|
Hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi
|
bet | 9/11 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 3,23 Mb. | | #126642 |
Bog'liq 1-sinf sinf soati ish reja va konspektiIII.Yakuniy qism:
1-topshiriq
Klaster usulida ichkilikbozlikning ijobiy va salbiy tomonlari haqida so’zlab berish topshiriladi.
2- topshiriq
Klaster usulida internet tarmog’ining faodali va zararli oqibatlari haqida so’zlash
Dars yakunida o’quvchilarni rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘______________________ ___________________________ sana______ _______ 20___yil
5-mavzu: “Ustozga ta’zim”
I.Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarda ustozlarga nisbatan mehr uyg’otish; ustozning qanchalik O‘quvchilarga mehri yuksak ekanligini ta’riflash ; O‘quvchilarni qalbida mehr-oqibat hislatlarini uyg’otish
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
S inf soati mashg‘ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Sinf soati mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Ma’naviyat daqiqasi.
- O‘qituvchi:
Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,
Ularga ezgulik tilamoq haqqim.
Bunchala buyuksiz, bunchalar zukko,
Umringiz mo’jiza-yetmaydi aqlim.
Ustozni e’zozlash azaliy odat,
Shogirdning kamoli ustoz uchun baxt.
Millionlar qalbida so’nmas mayoqsiz
Bir duo tilamoq insoniy burchim.
-Bolajonlar, ayting-chi bu misralar kim haqida ekan?
-O‘quvchi:shogirdning ustoziga tilaklari haqida ekan.
-O‘qituvchi:Demak bugungi suhbatimiz ustoz va murabbiylar haqida ekan.
|
| |