|
- mavzu: «Raqamli texnologiyalar»
|
bet | 14/16 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 152,49 Kb. | | #138152 |
Bog'liq I BOB ракамли экон5- mavzu: «Raqamli texnologiyalar»
1.Raqamli texnologiyalar nima?
2.Raqamli texnologiyalarni raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga ta’siri. Raqamli platforma.
3.Katta ma’lumotlar analitikasi.
4. Internet buyumlar.
5.Kvant informatikasi
Raqamli texnologiyalar (inglizcha: Digital technology) — signallarni uzluksiz spektr shaklida emas, balki analog darajadagi diskret diapazonlarda koʻrsatishga asoslangan texnologiyalar.
Ushbu texnologiyalarning barcha darajalari diapazonda bir xil signal holatini ifodalaydi. Raqamli texnologiya analogdan farqli oʻlaroq, uzluksiz emas, balki diskret signallar bilan ishlaydi. Bundan tashqari, signallar kichik qiymatlar toʻplamiga ega, odatda ikkita. Haqiqiy hayotda tizimlar, ayniqsa, buxgalteriya hisobini saqlash tizimlari uchta maʼnoga asoslanadi. Odatda bular 0, 1, NULL boʻlib, ular mantiqiy algebrada mos ravishda „False“, „True“ qiymatlariga ega va NULL mavjud boʻlganda „natija yoʻq“. Raqamli sxemalar asosan VA, YOKI, EMAS va hokazo kabi mantiqiy elementlardan iborat boʻlib, hisoblagichlar va flip-floplar bilan ham bogʻlanishi mumkin. Raqamli texnologiyalar asosan raqamli elektronikada, birinchi navbatda kompyuterlarda, elektrotexnikaning turli sohalarida, masalan, oʻyin mashinalari, robototexnika, avtomatlashtirish, oʻlchash asboblari, radio va telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa koʻplab raqamli qurilmalarda qoʻllaniladi.
Afzalliklar
Ikki mantiqiy darajali raqamli signal, uzatish paytida shovqinga duchor boʻladi
Raqamli kontaktlarning zanglashiga olib qaraganda afzalliklaridan biri, birinchidan, signallarni buzilishsiz uzatish mumkin. Masalan, 1 va 0 lar ketma-ketligi sifatida uzatiladigan uzluksiz audio signalni uzatish shovqin darajasi 1 va 0 ni aniqlashga xalaqit bermaslik uchun yetarli darajada past boʻlgan taqdirda xatosiz rekonstruksiya qilinishi mumkin. Bir soatlik musiqani kompakt diskda saqlash mumkin. atigi 6 milliard bitni ishlatadi.
Kompyuter tomonidan boshqariladigan raqamli tizimlar dasturiy taʼminot orqali boshqarilishi mumkin, apparatni oʻzgartirmasdan yangi xususiyatlar qoʻshiladi. Koʻpincha bu dasturiy mahsulotni oddiygina yangilash orqali ishlab chiqaruvchining ishtirokisiz amalga oshirilishi mumkin. Bu xususiyat sizga oʻzgaruvchan talablarga tezda moslashish imkonini beradi. Bundan tashqari, analog tizimlarda mumkin boʻlmagan yoki amalga oshirish mumkin boʻlgan murakkab algoritmlardan foydalanish mumkin, lekin faqat juda katta xarajatlar bilan.
Raqamli tizimlarda axborotni saqlash analog tizimlarga qaraganda osonroq. Raqamli tizimlarning shovqinga chidamliligi maʼlumotlarni zararsiz saqlash va olish imkonini beradi. Analog tizimda qarish va eskirish qayd etilgan maʼlumotni buzishi mumkin. Raqamli rejimda, agar umumiy shovqin maʼlum darajadan oshmasa, maʼlumot juda aniq tarzda tiklanishi mumkin.
Kamchiliklar
Baʼzi hollarda raqamli sxemalar bir xil vazifani bajarish uchun analog davrlarga qaraganda koʻproq quvvat sarflaydi va koʻproq issiqlik hosil qiladi, bu esa sxemaning murakkabligini oshiradi, masalan, sovutgichni qoʻshish. Bu ularning akkumulyatorli portativ qurilmalarda foydalanishini cheklashi mumkin.
Misol uchun, uyali telefonlar koʻpincha tayanch stantsiyadan radio signallarini kuchaytirish va sozlash uchun kam quvvatli analog interfeysdan foydalanadi. Biroq, tayanch stansiya quvvat talab qiladigan, lekin juda moslashuvchan dasturiy taʼminot bilan belgilangan radio tizimidan foydalanishi mumkin. Bunday tayanch stantsiyalar yangi uyali aloqa standartlarida ishlatiladigan signallarni qayta ishlash uchun osongina qayta dasturlashtirilishi mumkin.
