|
Raqamli transformasiyada boshqaruvning o‘ziga xosligi va asosiy tamoyillari
|
bet | 11/16 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 152,49 Kb. | | #138152 |
Bog'liq I BOB ракамли экон3.Raqamli transformasiyada boshqaruvning o‘ziga xosligi va asosiy tamoyillari.
Ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar faoliyatining barcha darajalarida (korxonadan davlatgacha) boshqaruvning kontseptual modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
• real vaqt rejimida ma'lumotlarni qabul qilish;
• avtomatlashtirilgan yirik ma'lumotlarni tahlil qilish asosida iqtisodiy boshqaruv;
• Qarorlarni qabul qilishning yuqori tezligi, real vaqt rejimida qoidalarni o'zgartirish -o'zgarishlarga va atrof-muhitning interaktivligiga tezkor javob;
• Muayyan foydalanuvchiga, mijozlarning hayotiy vaziyatlariga biznes-jarayon sifatida yo'naltirish (foydalanuvchi mobil qurilmalar va narsalar interneti tufayli yaqinlashmoqda);
• Bir teginish yechimlari;
• Raqamli ekotizim deganda davlat, biznes va fuqarolar o‘rtasidagi sinergiya markazi tushuniladi.
Raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va shaxs va ijtimoiy guruhning, hatto butun jamiyatning xulq-atvorini boshqarishning axborot usullarini keng tarqatish salohiyati manipulyativ boshqaruv (menejment) modelini ishlab chiqish uchun ob'ektiv imkoniyatlar yaratadi. shaxs erkinligi - MFP).
Shunday qilib, ma'lumotni taqdim etishning raqamli shakli va iqtisodiy faoliyatning virtual tabiati, ishlab chiqaruvchi va iste'molchi munosabatlarini moddiy virtual tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayoniga kiritish orqali sifat jihatidan o'zgartirish, raqamli platformalarning inson ongi va nazorati ostida bo'lmagan dinamik rivojlanishi. Kibermakonning global miqyoslari kelajakdagi rivojlanishning chuqur qarama-qarshiliklari va global raqamli o'zaro ta'sirning jiddiy tahdidlari mavjudligini ko'rsatadi.
4. Bank sohasida raqamli transformasiyalar. Boshqa sanoat sohalarda raqamli transformasiy.
Hozirgi kunda jahon moliya-bank tizimida birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyotning elektron to‘lov tizimlari, kriptovalyutalar va vositachilarsiz kreditlash kabi elementlarning bozordagi ulushi shiddatli o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Birinchi navbatda, mobil to‘lovlar (2010 yildan 2016 yilgacha har yili qariyb ikki baravar o‘sgan) va bir-birini (peerto-peer – P2P) kreditlash (oxirgi 3 yil ichida AQSHda 15 baravar o‘sgan va 2015 yil aylanmasi $78 mlrd dollarga etgan) hajmining tez o‘sishi kuzatiladi. Ma’lumki, an’anaviy faoliyat sohalaridan farqli ravishda, internet-kompaniyalarning bozor bahosi hech qanady moddiy asosga ega emas va kompaniya qanchalik ko‘p foydali ma’lumotlar to‘plagan bo‘lsa, mahsulot (yoki hizmat) ishlab chiqarish shunchalik arzonlashadi.Hozirgi kunda o‘zining ofislari va bankomatlariga ega bo‘lmagan raqamli banklar va moliyaviy muassasalar sonining jadal sur’atlar bilan o‘sishi kuzatilmoqda. Raqamli banklarning (digitalbanking) asosiy konsepsiyalari qatoriga mijozlarga yo‘naltirilganlik, konsortsium konsepsidanraqamli banking kontseptsiyasiga o’tish, CRM (Customer Relationship Management) ning rivojlanishi, mijozlarga bo’lgan ishonchning o’sishi, takliflarni shaxsiylashtirish va harakatchanlik hususiyati kiradi. Raqamli banklar hizmatlari zamonaviy insonlar hayot faoliyatining barcha sohalariga, birinchi navbatda, mobil qurilmalar, ijtimoiy tarmoqlar, axborot servislari, elektron tijorat, internet-savdo va boshqalarga kirib borishda kuzatiladi. Raqamli bank o‘z mijozlarigaraqamli kanallardan foydalangan holda turli xildagi raqamli ko‘rinishdagi mahsulot va hizmatlarni taklif qiladi.
