218
moddaning turg’unligi 10 barobar ko’p bo’ladi. Qish vaqtida zarin moddasi 1
sutkadan 5 sutkagacha saqlanib turadi. Vi-gazlari esa bir oydan ortiq vaqtgacha
saqlanib turadi. Kimyoviy zararlanish o’chog’ining chegarasi aniqlanganidan so’ng
kimyoviy qidirib topish (razvedka) bo’linmasiga vaqti-vaqti bilan zararlangan
o’choqni umumharbiy kimyoviy qidirib topish asbobi yordamida tekshirib turish
vazifasi yuklatiladi. Zararlanish o’choqlarida zaharlovchi moddalar aniqlanmasa
ogohlantiruvchi belgilar olinadi. Shuni esda tutish ber kitiladiki, yog’ingarchilik
zaharlovchi moddaning turg’unligiga turlicha ta’sir etadi. Agar yomg’ir yog’sa
zaharlovchi moddalar tezda yuvilib ketadi va suvda gidrolizlanib tezda
parchalanadi. Qor yoqqan vaqtda esa zaharlovchi moddalarning turg’unligi uzoq
muddatgacha saqlanib qoladi.
Shamol zaharlovchi moddalarning bug’lanishini tezlashtiradi, buning
natijasida joylarda zaharlovchi moddalarning turg’unligi kamayib ketadi.
4