|
Himoyaga ruxsat etildi “ Markaz direktori
|
bet | 3/20 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 203,93 Kb. | | #149697 |
Bog'liq Tinglovchisi-fayllar.orgShavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Mavzuning dolzarbligi.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baho-lash xalqaro assotsiat siyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin
“Ona tili” fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy- mustaqil, o'z fikrini erkin va ta'sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki shaklda ifodalashga, o'zbek tili qonun- qoidalarini ongli o'zlashtirishga o'rgatish, shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod-ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviyatimizga, milliy urf-odatlarimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Boshlang'ich ta'lim bosqichida yangi tahrirdagi DTS lari asosida o'quvchilarni ona tili ta'limi sohasi bo'yicha tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan talablar standart me'zon orqali aks ettiriladi:
O'qish texnikasi
O'zgalar fikrini va matn mazmunini anglash
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
O'quvchilar shu parametrlar asosida bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi kerak.
Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda 1-4- sinf ona tili fanini o'qitishning oldiga bir qator vazifalar qo'yiladi:
1 O'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatish;
2 O'z fikrini o'zbek tilining qonun-qoidalariga muvofiq ravishda og'zaki va yozma ifodalay olish;
3 Bir ma'noni turli shakllarda bera olish ko'nikmalarini shakllantirish, so'zlardan o'rinli foydalanish;
4Dunyoni bilishda ona tilining ahamiyatini singdirish kabi vazifalar shular jumlasidandir.
|
| |