Bunday bank infratuzilmasi raqamli kommunikatsiyalar uchun optimallashtirilgan bo‘lib, hozircha raqamli texnologiyalarning tez almashinuviga unchalik tayyor emas. Bunday banklarning asosiy vazifalari qatoriga mijozning hisobraqamlari holati va amalga oshirigan operatsiyalar haqida uni tezkorlik bilan habardor qilish, uning uchun eng yaqin bo’lgan bank bo‘linmasi, bankomat, almashinuv punkti yoki avtokiosk izlab topish kiradi. Bundan tashqari, raqamli bank o’z mijozlariga shunday onlayn-servis taqdim etishi lozimki, ubarcha platformalarda ishlay olsin va o’z faoliyatini asosanmobil qurilmalarga yo‘naltirilsin.Banking raqamli modelini takomillashtirishning yettita asosiy yo‘nalishini ko’rsatishimiz mumkin:
omnikanallik va foydalanuvchilar servislarini soddalashtirish;
axborotni boshqarishning yangi usullari va vositalarini ishlab chiqish;
ochiq API tizimidan foydalanish;
moliyaviy-texnik kompaniyalari bilan hamkorlik va raqobat;
mobil to‘lovlarning rivojlanishi;
banking sohasidagi innovatsiyalarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
faoliyatni innovatsion tartibga solishni amalga oshirish.
Raqamli hizmat ko‘rsatishga to‘la-to’kis o‘tish nafaqat banklarga, balki xilma-xil bank hizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalana oladigan iste’molchilarga ham foyda keltiradi (masalan, harajatlarning pasayishi, muloqotdoirasini qamrab olish imkoniyati, moslashuvchanlik, mijozni yaxshiroq bilish). Respublika bank tizimida zamonaviy AKT dasturiy-texnik vositalariga asoslangan innovatsion texnologiyalar faol joriy qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markabiy bank Boshqarmasining bank tizimi faoliyati yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan majlisida qayd etilishicha, moliya hizmatlari strukturasida bank hizmatlarining ulushi 88%ni tashkil qilgan va oldingi yillar bilan taqqoslaganda 1,2 baravarga o‘sgan. Bundan tashqari, 2019 yil uchun bank tizimi hizmatlari sonini kengaytirish va sifatini yaxshilash, bu sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy qilish bo‘yicha muayyan vazifalar belgilab berilgan.Respublikada masofadan turib ko‘rsatiladigan bank hizmatlaridan muntazam foydalanadigan mijozlar ulushi ko‘plab qulay omillar tufayli og’ishmay o‘smoqda. Aholining moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi va naqdsiz hisob-kitoblarga ishonmaslik bank hizmatlari ko‘rsatishning raqamli kanallari tez tarqalishiga to‘sqinlik qilaypati. Shuningdek,ta’kidlash joizki, banklarning raqamli hizmatlarga o‘tishiuzoq muddatli va serharajat, aksiyadorlarlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlashni, katta miqdordaпш mablag‘lar ajratishni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Hozirgi kunda banklar o‘z mijozlariga bir qator onlayn-hizmatlar va masofaviy bank hizmatlarini ko‘rsatmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankio‘z mijozlariga quyidagi onlayn-hizmatlar taklif qilmoqda:
1) bank operatsiyalari haqida SMS orqali xabardor qilish;
2) amalga oshirilgan amallar to’g’risida elektron pochta (e-mail) orqali xabardor qilish;
3) mijozlar uchun personal IVR-kabinet tashkil qilish.
Mijozlarga masofaviy bank hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-hizmatlar taklif qilish amaliyotining ko‘rsatishicha, mahalliy banklarcheklangan turdagi onlaynhizmatlartaklif qilmoqda, shuningdek, bank faoliyatini iste’molchilar talablariga nisbatan ommalashtirish jarayoni juda sekinlik bilan ro‘y bermoqda. Agar mahalliy banklar raqamli kanallar bo‘yicha xilma-xil moliyaviy hizmatlar taqdim etadigan bo‘lsa, iste’molchilarbank servislaridan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanish imkoniga ega bo‘lgan bo’lar edilar. Mijozlarga masofaviy bank hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-hizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida quyidagi choralar ko‘rish taklif etiladi:
1) yangi texnologiyalar yordamida banklar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi masofani qisqartirish;
2) mijozlar bilan interfaol usulda ishlagan holda bank servislarini munazam maslahat asosida tashkil qilish va rivojlantirish;
3) an’anaviy banklar va professional tashkilotlar o‘rtasida raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha kollaborativ munosabatlar ishlab chiqish va ularni hayotga tadbiq etish;
4) mijozlarni bank operatsiyalari o‘tkazishda yangi raqamli texnologiyalardan foydalanishga jalb qilish.
