Fanning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi




Download 1.27 Mb.
bet9/148
Sana17.05.2023
Hajmi1.27 Mb.
#60750
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   148
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
1-makta ma\'rifat soati 13.09.2022, Skalyar va vektor maydonlar. Ularning xarakteristikalari, A, Mustaqil ta\'lim, 12, Lecture - 35, ustoz qo\'shiq sh\'er, Labaratoriya ish C , axb 2, axb 3, shablon, technology in our life, “Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili-fayllar.org (1), 1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J-fayllar.org
Fanning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
Insoniyatning uzoq o‘tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potensial xavfga ega ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksiomaviy xarakterga egadir. Vaholanki, xavf darajasini boshqarish va kamaytirish mumkin. Lekin, qanday vaziyatda bo‘lmasin absolyut xavfsizlikga erishib bo‘lmaydi. Xavfsizlik - ma’lum darajada xavf tug'ilishi bartaraf etilgan faoliyat vaziyati, ya’ni faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir.
Hayot faoliyati xavfsizligi esa inson hayo­tiy faoliyati xavfsizlikni ta’minlashga qara- tilgan vositalar, usullar majmuidir. Demak, inson faoliyati xavfsiziigini ta’minlash birinchi navbatda uning faoliyat jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli omillarni o‘rganishni talab etadi.Shu sababli inson faoliyati xavfsiziigini ta’min­lash bo‘yicha tadqiqot ishlari eramizdan oldingi 384-322-yilIarda ijod qilgan Aris-
totel, eramizdan oldingi 460-377~yillarda Arisfotd (384-322)

yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi Tiklanish davming buyuktaniqli olimi Paratsels (1493—1541 -yv.) tog‘ ishlarini bajarish-
da yuzaga keladigan xavfli omillarni o‘rga- nib chiqqan. U o‘z asarlarida «Barcha moddalar zahardir va barcha moddalar dori- darmon hamdir. Faqat bir me’yor ushbu moddani zaharga aylantirsa, ikkinchi me’­yor esa uni dori-darmonga aylantiradi» deb yozadi. Nemis olimi Agrikol (1494—1555- yy) o‘zining «Tog‘ ishlari haqida» nomli asarida, shuningdek, italyan vrachi Ramat- sin (1633-1714-yy), rus olimi M.V.Lomo- Gippokrat (460-377) nosov (1711-1765-yy) o‘z asarlarida meh­nat muhofazasi masalalariga katta e'tibor qaratgan. XIX asrda sanoatni intensiv rivojlanishi natijasida mehnat muhofazasi muom- molari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan bir qancha olimlar etishib chiqdi. Jumladan, V.L.Kirpichev (1845-1913-yy), A.A.Press (1857-1930-yy), D.P.Nikoskiy (1855-1918-yy), VA.Levitskiy (1867-1936-yy), A. A. S kochins kiy (1874-1960-yy), S.I.Kaplun (1897-1943-yy) shular jumlasidandir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mehnat xavfsizligini ta’minlash qa- dimgi davrdan hozirgi kungacha inson faoliyatining muhim tomon- laridan biri hisoblanib kelindi. Inson imkon qadar o‘zining ilmiy va amaliy faoliyatida doimo o‘z xavfsizligini ta’minlashga harakat qildi. Shu sababli, «Hayot faoliyati xavfsizligi» mustaqil fan sifatida shakl- landi va o‘z nazariyasiga, metodiga hamda prinsiplariga ega bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani mehnat muhofazasi, muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigienasi, antropometriya, ergonomika, texni- kaviy estetika kabi fanlarning yutuqlariga asoslanadi. Ushbu fanlar bir-biridan tadqiqot qilinadigan yoki o‘rganiladigan obyektlarining turi, ya’ni, «inson-mashina», «inson-muhit», «inson-mashina-muhit» tizimlari bilan farq qiladi. Birinchi turdagi tizimSar qonuniyatlarini muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi o‘rgansa, «inson-muhit» tizimi qonuniyatlarini mehnat gigienasi o‘r- ganadi. «Inson-mashina-muhit» qonuniyatlari esa ergonomikaning asosiy tadbiq obyekti hisoblanadi. Lekin, real ishlab chiqarish sha-
roitida barcha turdagi bog‘lanishlar bir vaqtda yuzaga keladi va shu sababli inson o‘z mehnat faoliyatida bir necha omillar bilan bog‘lanadi, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Shu sababli, ishlab chiqarish sha- roitida umumlashgan xavfli va zararli omillarning inson sog‘lig'i va mehnat qobiliyatiga birgalikdagi ta’sirini alohida mustaqil fan - «Mehnat muhofazasi» o'rganadi.
Mehnat muhofazasi - bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyatini saqlanishini ta'min- lashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitar- gigienik va davolash profilaktika tadbirlar hamda vositalar tizimidan iboratdir.
Vaholanki, inson ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyatidan tash- qari vaqtda ham turli xil xavfli omillar ta’sirida yashaydi. Shunga mos holda «Hayot faoliyat xavfsizligi» fanining obyekti nafaqat insonning mehnat faoliyati, balki uning butun hayoti davridagi xavf­sizligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy, sanitariya-gigienik, texni­kaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va davolash profilaktika tadbirlari hamda vositalari majmuidan iboratdir.

Download 1.27 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   148




Download 1.27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fanning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi

Download 1.27 Mb.