209
Falajlanish yoki komatoz
bosqichda - talvasalar sekin-asta yo’qola
boshlaydi va butunlay to’xtaydi va chuqur koma holati rivojlanadi. Bu holat
markaziy nyer v sistemasi shikastlanganidan dalolat ber adi. Tanadagi mushaklar
bo’shashib ketadi, ayrim hollarda bir xil mushaklarda kuchsiz tortishlar paydo
bo’ladi. Bemor ko’karadi,
puls siyraklashadi, u ipsimon bo’ladi. Tana harorati
pasayadi, ixtiyorsiz siyib qo’yish va ich ketishi kuzatiladi. Nafas markazi
falajlanadi. Nafas to’xtagandan keyin ham yurak bir necha daqiqa ishlab turadi.
Klinik o’lim holati sodir bo’ladi, 3-5 daqiqagacha ayrim mushaklar qisqarishi va
tortishishi kuzatiladi.
O’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatilganda kishi asta-sekin o’ziga keladi,
umumiy ahvoli yaxshilana boshlaydi. To’liq davolanish kursi 3-8 haftani tashqi l
qiladi.
FOB hosil qilgan kimyoviy zararlanish o’chog’ida ko’p sonli qaytmas va
sanitar yo’qotishlarni kutsa bo’ladi. Zararlanganlarga zudlik
bilan samarali tibbiy
yordam berish avvalom bor ziddi-zahar qo’llash va qisman sanitariya ishlovi
o’tkazish zararlangan zonada talab etiladi. Jami zararlanganlar shoshilinch ravishda
BTYOda ko’chirilishga muhtoj, buning uchun ko’p sonli transport ber kitiladi
bo’ladi.
Zararlangan hududda ommaviy tuzilmalar ishi og’ir, chunki tibbiy yordam
ko’rsatish gazniqob va himoya kiyimida olib boriladi.
Tyer ida yara paydo qilish ta’siriga ega bo’lgan zaharlovchi moddalarga iprit,
azotli iprit va lyuizit kiradi. Bu zaharlovchi moddalar tug’unligi,
kuchli zaharliligi
bilan tavsiflanadi, organ va to’qimalarni zararlab, yalig’lanish-nekrotik jarayonini
keltirib chiqaradi va rezorbtiv ta’sir kiladi.
Tyer i shikastlanishi uch darajada (I-II-III) kechadi. Ipritdan zaharlanganda
organizmga zaharli moddaning qaysi yo’l bilan kirishidan qat’iy nazar, namoyon
bo’ladigan patologik jarayonga barcha a’zolar va sistemalar jalb qilinadi. Tyer
210
ining zararlanishi 5 bosqichda o’tadi: yashirin davr, yer itemali bosqich,
vezikulyoz-pufakchali bosqich, yara-nekrotik bosqich va qayta tiklanish bosqichi.