222
Tunda havo aralashmaydi, bu esa dushmanning chidamsiz zaharlovchi moddasini
ishlatishga kulay sharoit tug‘diradi. Zaharlovchi moddalar havo kechasi juda
sekin yurishib, soylarda, shamol tegmaydigan joylarda, xandaklarda, okoplarda uzoq
turib koladi.
Kimyoviy zararlanish o‘chog‘i deganda kimyoviy kurol ta’siriga uchragan barcha
odamlar, hayvonlar, obyektlar, inshootlar, texnikalar, Atmosfer a, o‘simliklar
bo‘lgan tyer ritoriya tushuniladi. Kimyoviy
zararlanish o‘chog‘ining o‘ziga xos xususiyati kaysi zaharlovchi moda
ko‘llanilganiga, shuningdek uni ko‘llash usuliga, yil fasliga, ob-havo sharoitiga va
ba’zi bir boshka omillarga bog‘lik.Kimyoviy zararlanish o‘chog‘ining
katakkichikligi, eng avvalo, dushman tarafidan zaharlovchi moddalarning kanday
agregat holatda ko‘llanihi, shuningdek, kilingan hujumning kuchi bilan belgilanadi.
Zaharlovchi moddalarni mo‘ljallangan joyga etkazish uchun katta kalibrdagi raketalar
va aviabombalar ko‘llanilgan takdirda, kimyoviy zararlanish o‘choklari juda katta
maydonlarda paydo bo‘ladi.Kimyoviy zararlanish o‘chog‘ining barkarorligi
ko‘llanilgan zaharlovchi modddalrning turi va uning ko‘llash usuli bilan belgilanadi.
Bekaror kimyoviy zararlanish o‘chog‘i chidamsiz zaharlovchi moda – gaz, bug‘,
tuman holida ko‘llanilganda hosil bo‘ladi. Bekaror kimyoviy zararlanish o‘chog‘i
zaharlash xususiyatini 3-6 soat mobaynida saqlab turadi, shundan keyin o‘chokda
bo‘lish xavfi juda kamayadi. Protivogazni (gazniqob) signal bilan yoki tegishli xabar
ber ilgandan keyin echish mumkin.
Barkaror kimyoviy zararlanish o‘chog‘i dushman tomonidan chidamli zaharlovchi
moddalarni suyuk-tomchi holida yoki yopishkok suyuklik holida ko‘llanilgan
takdirda hosil bo‘ladi. Yil fasliga, ob-havo sharoitiga va joyning relefiga karab
zaharlovchi moddalar zaharlash xususiyatini bir necha soatdan bir necha xaftagacha
va hatto oylargacha saqlab turish mumkin.