|
Hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi
|
bet | 10/11 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 3,23 Mb. | | #126642 |
Bog'liq 1-sinf sinf soati ish reja va konspektiII.Asosiy qism:
Haqiqatdan ham ustoz, murabbiy shunday buyuk, ulug’ insonki, ular ustoz va shogird quyosh va oyga o’xshaydi. Oy quyoshdan nur olib, borliqni yoritgani kabi, shogird ham ustozdan ziyo olib, hayot mash’alini yoqadi. Ustoz bu O‘qituvchi, ustoz-bu kasb hunar, ish o’rgatuvchidir. Ustoz qalb me’mori, murabbiy axloq, odob, insoniylik fanidan saboq beruvchi inson qalbiga yo’l topuvchi zot.
Ustoz, murabbiy, muallim,O‘qituvchi so’zlari mag’rur jaranglaydi.
Nechog’ baxtiyorman, ta’zimda shu tob,
Sizning sha’ningizga bitmoqdaman bayt.
Ne odam bo’lardim qo’limda kitob
Biror harf tanimay tursaydim loqayd.
O‘qituvchi hayot charog’boni. U yosh avlodga ilm-fan asoslarini o’rgatadi. Muallim o’z o’qivchisini o’z farzandidak asrab avaylaydi, kamolga yetkazadi. U o’z O‘quvchisini eng yaxshi inson bo’lib yetishini istaydi, kamolini, kelajagini ko’rishni istab, bilim beradi. Oqituvchi-ustoz avvalom bor o’z fanining fidoyisi, aqlli, dono va birinchi o’ringda haqiqiy inson bo’lishi, lozim. Shu bois u bolaga ma’naviy ozuqa beradi. Ustoz-murabbiy, O‘qituvchi, shogird uchun misoli ko’zgu,O‘qituvchi o’sha ko’zguga boqib, o’z aksini ko’radi va o’zidagi nuqsonlarni to’g’rilab boradi.
G’unchalar ochilib bo’lishganda rom,
Barchasin ardoqlab etdim ehtirom,
Mehrimning sharobin tutdim to’la jom
Faxrga sharafdir ustoz degan nom.
Muallim «ma’naviy padar» hisoblanadi. «Ustoz-otangdan ulug’”-deb bejiz aytishmagan. Bu hikmatda olam-olam ma’no bor. Shuning uchun ham ulug’ bobomiz Alisher Navoiy ustoz, murabbiylarga yuksak baho bergan.Chunki ustoz shogirdiga mehr-muhabbat, odob-axloq, mehr-muruvvat va mehr oqibat tuyg’usini singdiradi. Qalb harorati bilan shogird yuragidan joy oladi va unga o’zidagi bor bilimni va ilmni o’rgatadi. Endi, aziz O‘quvchilar, sizlar yod olgan turli-xil she’rlardan bahramand bo’lamiz. O‘quvchilar yod olgan she’rlari tinglanadi.
III.Yakuniy qism:
Dunyoda kasblar ko’p, har birining hayotda o’z o’rni, o’z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday ulug’ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu olijanob kasb – muallimlikdir.O‘qituvchilikni ko’p qirrali, sermazmun, murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularni ilm- fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi. "Ustoz otangday ulug’" deyishadi
O ‘quvchilarni Rag‘batlantirish.
Maktab MMIBDO‘______________________ ___________________________ sana______ _______ 20___yil
|
| |