• I. OZBEKISTONDA PORTAL SAYTLARNING AHAMIYATI
  • 1.2 Ozbekston Respublikasi Prezidenti portali
  • Himoyaga ruxsat




    Download 5,38 Mb.
    bet5/16
    Sana24.11.2023
    Hajmi5,38 Mb.
    #104394
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    BMI Qalandarov
    Krivoship shatun mexanizmining dvigatelda kullanilishining zarur, avtomatik boshqarishni loihalash, 3-Mavzu., Islam 1-mavzu, RI elektron biznes , tarix 456786168718, Zararkunanda dasturlarni aniqlash va ulardan himoya qilish vosit, Avtomatlashtirish tizimlari, Boshlang\'ich ta\'lim yo\'nalishi adabiyotlar ro\'yxati, труд и заработная плата, ПРИЕМЫ САТИРЫ И ЮМОРА В СОВРЕМЕННОЙ ПЕРИОДИКЕ, 23, Ishchi tayyor lotinda WEB DASTURLASH FANIDAN 20220220, 18-mavzu MC Excel da yecheykalar, Axborot xavfsizligi
    Dominant madaniyat - axborot texnologiyalari dunyoni global tarmoqqa aylantirgan bo'lsa-da, bu bir madaniyatning ikkinchisining zaifroq turiga hukmron bo'lishiga yordam berdi. Masalan, hozirda AQSh dunyodagi aksariyat yosh o'spirinlarning qanday harakat qilishi, kiyinishi va o'zini tutishiga ta'sir qiladi, degan fikr ilgari surilmoqda. Tillar ham soya ostida qoldi, ingliz tili biznes va boshqa narsalar uchun asosiy aloqa uslubiga aylandi.
    Xavfsizlik muammolari - o'g'rilar va xakerlar shaxsiy ma'lumotlarga kirish yo’lini topishadi va xakkerlar kompaniyaning maxfiy ma'lumotlarini olishga urinishadi. Bunday ma'lumotlarga sotuvchilar to'g'risidagi ma'lumotlar, bank yozuvlari, intellektual mulk va kompaniya boshqaruviga oid shaxsiy ma'lumotlar kiritilishi mumkin. Xakerlar ma'lumotni Internet orqali tarqatadilar, raqib kompaniyalarga sotadilar yoki kompaniyaning imidjiga putur etkazish uchun foydalanadilar. Masalan, yaqinda bir nechta chakana savdo tarmoqlari o'zlarining axborot tizimlaridan mijozlar ma'lumotlarini o'g'irlagan va Internet orqali ijtimoiy xavfsizlik raqamlari va kredit karta ma'lumotlarini tarqatgan.

    I. O'ZBEKISTONDA PORTAL SAYTLARNING AHAMIYATI

    1.1 O'zbekistonda oxirgi vaqtlarda ishlab chiqilgan portal saytlar


    Oxorgi paytlarda O’zbekistonda portal saytlar ahamiyati va ularga bo’lgan e`tibor yana ham yuqori bo’lib bormoqda. Chunki hozirgi zamonda texnika va texnologiya rivojlanib borayotgan zamonda portal saytlarga bo’lgan ehtiyoj yuqori bo’lishi turgan gap. Bu borada to’liq ma`lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 728-sonli qarorida keltirib o’tilgan.


