216
qaytarishga to’g’ri keladi, javob ham qisqa-qisqa katta to’xtalishlar bilan bo’ladi.
Zaharlangan odam atrofdagi hodisalarga befarq bo’lib qaraydi, illyuziyalar aralash
gallyutsinatsiya holati rivojlanadi, qulog’iga
tovushlar eshitiladi,badaniga turli
narsalar tekgandek bo’lib tuyo’ladi. Savollarga javob qaytara olmaydilar, hech
kimni tanimaydilar, ba’zan yordam ko’rsatuvchilarga agressiv qarshilik ko’rsatish,
o’z-o’zini jarohatlash hollari ro’y ber ishi kuzatiladi.
Zararlangan o’choqdan chiqqandan so’ng uyqu bosadi. Kasallikdan so’ng
amneziya holati kuzatiladi.Bunday zararlanganlarga birinchi tibbiy yordamni tashqi
llashtirishning asosini, ularni o’choqdan zudlik bilan ko’chirish tashqi l qiladi.
Tuzilmalar gazniqobda
ishlashlari ber kitiladi, yo’qotishlar hajmi shu zaharlovchi
moddani qo’llash usullariga, ob-havoga, miqdoriga bog’liq.
Kimyoviy sharoitni baholash
Kimyoviy sharoit
deganda dushman tomonidan kimyoviy qurol qo’llash
natijasida paydo bo’lgan zararlanish o’chog’ining sanoat obyektlari ishiga va
kishilarning hayot faoliyatiga ma’lum darajada ta’sir qilishi tushuniladi.
Kimyoviy sharoitni baholash quyidagicha o’tkaziladi:
1
)
Kimyoviy zararlanish o’chog’i kartaga (chizmaga)
razvedka
ma’lumotlari to’liq olib bo’lingandan so’ng chizib ko’rsatiladi va zaharlovchi
moddalar bulutining taxminiy ichkariga tarqalishi hamda uning turg’unligi
ko’rsatiladi. Dushman tomonidan kimyoviy qurol zarbasiga uchragan joylar
kartaga ko’k qalam bilan aylana shaklida (aviatsiya tomonidan qo’llanilganda oval
shaklida) chiziladi, strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalishi,
uzun strelka bilan esa
zaharlovchi modda birlamchi bulutlarining ichkariga yo’nalishi ko’rsatiladi.
Aylana ichi yoki oval shakl ichi sariq rangga bo’yaladi. Buning yoniga
qo’llanilgan zaharlovchi moddaning turi, qo’llanilgan vosita hamda uning
qo’llanilgan vaqti yoziladi. Kimyoviy zararlanish tumani kartaga (chizmaga)
haqiqiy zararlanish joyiga mos kelgan holda tushiriladi.
Shuningdek, bu yyer da
zararlanish o’chog’iga bevosita tushib qolgan bo’linmalar, qismlar ham belgilanadi.
217
2
)
Zaharli kontsentratsiyada zaharlovchi moddadan zaharlangan Atmosfer a
bulutining tarqalish chuqurligi (ichkariga tarqalishi) taxminan aniqlanadi.
Zaharlovchi modda bulutining harakat tezligi shamolning tezligiga bog’liq bo’ladi,
tarqalish chuqurligi esa zaharlovchi moddaning turiga,
fizik-kimyoviy xossasiga,
shamol tezligiga, joylarning xususiyatlariga va Atmosfer aning vyer tikal
chidamligiga bog’liq bo’ladi. Atmosfer aning vyer tikal chidamligi darajasi
quyidagi jadval yordamida aniqlanadi.
5-jadval