Bundan tashqari, analog signalni raqamliga oʻtkazishda maʼlumotni yoʻqotish mumkin. Matematik jihatdan bu hodisani yaxlitlash xatosi deb taʼriflash mumkin.
Baʼzi tizimlarda bitta raqamli maʼlumotlarning yoʻqolishi yoki buzilishi katta maʼlumotlar bloklari maʼnosini butunlay oʻzgartirishi mumkin.
Internetda fayllardan uzoq vaqt foydalanish bilan ular turli xil buzilishlarga duch kelishi mumkin (qirqish, oʻlchamlarni kamaytirish, logotipni qoplash, boshqa formatga oʻtkazish, metamaʼlumotlarni oʻchirish), bu „raqamli eskirish“ga olib keladi. Ushbu jarayonning bir misoli foto hosting saytlaridan foydalanishdir. Koʻpincha foydalanuvchilar fotosuratlarni saqlash va asl nusxalarini oʻz qurilmalaridan oʻchirish uchun joy sifatida foto hostingdan foydalanadilar, bu esa ularni yomonlashgan fotosuratlar bilan qoldiradi.
Bugungi jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan.
Prezidentimizning 2020-yilni ―Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish’’yili deb e’lon qilinishi ham davlatimizda raqamli iqtisodiyotni raqamli texnologiyalarni rivojlantirib har bir sohaga kirib borishini ta’minladi. Tabiiyki, har bir sohaga kirishi bu bizni yashash tarzimizni , bajaryotgan ishimizni anchayin osonlashtirdi.
Endi hayotiy misol bilan tushuntiradigan bo’lsam, masalan siz biron bir chet davlatga dam olmoqchisiz , yoki oila a’zolaringiz bilan yoki do’stlaringiz bilan bunda siz uyingizdan chiqmagan holda xamma sayohat jadvalidagi ishlarni uydan chiqmagan holda ham bajara olasiz. Ya’niki qaysi davlatga borishingizni birinchi rejalashtirib olasiz va uning xarajatlari, aylanadigan joylaringizni belgilab olasiz.
Keyingi navbat boradigan davlatingizga chipta sotib olish. Siz online yoki sayyohlik agentli,kompaniyalar ilovalari orqali chipta qaysi kunlarga borligi haqida ma’lumot olib o’zingizga maqul bo’lgan kunga chiptani buyurtma berasiz. Endi boradigan davlatingizda sizni kutib olish uchun moshina va mehmonxonaga buyurtma berasiz bularni ham kompyuteringiz yoki smartfoningiz bilan online amalga oshirasiz . Va siz mehmonxona va moshinarni oldindan buyurtma qilib qo’yasiz.Siz hech qayerga bormasdan,hech kimga telefon qilmasdan sayohatni tashkil qildingiz.
Pandemiya davrida raqamli texnologiyalarni rivpjlantirishga zo’r yo’l ochib berdi deya olaman. Chunki hamma ishlar, o’qishlar va ko’plab soha vakillari online o’tirib ishlashdi bu esa har xil web-dasturlar,sayt ishlab chiqarish ehtiyojini oshirdi , platformalar, web-saytlar masofaviy muloqotni yo’lga qo’yishning eng maqul yo’li , ham axborot texnologiyalarining bugungi kundagi xizmatiga bevosita bog’liq.
Prezidentimizning 2020-yil 28-apreldagi ―Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy qilish to’g’risida‖ gi qarorida raqamli iqtisodiyotni , raqamli texnologiyalarni, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish va bu bilan besh tashabbus loyihasi ustida amalga oshirishni belgilagan edilar.Bu bilan birga davlatimizda raqamli savotxonligini oshirish , boshqa davlatlar bilan raqobatlasha olashimiz ko’zda tutilgan edi.Bu qarorda raqamli tadbirkorliklni ,electron hukumat tizimini, respublikamizning barcha hududlarida raqamli bilimlarni o’qitish markazlarini ochish, mamlakatning infratuzilmasini to’liq modernizatsiya qilish ko’zda tutiladi. Bilamizki, hozirgi kunda IT sohasiga bo’lgan talab yuqori afsuski hozirda
O’zbekistonda bunday soha vakillari yetishmaydi.Buning asnosida O’zbekiston chet davlarlardan ishchi kuchiga yordam sezib, davlatlardan ishchi hodimlar olishmoqda.
Bilamizki, Hindiston IT bo’yicha umuman axborot texnologiyalari sohasida yetakchi davlatlar qatoriga kiradi. Hindiston masofadan xizmat ko’rsatish bo’yicha dunyodagi eng yirik bozorga ega. Raqamli iqtisodiyotga jahon yalpi mahsulotiga nisbatan 2,5 barobar tez o’smoqda va shu bilan birga raqamli savotxonlikni oshirish g’oyasi ham ilgari surilmoqda . Raqamli savotxonlikni oshirish komponentlari: media savotxonlik , axborot savotxonlik, moliyaviy savotxonliklar va hokozolar kiradi deb o’yliman. Media savotxonlik—insonlarga media shakllarini, xabarlarini taxlil qilib o’zi yaratishi haqidagi ma’lumotlar yig’ilmasidir.
