|
Hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi
|
bet | 6/11 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 3,23 Mb. | | #126642 |
Bog'liq 1-sinf sinf soati ish reja va konspektiIII Yakuniy qism:
Bugun biz sizlar bilan tabiat haqida suhbatlashdik. Yerimizdagi har bir xas- cho’p ham biz uchun qadrli ekani haqida bilib oldik. Tasavvur qiling, agar uyimizda bir kun kechgacha suv, tabiiy gaz va elektr nuri bo’lmasa qanday holat yuzaga keladi. Endi bu holatni yer yuzida bo’lmasligini ko’z oldingizga keltiring. Buning uchun bizlar nima qilishimiz kerak? Albatta tabiatni asrab –avaylashimiz kerak . Shundagina kelajak avlodlarimiz ham bu ne’matlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shu maqsadda O’zbekiston ham ko’p davlatlar qatori “EKOSAN” jamgarmasiga a’zo bo’lgan . Bu jamg’armaning asosiy maqsadi yer yuzida nobud bo’lib ketayotgan ba’zi bir hayvonlar, o’simliklarni ko’paytirish va saqlash, suv va havoning ifloslanishining oldini olish choralarini ko’rishga qaratilgan.
Bu ishda biz ham o’z hissamizni qo’shishimiz kerakligini tushunib oldik.
Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘______________________ ___________________________ sana______ _______ 20___yil
3-Mavzu: Saylov deganda nimani tushunasiz
I.Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O’quvchilarga saylov haqida tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg‘ulotning jihozi: Kun tartibiga oid foto va plakatlar hamda slayd va SD, DVD disklar.
|
| |