|
Hokimiyatlar bo'linishi prinsipi
|
bet | 16/19 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 37,61 Kb. | | #146348 |
Bog'liq HOKIMIYATLAR BO\'LINISHI PRINSIPIPsixologik huquq maktabi (Petrajitskiy, Ross, Reysner, Dyugi, Merill). Ushbu nazariya XX asr boshlarida keng tarqalgan. Mazkur nazariya vakillarining fikricha, kishilarning ruhiyati jamiyat, axloq, huquq va davlatning rivojlanishini belgilab beradigan omildir, haqiqiy huquq kishilarning o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi ruhiy kechinmalaridir. L.Petrajitskiyning ta’kidlashicha, tajribalarga asoslanuvchi fan turmushning ikki ko‘rinishi – moddiy va ruhiy tomonlarini o‘rganadi. Ijtimoiy voqelik hodisalarining biri sifatida huquq ruhiy dunyoga taalluqli bo‘lib, u odamlarning imperativ-atributiv (majburiylik-da’vogarlik) kechinmalaridan tashkil topadi. Inson xatti-harakatlari erkin va o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin. Uning fikricha, normalar, avtoritar buyruq va taqiqlar insonning ichki kechinmalari va hissiyotlari ifodasidir.
Muayyan darajada murakkabligi va ijtimoiy hayot huquqiy hodisalarining ruhiy jihatiga ko‘proq urg‘u berilganligiga qaramasdan, mazkur nazariyaning ko‘pgina g‘oyalari, shu jumladan, huquqning mohiyatini izohlashini muayyan darajada ijtimoiy voqelikka mosligi bois, u huquq nazariyasining muhim qonuniyatlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Huquqni tushunishda normativlik nazariyasi (G.Kelzen, R.SHtammler, P.Novgorodsev XX asr). Ushbu yo‘nalish bir qarashda huquq va uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati haqidagi turli qarashlarni jamlaganday tuyuladi. Biroq sinchiklab qaralganda, ulardagi muayyan birlik ham ko‘zga tashlanadi. Normativlikning nazariy qoidalari R.SHtammler tomonidan uning “Xo‘jalik va huquq” kitobida bayon qilingan. U o‘z qarashlarida huquqning asosiy maqsadini odamlar ehtiyojlarini qondirishdan iborat bo‘lgan ijtimoiy hayotni tashqi tartibga solish sifatida ta’riflaydi. Jamiyatda o‘zaro aloqada bo‘lgan odamlarning birgalikdagi harakatlarini u ijtimoiy materiya yoki xo‘jalik, deb ataydi. Huquq bilan xo‘jalikning o‘zaro nisbatini belgilar ekan, SHtammler, huquq “ijtimoiy hayot shakli va materiali munosabatini ifodalaydi”, deb yozadi.
P.I.Novgorodsev ham o‘zining falsafiy-huquqiy konsepsiyasida huquqning normativ nazariyasi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab chiqqan. Biroq normativ yo‘nalishning asosiy qoidalari mukammal darajada mashhur huquqshunos G.Kelzen tomonidan bayon etilgan. U huquqni “sof holda”, ya’ni siyosiy, axloqiy va boshqa mezonlar bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda o‘rganishga da’vat etgan. Uning fikricha, boshqacha holatda, fan ob’ektiv mohiyatini yo‘qotib, mafkuraga aylanib qoladi. “Asosiy (suveren) norma” haqidagi tushuncha Kelzen konsepsiyasining mohiyatini tashkil etib, u boshqa barcha normalarning ta’sirchanligi va yuridik kuchini asoslab beradi. Kelzenning ta’kidlashicha, “norma” tushunchasi nimanidir bo‘lishi kerakligini yoki sodir etilishini va ayniqsa, inson muayyan tarzda harakat qilishini (o‘zini tutishini) nazarda tutadi. Mazkur nazariyaga muvofiq, huquqning butun tizimi zinapoya tuzilishiga ega, ya’ni normalar ierarxiyasini tashkil etuvchi asosiy normadan birin-ketin izchil kelib chiqaveradi. SHuning uchun ham nazariyaning vazifasi har bir aniq huquqiy hodisada uning oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan oliy darajadagi normaga qanchalik mos kelishini aniqlashdan iborat. SHu ma’noda oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat sifatida qonunga barcha qonunosti huquqiy hujjatlari mos kelishi zarur. Busiz huquqiy tartibga solish o‘z maqsadiga erisha olmaydi.
|
| |