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI ORQALI ELEKTRON DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini bajarish, shuningdek elektron hukumat markaziy ma'lumotlar bazasi va axborot tizimlari komplekslari bilan integratsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Butunjahon Internet axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) yangi versiyasi ishga tushirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    3. Belgilansinki:
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Yagona portalda joriy etish maqsadida davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni baholash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
    Yagona portalda davlat xizmatlariga bo‘lgan eng ko‘p talabni baholash natijasida aniqlangan eng ko‘p talab qilinadigan davlat xizmatlari joriy etiladi;
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Komp'yuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish «O‘zinfokom» markazi (keyingi o‘rinlarda «O‘zinfokom» markazi deb ataladi) Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator hisoblanadi;
    tadbirkorlik sub'ektlari davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) bilan shartnoma asosida talabgor elektron davlat xizmatlarini Yagona portalda va rasmiy veb-saytlarda joriy etishda ishtirok etadilar.
    4. «O‘zinfokom» markaziga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
    Yagona portalni texnik qo‘llab-quvvatlashni ta'minlash;
    Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish;
    Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy qilishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam ko‘rsatish;
    Yagona portalning uzluksiz ishlashini ta'minlash;
    Yagona portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlarining ro‘yxatini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi quyidagilarni ta'minlasin:
    ikki oy muddatda davlat xizmatlariga bo‘lgan talabni baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
    davlat organlari bilan birgalikda mavjud bo‘lgan eng talabgor bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini Yagona portalning yangi versiyasiga bosqichma-bosqich o‘tkazish;
    davlat organlariga Yagona portaldagi davlat organining shaxsiy kabinetidan foydalana olishlarini ta'minlash.
    6. Davlat organlari:
    bir hafta muddatda markaziy apparatning va ularning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlarning elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan xodimlarini belgilasinlar, ularni «Elektron hukumat» (id.gov.uz) tizimidan foydalanuvchilarni identifikasiya qilish Yagona axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar;
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi so‘rovi bo‘yicha elektron davlat xizmatlarini avtomatlashtirilgan tarzda taqdim etish uchun tegishli veb-servislar ishlab chiqilishini va kuzatib borilishini ta'minlasinlar.
    7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
    8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
    9. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
    10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikasiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.


    1.2 O'zbekston Respublikasi Prezidenti portali


    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti portalida asosan M.SH.Mirziyoyevni chet ellarga safarini, yaqinda bo’lib o’tgan voqealar, hujjatlar, sayt adminstratsiyasi, foto va video galereya, yangiliklarni ko’rishimiz mumkin. Saytda quyidagi asosiy bo’limlar mavjud:

    1. PREZIDENT

    2. VOQEALAR

    3. HUJJATLAR

    4. ADMINSTRATSIYA

    5. MEDIATEKA

    6. BOG’LANISH

    Undan keyin esa yaqinda bo’lib o’tgan asosiy voqealar rasm va qisqacha matni orqali ko’rinib turadi va u quyidagicha:





    Undan keyin esa portalda yangiliklar bo’limi mavjd. Bunda barcha yangiliklar qisqacha matni va rasmi orqali ko’rinib turadi


    Undan tashqari prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini ko’rishingiz mumkin:



    Prezident portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat ham yo’llash imkoniyati mavjud:

    Bu prezident portali prezidentimiz va O’zbekiston siyosiy jarayonlarida qanday o’zgarishlar bo’layotganini va boshqa saytlarni bitta portalga jamlashtirgani hada barcha huquqiy hujjatlar va farmoyishlarni ko’rishimiz mumkin


