215
Bu reaksiyalar organizm muvozanatining, o’zining ta’sirlanish vaqtiga qarab
butunlay yoki ma’lum darajada buzilishiga olib keladi. Kishi organizmi tashqi
kimyoviy qitiqlovchi
moddalarga sezgirdir, a’zolarning ichida eng sezgiri nafas
olish, ko’z shilliq pardasi va hazm a’zolaridir.
Ta’sirlantiruvchi zaharlovchi modda vakillari o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Ular to’qimalarning sezuvchi nyer v oxirlariga tanlab ta’sir etadi va mahalliy
spetsifik reaksiyalarni yuzaga keltiradi. Masalan, ko’zdan yosh oqizadigan gazlar
faqat shilliq pardalarga ta’sir etadi, aksirtiruvchi gazlar esa yuqori nafas yo’llari
shilliq pardalariga ta’sir qiladi. Bu zaharlovchi moddalar
organizmda keltirib
chiqaradigan klinik manzarasiga qarab ikki guruhga bo’linadi:
1. Yuqori nafas yo’llari va burun shilliq pardasiga ta’sir etuvchi zaharlovchi
moddalar (styer nitlar yoki aksirtiruvchilar).
2. Ko’z shilliq pardasiga ta’sir etuvchi zaharlovchi moddalar ( ko’zdan yosh
chiqaruvchilar yoki lakrimatorlar).
Qo’llanilgan zaharlovchi modda ta’siri natijasida burunda qichishish,
achishish, to’sh orqasida tirnovchi og’riq va ko’krakda qisilish sezgisi paydo
bo’ladi, yana ko’zda
qattiq achishish, sanchish, yorug’likdan qo’rqish, bosh
og’rishi va ko’z yoshlanishi belgilari tezlik bilan rivojlanadi.
Bu belgilar kishi zaharlangan Atmosfer adan tezda chiqarilsa yoki nafas
yo’llariga himoyalovchi vositalar taqsa tezda yo’qolib ketadi.