212
shang’illashi, bosh aylanishi, behollik, ko’rishning pasayishini (ko’z qorachig’i
kengayadi) sezadilar. Besaramjonlik, yurak sohasida og’riq paydo bo’ladi, yurak tez
uradi.
Hansirash bosqichi
- kislorod tanqisligi keskin rivojlanishi bilan ifodalanadi
(to’qima gipoksiyasi), azobli hansirash paydo bo’ladi, tyer i qavatlari va shilliq
qavatlar pushti rangga kiradi. Nafas olish tez-tez va chuqurlashgan bo’ladi, yurak
sohasida xurujsimon og’riq paydo bo’lib puls sekinlashadi va taranglashganligi
aniqlanadi, ko’z qorachig’i kattalashib ketadi. Yuz mushaklari tortishib, ba’zi
mushaklarning tarangligi paydo bo’ladi, es-xushi xiralashadi, besaramjonlik paydo
bo’ladi.
Talvasalar bosqichi
- zararlangan odamning ahvoli keskin yomonlashib
ketadi. Ekzoftalm paydo bo’ladi, nafas olish sekinlashadi va aritmik tus oladi. Butun
tanada tonik va klonik tortishlar kuzatiladi, ko’z qorachigi kengayib, korneal
reflekslar yo’qoladi, kishi xushidan ketadi. Tyer i qavatlari va shilliq qavatlar och
pushti rangga kiradi. Bexosdan siydik ajralishi hamda defekatsiya kuzatiladi. Bu
bosqich bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Agar shu
bosqichda tibbiy yordam ko’rsatilmasa tezda falajlanish bosqichiga o’tadi.