    .
    1.3 TATU yosh olimlar klubi portalining afvzalliklari
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi akademiklari va muxbir a’zolari hamda respublikaning yetakchi olimlari bilan “Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini ta’minlash, akademik ilm-fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish, fan-ta’lim sohasi kadrlari salohiyatini mustahkamlashda intelektual salohiyatdan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi mavzuga bag‘ishlangan yig‘ilishining 2017 yil 6 yanvarda tasdiqlangan 1-31-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosi, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy maktablarni yaratish va yosh ilmiy pedagog kadrlar tayyorlashda akademiklarning boy hayotiy tajribasidan foydalanish, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi va integratsiyasini mustahkamlash, soha korxonalarining ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan malakali va salohiyatli mutaxassislariga doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha universitet tomonidan ko‘maklashish hamda birgalikda ilmiy seminarlar o‘tkazish, innovatsion loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida universitet qoshida akademiklar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi korxona va tashkilotlarining raxbariyati, tajribali mutaxassislar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar, magistrant talabalardan iborat “Yosh olimlar kengashi” tashkil etish taklifi ishlab chiqildi.
    Zamonaviy texnologiyalar ta'limdagi avtomatlashtirish jarayonini faol ravishda o'zgartirmoqda. Shunga qaramay, avtomatizatsiyaning ta'limdagi va yosh olimlarning ishlaridagi roli muhim. Gadjetlardan talabalar asosan aloqa va o'yin-kulgi uchun foydalanadilar. Shu bilan birga, ta'lim tizimining o'zi o’zgarishga qarshilik ko'rsatmoqda.
    TATU yosh olimlar klubi portlalida yangiliklar bo’limi mavjud bo’lib bu yangiliklar bo’limida yosh olimlarning ixtirolari ularni qilayotgan ishlaridagi yangiliklarni kuzatib borish mumkin. Bu yangiliklarni boshqa talaba va yoshlar ko’rgan holda bundan motivatsiya olishlari va ular ham ixtirolar qilishga urinadilar. Bundan tashqari har bir yosh olim haqida ma`lumot olishlari va universitet yosh olimlari kimlardan tashkil topganini bilish mumkin.
    Yosh olimlar portalida hamkor tashkilotlar ro’yxati va ularning web saytlariga linklar ham berilgan.
    Bu portalda yana yosh olimalarning ish jarayonlaridan lavhalar ya`ni fotogalereya mavjud va bu ham bo’lajak olimlarga qo’shimcha motivatsiya bo’lishi mumkin
    Yosh olimlar klubi portaliga a`zo bo’lish yoki qo’shimcha takliflarni bildirish uchun ariza va taklif bildirish bo’limi ham mavjud. Bunda yosh olimlar klubi portlaliga a`zo bo’lmaganlar fikrlarini bildirishlari mumkin
    Bu portladagi hamma ma`lumotlar dinamik bo’lib saytga ma`lumotlarni qo’shish va o’zgartirish admin panel orqali amalga oshiriladi va bu bir qancha qulay qilib ishlangan. Sayt admin paneliga faqat telefon nomer va parol bilan kirish mumkin
    1.4 Bitiruv malakaviy ishi masalasining qo’yilishi

    Hozirgi rivojlanib borayotgan zamonda web saytlar rivojlanishi bilan bir qatorda ularga bo’lgan talab yana ham ortmoqda va web saytlarni ishlab chiqishda oldin ularga qanday vazifalar yuklatilgan, web sayt qanday muammoni hal qilishi va qanday qulayliklar keltirishi mumkinligini aniqlab olish zarur bo’ladi.


    Bizning loyihada shu muammolar ham hisobga olinadi va bularga iloji boricha yechim topiladi.
    Tizimga qo'yiladigan talablar: Tizim web sayt shaklida bo’lganligi uchun unga krossplatforma talabi shart emas. Ya`ni tizim browser mavjud barcha qurilmada ishlayveradi. Tizimning asosiy talablari quyidagilardan iborat:

    • Tizimdagi ma`lumotlar havfsizligi

    • Ro’yxatdan o’tmasdan turib portaldagi ma`lumotlar va yangiliklarni o’qiy olishi

    • Har bir o’zgartirishlarni saqlash va tiklay olish

    • Ma`lumotlar qo’shishini dinamik qilish

    • Sayt tez ishlashi va google.com qidirish tizimida qidirganda teparoqda chiqishi

    Yuqorida ko’rsatib o’tilgan talablarni bajarish uchun kerakli texnalogiya tanlanadi va texnalogiya bilan ishlash o’rganib chiqiladi. Va dasturiy ta’minot ishlab chiqish boshlanadi.
    Bu yosh olimlar klubi portalini ishlab chiqishda HTML, CSS, JavaScript, Nuxtjs, Vuejs, MongoDBdan foydalanilgan bo’lib bulardan hozirda jahon miqyosida keng foydalanib kelinadi


    Download 5,38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 5,38 Mb.