• Gomosfera – inson o‘z faoliyat jarayonlari davrida bo‘ladigan muhit, joy, maydon. 1.3. Fanning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
  • Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari




    Download 326.57 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana30.11.2022
    Hajmi326.57 Kb.
    #32611
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    h1
    1 sinf tovush va harflar mavzusida da, PISA TEST, ochiq dars kimyo (2), “Aqlli shahar” konsepsiyasi va uning boshqaruv maqsadlari., 4-Mus ish ASH, 1. Aqlli shahar va uning rus va chet el manbalaridagi asosiy x, паспорт ПОН 3 1, 9-sinfga TEST YANGI, Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, S.O\'rinboyev, A.Beletskiy), K O’LCHOVLI TEKISLIK, Yosh davrlari psixologiyasi test savollari, Sun sulasida xitoy, Transmilliy kompaniyalarning jahon iqtisodiyotidagi o\'rni, Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish
    Favqulodda xavfli muhit
    – ta’sir etuvchi omillar qisqa vaqt ichida turli xil jarohatlar yoki 
    baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishi va atrof – muhitni buzilishiga olib kelish xavfi bilan 
    tavsiflanadi. 
    Noksosfera
    – doimiy yoki davriy xavf sodir bo‘ladigan yoki mavjud bo‘lgan maydon. 
    Noksosfera maydonida xavfli va zararli omillar miqdori (darajasi) doimo ruxsat etilgan 
    miqdordan katta bo‘ladi, 
    Gomosfera
    – inson o‘z faoliyat jarayonlari davrida bo‘ladigan muhit, joy, maydon. 
    1.3. Fanning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 
    Insoniyatning uzoq o‘tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potensial xavfga ega 
    ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksiomaviy xarakterga egadir. Vaholanki, xavf 
    darajasini boshqarish va kamaytirish mumkin. Lekin, qanday vaziyatda bo‘lmasin absolyut 
    xavfsizlikga erishib bo‘lmaydi. 
    Xavfsizlik 
    – ma’lum darajada xavf tug‘ilishi bartaraf etilgan faoliyat vaziyati, ya’ni 
    faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir. 
    Hayot faoliyati xavfsizligi esa inson hayotiy faoliyati xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan 
    vositalar, usullar majmuidir. Demak, inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda 
    uning faoliyat jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli omillarni o‘rganishni 
    talab etadi. 
    Shu sababli inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot ishlari eramizdan 
    oldingi 384-322 yillarda ijod qilgan Aristotel, eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashagan 
    Gippokrat asarlarida ham uchraydi. 
    Tiklanish davrning buyuk taniqli olimi Paratsels (1493-1541yy.) tog‘ ishlarini bajarishda 
    yuzaga keladigan xavfli omillarni o‘rganib chiqqan. U o‘z asarlarida «Barcha moddalar zahardir 
    va barcha moddalar dori-darmon hamdir. Faqat bir me’yor ushbu moddani zaharga aylantirsa, 
    ikkinchi me’yor esa uni dori-darmonga aylantiradi» deb yozadi. Nemis olimi Agrikol (1494-
    1555yy) o‘zining «Tog‘ ishlari haqida» nomli asarida, shuningdek, italyan vrachi Ramatssin 
    (1633-1714yy), rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765yy) o‘z asarlarida mehnat muhofazasi 
    masalalariga katta e’tibor qaratgan. 
    XIX asrda sanoatni intensiv rivojlanishi natijasida mehnat muhofazasi muommolari 
    bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan bir qancha olimlar etishib chiqdi. Jumladan, 
    V.L.Kirpichev (1845-1913yy), A.A.Press (1857-1930yy), D.P.Nikoskiy (1855-1918yy), 
    V.A.Levitskiy (1867-1936yy), A.A.Skochinskiy (1874-1960yy), S.I.Kaplun (1897-1943yy) 
    shular jumlasidandir. 
    Yuqorida ta’kidlanganidek, mehnat xavfsizligini ta’minlash qadimgi davrdan hozirgi 
    kungacha inson faoliyatining muhim tomonlaridan biri hisoblanib kelindi. Inson imkon qadar 
    o‘zining ilmiy va amaliy faoliyatida doimo o‘z xavfsizligini ta’minlashga harakat qildi. Shu 
    sababli, «Hayot faoliyati xavfsizligi» mustaqil fan sifatida shakllandi va o‘z nazariyasiga
    metodiga hamda prinsiplariga ega bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani 
    mehnat muhofazasi, muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi, mehnat 
    gigienasi, antropometriya, ergonomika, texnikaviy estetika kabi fanlarning yutuqlariga 
    asoslanadi. Ushbu fanlar bir-biridan tadqiqot qilinadigan yoki o‘rganiladigan ob’ektlarining turi, 
    ya’ni, «inson-mashina», «inson-muhit», «inson-mashina-muhit» tizimlari bilan farq qiladi. 
    Birinchi turdagi tizimlar qonuniyatlarini muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat 
    fiziologiyasi o‘rgansa, «inson-muhit» tizimi qonuniyatlarini mehnat gigienasi o‘rganadi. «Inson-
    mashina-muhit» qonuniyatlari esa ergonomikaning asosiy tadbiq ob’ekti hisoblanadi. Lekin, real 
    ishlab chiqarish sharoitida barcha turdagi bog‘lanishlar bir vaqtda yuzaga keladi va shu sababli 
    inson o‘z mehnat faoliyatida bir necha omillar bilan bog‘lanadi, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Shu 
    sababli, ishlab chiqarish sharoitida umumlashgan xavfli va zararli omillarning inson sog‘lig‘i va 


    mehnat qobiliyatiga birgalikdagi ta’sirini alohida mustaqil fan – «Mehnat muhofazasi» 
    o‘rganadi. 

    Download 326.57 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 326.57 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari

    Download 326.57 Kb.
    Pdf ko'rish