• O’rta darajali zararlanish
  • Yyengil darajadagi zararlanish




    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/147
    Sana25.05.2024
    Hajmi5,44 Mb.
    #253549
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   147
    Bog'liq
    жумаева

    Yyengil darajadagi zararlanish
    - zaharlovchi moddaning havodagi 
    kontsentratsiyasi kam miqdorda bo’lganda bir necha daqiqadan keyin namoyon 
    bo’ladi. Zararlangan kishilar nafas olishi bir oz qiyinlashishi, ko’z xiralashishi, 
    ko’zda og’riq paydo bo’lishi, bosh og’rishi (ayniqsa, peshona sohasida) bosh 
    aylanishi va ko’ngil aynashidan shikoyat qiladilar. Taxminan 5-10 daqiqadan keyin 
    mioz paydo bo’ladi, ko’z qorachig’i keskin torayib ketadi. Rangdor pardaning 
    radial mushaklari, kipriksimon mushaklar qisqaradi, ko’z korachig’i torayadi. Shu 
    tufayli ko’z ichki bosimi pasayadi, ko’z yaqin turgan narsalarni ko’rishga 
    moslashadi, kechqurun yoki sun’iy yoritilgan joylarda ko’rish yo’qoladi. Ba’zan 
    to’sh suyagi orqasida tirnalovchi og’riq seziladi, me’da sohasida tarqok og’riq 
    paydo bo’ladi. Zaharli moddalar ta’siri to’xtaganda intoksikatsiya tez pasayadi va 
    bir necha kundan so’ng (2-5 sutka) yo’qoladi. 
    O’rta darajali zararlanish
    - og’ir kechishi bilan ifodalanadi. Yyengil 
    darajali 
    zararlanishdagi 
    klinik 
    alomatlarga 
    qo’shimcha 
    ya’ni havo 
    yetishmovchiligi, ko’krak qisilishi alomatlari paydo bo’ladi, hansirash yuzaga 
    keladi. Qorin sohasida og’riq kuchayadi, bronxospazm alomatlari paydo bo’ladi, 
    shilliq pardalarda ko’karish vujudga keladi, yo’tal kuchayadi, bunda shilimshiq 
    suyuqlik ajraladi, ichaklarning qisqarishi kuchayadi, natijada kuchli og’riq paydo 
    bo’ladi va ich ketishi kuzatiladi. Ko’pincha asabiy-ruhiy qo’zgalishlar, qo’rquv 
    holati, emotsiyaning buzilishi, kuchli bosh og’rishi va boshqalar paydo bo’ladi. 
    Kasallik xuruji vaqtida bemor o’tirib olib, qo’llari bilan karavot yoki yo’l chetiga 
    suyangan holda nafasini yyengillashtirishga urinadi. 


    208 
    Tyer i qoplamlari nam, lab ko’kargan, puls ancha tezlashgan, 
    taranglashgan bo’ladi. Artyer ial bosim zararlanishning boshlanishida ko’tariladi, 
    keyinichalik zaharlovchi moddalar ta’siri natijasida keskin pasayib ketadi, puls 
    susayib bradikardiya holatiga o’tadi. 
    Yuqoridagi klinik alomatlar 10-15 sutkagacha saqlanib turishi mumkin. 
    Keyinchalik bemorning ahvoli yaxshilana boshlaydi. Lekin 1-2 hafta ichida ularda 
    bosh og’rishi, yurak sohasida qisilish yoki bilinar-bilinmas og’riqlar, o’zgaruvchan 
    puls, emotsiyalarning o’zgaruvchanlik holatlari, umumiy lohaslik saqlanib qoladi. 
    Bunday zararlanganlar stantsionar sharoitda davolanadi, davolanish muddati 2-3 
    haftani tashqi l qiladi. 

    Download 5,44 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   147




    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish