|
Himoyaga ruxsat etildi “ Markaz direktori
|
bet | 5/20 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 203,93 Kb. | | #149697 |
Bog'liq Tinglovchisi-fayllar.orgTADQIQOTNING VAZIFASI: Yuqorida oldimizga qo‘ygan maqasadimizdan kelib chiqib:
Kurs ishida tanlangan mavzu bo‘yicha ijtimoiy-pedagogik, falsafiy-ma’rifiy, ilmiy-metodik hamda o‘quv adabiyotlarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish.
Husnixatga o’rgatish va Savod o’rgatish mashg’ulotlari o’qish darslariga oid mashg‘ulotlari bilan ishlash jarayonini o‘rganish va tahlil qilish.
Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida Savod o’rgatish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulot mazmuni, maqsadi va qurilishini o‘rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb nuammo ekanligini aniqlash.
Husnixatga o’rgatish va Savod o’rgatish darslari o’qish mashg’ulotlariga oid mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish.
Tadqiqot ishining ilmiy farazi.
Husnixatga o’rgatish va Savod o’rgatish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlar bugungi davr va bugungi kun bolasi nuqtai nazarini hamda uning individual, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish;
Husnixatga o’rgatish va Savod o’rgatish darslarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarning izchil tizimi yaratish;
Husnixatga o’rgatish va Savod o’rgatish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarni takomillashtirishning yangi-yangi usullari o‘ylab topish;
Tadqiqotning metodologik asoslari. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, prezidentimiz SH.Mirziyoyevning asarlari va ma’ruzalarida bayon qilingan ta’limni isloh qilish, ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, qarashlar, ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, ilmiy-metodik manbalar.
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan husnixat madaniyatini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarini boyitish, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan turli o‘quv pretmetlarini takomillashtirish hamda ularning bilimini, malakasini oshirishda keng foydalaniladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
|
| |