni, Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish
    1.2. Asosiy tushuncha va ta’riflar 
    Faoliyat
    – ma’lum darajada xo‘jalik samarasiga erishish maqsadida inson bilan tabiat 
    hamda antropogen muhitning maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sir jarayonidir. 
    Xavf
    – tirik yoki o‘lik materiyaning insoniyat sog‘ligiga, tabiatga va material boyliklarga 
    zarar etkazuvchi, baxtsiz va ko‘ngilsiz hodisalarga olib keluvchi salbiy xususiyatlaridir
    1

    Xavf energiyaga ega bo’lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o’zida 
    mujassamlashtirgan xamma tizimlarni, hamda inson hayot faoliyati sharoitiga javob 
    bermaydigan tavsiflarni o’zida saqlaydi.
    2
    Xavfsizlik
    – ob’ektga ta’sir etuvchi turli xil moddalar, materiallar, energiya va 
    ma’lumotlar oqimini maksimal ruxsat etilgan miqdordan oshmaydigan holatidir. Har qanday 
    xavf aniq bir ob’ektga ta’sir etgandagina real xavf hisoblanadi. 
    Turli xil xavflar oqimidan himoyalanadigan ob’ekt deganda, atrof –muhitning har qanday 
    komponentini tushunish mumkin, ya’ni: inson, jamiyat, davlat, tashkilot (korxona, muassasa), 
    tabiat, dunyo, kosmos va b. 
    Baxtsiz hodisalarning sabablari
    deb faoliyat davrida ma’lum shart-sharoitlar asosida 
    yuzaga keladigan potensial xavflarga aytiladi yoki baxtsiz hodisalarning sabablari amaldagi 
    xavfsizlik qonun-qoidalari, me’yorlar, standartlar, nizomlar va boshqa shu kabi xavfsizlikni 
    ta’minlovchi talablarni buzilishidir.
    Baxtsiz hodisalarning sabablari quyidagi turlarga bo‘linadi: texnikaviy; tashkiliy; sanitar-
    gigienik; psixofiziologik. 
    Yashash (faoliyat) muhiti
    – inson hayoti, faoliyati, sog‘ligi va nasliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    yoki bilvosita, birdan yoki uzoq vaqt davomida ta’sir etuvchi xavfli omillar majmui bilan 
    xarakterlanuvchi muhit tushuniladi.
    Xavfli omillar
    – fizikaviy, kimyoviy, biologik, psixofiziologik va ijtimoiy xarakterda 
    bo‘lishi mumkin.
    Yashash muhiti biosfera, texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va 
    boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi. 
    Biosfera
    – er yuzining litosfera (erning ustki qatlami), gidrosfera (suv bilan qoplangan 
    qismi), troposfera (atmosferaning pastki qatlami) dan iborat inson yashayotgan qismidir. 
    Insonning o‘zgartiruvchan hayotiy faoliyati ta’sirida biosfera qismlarga ajraladi va texnosfera, 
    hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va boshqa ko‘rinishdagi ob’ektlar yuzaga keladi
    3

    Texnosfera
    – inson tomonidan biosferani o‘zining material va ijtimoiy-iqtisodiy 
    manfaatlariga mos keltirish maqsadida turli xil texnik vositalar yordamida o‘zgartirilgan qismi 
    (shahar hududi, ishlab chiqarish hududi va b.) 

    Download 326.57 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 326.57 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari

    Download 326.57 Kb.
    Pdf ko'rish