Raqamli banking" bu bank xizmatlari internet orqali amalga oshiriladigan onlayn bank tizimiga o‘tishdir. "Onlayn" yoki "internet banking" Bank yoki boshqa moliyaviy institute mijozlariga moliyaviy institute vebsayti yordamida bir qator moliyaviy transaksiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi electron to‘lov tizimidir.
Ushbu tizim banklar va mijozlarga bank xizmatlarini qulay va tezroq amalga oshirishlariga imkon beradi."Raqamli banking" tizimi jarayonlarning yuqori darajada avtomatlashuvi, xizmatlarning vebsaytlarga asoslanishi, institutlararobankmahsulotlariniyetkazibberishnita’minlovchidasturiyinterfeysilov alarining (ARO) foydalanilishi, mijozlarga moliyaviy axborotga kompyuter, mobil telefon va bank omatlar orqali bog‘lanish imkoniyatining mavjudligi kabi larga asoslanadi.Endi raqamli iqtisodiyot sharoitlarida O’zbekiston Respublikasi bank tizimini, ya’ni, raqamli banking muammolarini va uni rivojlantirish yo’lyo’riqlarini ham biroz ko’rib chiqishga harakat qilamiz. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, "raqamli bank" xizmati o‘ziga xos bir qator xususiyatlarga egadir. Ular, jumladan, respublika bank tizimi uchun quyidagilardan iboratdir:
hozirgi paytda pul massasi aylanmasining ustuvor shakli naqdsiz bo‘lib, tizim samaradorligini oshirish uchun mijoz bilan masofaviy elektron aloqaga kirishishni maksimallashtirishni nazarda tutadi;
autentifikatsiya usullaridan fizik,elektron, parollashgan biometrik hamda kombinatsiyalashgan usullardan foydalanilib, bank xizmatlari xavfsizligini ta’minlash usullarini modernizatsiya qilishni maqsad qiladi;
mamlakat doirasida internet orqali markazlashgan ma’lumotlar markazi "big data" imkoniyatlari yordamida raqamli axborot tizimi arxitekturasini tuzish va u orqali ma’lumotlarni boshqarishni maqbullashtirish rejalashtirilayapti;
bank avtomatlashtirish bo‘limlarining paydo bo‘lishi va kengayishi, boshqa bo‘limlarga bo’lgan ish yuklamasining kamayishi natijasida bank xizmatlarini va bank faoliyatini avtomatlashuvning ahamiyati oshishi;
bankning mijozlar bilan o‘zaro aloqasida ijtimoiy media, web-dasturlar va videoaloqa uskunalaridan keng foydalanish ko’zda tutilishi kabilardir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimiz bank sektori resurs bazasi kengayib borayotganiga, respublikamizda "raqamli banklar" faoliyatini rivojlantirishga astoydil kirishilganligiga qaramasdan,yalpi ichki mahsulotga nisbatan bank aktivlari ulushlari anchagina kamligicha qolmoqda. Shuningdek, respublikamiz bank tizimida davlat ta’sirining yuqoriligi va tijorat banklari o‘rtasida erkin raqobatning yetarli darajada emasligi bankxizmatlarini ko‘rsatishda raqamli innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, masofadan keng ko‘lamli bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank tizimini keng miqyosda "raqamlashtirish" faoliyatini to’la-to’kis rag‘batlantira olmayapti. Endilikda respublikamizda elektron hukumat tizimining rivojlanishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarihizmat doirasining kengayishi, internettezligi va imkoniyatlarining oshishi bank sektorida internetbanking xizmatlarining yanada ko’payishiga xizmat qilishi kutilmoqda.Respublikamiz banktizimi resurs salohiyatini oshirish va "raqamli banking"ni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda quyidagi yo‘nalishlarda islohotlarni faollashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz:
respublikamiz bank sektorida asta-sekinlik bian davlatning monopolik ta’sirini kamaytiribborish va tijorat banklariningbozor institutlari sifatidagi mustaqilliginita’minlash;
mamlakatimiz bank tizimiga xorijiy kapitalni faol jalb qilish, chet el banklarining turli ko’runishdagi filiallarini ochishni rag‘batlantirish;
bank tizimida zamonaviy raqamli axborottexnologiyalarini keng qo‘llash, internet sifati va tezligini oshirib borish, bank infratuzilmasini yanada rivojlantirish;
tijorat banklari o‘rtasida erkin raqobatni ta’minlash, nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirish orqali moliya bozorida raqobat muhitini shakllantirish;
"raqamli bank" tizimini shakllantirishda muhim omil bo‘lgan zamonaviy bilimga ega dasturchi-moliyachi kadrlarni raqamli iqtisodiyot saaroitlarida ishlashga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.
|
| |