|
Huquq tamoyillari ta’sir etish doirasiga ko‘ra umumhuquqiy, sohalararo va sohaviy tamoyillarga bo‘linadi
|
bet | 13/19 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 37,61 Kb. | | #146348 |
Bog'liq HOKIMIYATLAR BO\'LINISHI PRINSIPIHuquq tamoyillari ta’sir etish doirasiga ko‘ra umumhuquqiy, sohalararo va sohaviy tamoyillarga bo‘linadi.
Umumhuquqiy tamoyillar: adolatlilik, fuqarolarning qonun oldida huquqiy jihatdan tengligi, insonparvarlik, qonuniylik, demokratizm, huquq va majburiyatlar birligi va boshqalar;
Sohalararo tamoyillar: javobgarlikning muqarrarligi, oshkoralik, fuqarolik-protsessual va jinoiy-protsessual huquqdagi tortishuvlilik tamoyili va boshqalar;
Sohaviy tamoyillar: masalan, mulkiy munosabatlarda tomonlarning tengligi (fuqarolik huquqi); jinoyat jarayoni huquqida aybsizlik prezumsiyasi va boshqalar.
44. HUQUQNING FUNKSIYALARI
Huquqning funksiyalari – bu jamiyatda ijtimoiy munosabatlarga va kishilarning yurish-turishlariga huquqiy ta’sir qilishning asosiy yo‘nalishlaridir.
Huquq funksiyalarining ijtimoiy munosabatlarga ta’sir o‘tkazish yo‘nalishi sifatidagi rolini tavsiflovchi quyidagi belgilari mavjud:
1. Huquq funksiyasi uning mohiyatidan kelib chiqadi hamda huquqning jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi.
2. Huquqning funksiyasi uning ijtimoiy munosabatlarga ta’sirining shunday yo‘nalishiki, bunda uning amalga oshirilishiga bo‘lgan ehtiyoj ijtimoiy hodisa sifatida huquqning zaruratini taqozo etadi.
3. Funksiya huquqning eng muhim xususiyatlarini ifodalaydi va u huquq taraqqiyotining muayyan bosqichida uning oldida turgan tub masalalarni hal etishga yo‘naltiriladi.
4. Huquq funksiyasi uning faol harakat yo‘nalishidan iborat bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan ko‘rinishini tartibga soladi. Aynan shuning uchun ham jo‘shqinlik, harakat, faoliyatni huquq funksiyasining eng muhim belgilari deyish mumkin.
5. Huquq funksiyasi muntazamliligi bilan ajralib turadi. Uni qo‘llashning uzluksizligi, davomiyligi shu bilan belgilanadi.
Huquq funksiyalarini ikki xil nuqtai-nazardan, ya’ni maxsus yuridik (tor ma’noda) va umumijtimoiy (keng ma’noda) tasniflash mumkin.
|
| |