|
Hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi
|
bet | 7/11 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 3,23 Mb. | | #126642 |
Bog'liq 1-sinf sinf soati ish reja va konspektiTashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash. Mashg‘ulot mavzusining maqsad va vazifasi bilan O‘quvchilarni tanishtirish.
II.Asosiy qism.
Saylov – demokratiyaning muhim mezoni. Xalq davlat hokimiyatining manbai sifatida saylovlar orqali davlat vakillik organlarini shakllantiradi. “Saylov” tushunchasi mansabdor shaxsning yoki qandaydir organning ovoz berish yo‘li bilan muqobillik asosida tashkil etilishni anglatadi. Shu boisdan saylash uchun bir necha muqobil subyekt mavjud bo‘ladi yoki, hech bo‘lmaganda, muqobil subyektsiz saylovda say- lashdan voz kechish imkoniyati kafolatlanishi lozim.
Ma’lumki, dunyoning rivojlangan demokratik mamlakatlari davlat hokimiyati organlarini say- lash orqali shakllantiradi. Saylov usuli qadimdan davlat hokimiyati oliy organlari faoliyatining qonuniyligini ta’minlagan.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi, «Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar bevosita saylov huquqini tartibga soluvchi qonunlardir. Saylov instituti bilan bog‘liq bo‘lgan faol va faol bo‘lmagan saylov huquqlari kabi tushunchalar ushbu jarayonning mohiyatini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Faol saylov huquqi, ya’ni saylash huquqi har bir fuqaroning davlatni boshqarishda o‘z vakillarini saylash bilan bevosita ishtirok etishini ko‘zda tutadi. Bu huquqqa qonunda belgilangan ma’lum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlan- mayotgan mamlakat fuqarolari ega bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga yetgan barcha fuqarolari saylashhuquqiga egadirlar. Yosh chegarasi turli mamlakatlarda turlicha belgilanishi mumkin. Braziliya va Eronda fuqarolar 16 yoshdan, Indo- neziyada 17 yoshdan saylash huquqiga ega bo‘lsalar, ayrim mamlakatlarda saylash huquqini olishga bo‘lgan chegara yosh ancha yuqori qo‘yilgan. Masalan, Malayziya, Marokash, Boliviyada fuqarolar 21 yoshga to‘lganidan keyingina say- lash huquqiga ega bo‘ladilar. Rossiyada 2002 yil 20 dekabrda qabul qilingan qonunga ko‘ra saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan Rossiya fuqarosi saylash huquqiga ega. Fransiyada ham 1974 yil 5 iyuldagi qonun bilan saylash huquqiga ega bo‘lish uchun belgilangan yosh 18 yosh qilib belgilangan.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlar saylash huquqidan foydalana olmaydilar, ya’ni ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlarning saylash huquqi vaqtincha to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni 25 yoshga to‘lgan, kamida 5 yil O‘zbekistonda muqim yashayotgan fuqarolar ega.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatligiga saylov kuni 21 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston hududida kamida 5 yil muqim yashayotgan fuqarolar saylanish huquqiga ega.
|
| |