Raqamli texnologiyalari rivojlanishi zamonaviy ta’lim tizimiga ham keng imkoniyatli yo’lni ochib berdi. Raqamli texnologiyalar bilan olib boriladigan dars jarayoni albatta sifatli va ta’sir darajasi samaraliroq bo’ladi. Chunki biz axborot texnologiyalar asrida yashayotgan ekanmiz o’sib kelayotgan yosh avlod ham zamon bilan hamnafas bo’lib mobil telefon, smart telefonlarni yaxshi bilishadi. Endi qaraymizki- dars jarayonini eski usulda ko’rgazmalar, har xil qog’ozli aplekatsiyalar bilan o’tgan va ikkinchi holda zamanaviy ko’rgazmali qurollardan foydalanib, proyektorlar tashkil qilib , dars jarayoniga oid qiziq video va har xil saytlardan ma’lumotlarni olish mustaqil ravishta izlanish haqida dars jarayonini olib borsak albatta menimcha ikkinchi holda dars jarayoniga bo’lgan qiziqish , fanga bo’lgan qiziqish raqamli texnologiyalarni rivojlantirib kelgusida bundanda zo’r ko’rgazmalar, yaxshi dastur, saytlaar yaratishga qiziqishadi deb o’ylayman. Keyin universitet, maktab yoki kollej bo’ladimi o’quv maskanlarida qanaqadir ma’noda ―Raqamli dunyo‖ nomli classromlarni tashkil qilish ham o’quvchilarni qiziqishini oshiradi. Bu xonaga kirganda xona muhiti bola ruhiyatiga bevosita ta’sir qiladi . Shuning uchun xonani ―Raqamli dunyo‖ kabi tashkillashtirish kerak. Xona devorlari ham takrorlanmas dizaynda qilingan, stol-stullar ham o’zgacha tusda bo’lishi ham nur ustiga a’lo nur bo’lar edi. Xona zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan va doska o’rnida katta monitor qo’yilgan va xamma stol-stullar kompyuter bilan ta’minlangan bo’lsa o’quvchilarni qiziqishini yanada orttiradi.
Bir tarafdan IT parkdagi kabi muhitni nham yaratish foydali.Yana har xil raqamli texnologiyalar bilan boyitish ham yaxshi.Va bu albatta zamonaviy ta’limni tashkil etish va ta’lim samaradorligini orttirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga mamlakatimiz jahon hamjamiyatida muhim o’rin egallashimizni ta’minlaydi.
Raqamli texnologiyalarga misollar keltiraman: raqamli soatlar, raqamli identifikatsiya, raqamli kartalar, raqamli (aqlli) pardalar , raqamli elektron qulflar va ko’plab misollar keltirishimiz mumkin. Avvalo raqamli qanaqadir loyiha yaratmoqchi bo’sak, unda ko’p dasturlar to’plami va kodlardan iborat bo’ladi. Buni juda yaxshi bilamiz kerakli kodlarni kerakli joyda yozib chiqamiz va dasturimiz ishga tushadi.
Raqamli identifikatsiya bu – biron bir shaxs yoki kompaniya, tashkilot haqida ma’lumot. Ya’ni o’zingizni akkauntingizga kirishni ta’minlaydigan. Siz bunda o’zingizni shaxsingizni tasdiqlovchi narsalardan foydalanasiz.BungRa yuzingiz, barmoq izingiz, ko’z qorachig’ingiz bilan ochiladigan turlari bor. Oddiygina misol o’zingiz ishlatadigan mobil telefoningizda bo’ladigan identifikatsiya yuzungiz bilan yoki barmoq izingiz bilan qanchalik sizning ma’lumotlaringizga o’xshashligi, mosligini aniqlab sizning qoygan kodingizni ochib beradi. Bu xavfsizlikning eng yuqori darajadagi identifikatsiya turiga kiradi. Ish xonangizga kirishingizda o’rnatilgan kameralarda sizning ma’lumotlaringiz joylashtirilgan bo’ladi va siz unga kirishdan oldin qaraysiz u sizning ma’lumotlaringiznisolishtirgan holda sizligingizni tasdiqlasa eshikni ochadi va siz kirasiz.
Raqamli kartalar – bu avtomatlashtirilgan kartografik tizimlarni asosi. Yoki elektron kartalar shu jumlasidandir. Masalan mehmonxonaga xona buyurtma qilib bo’lib xonangizga kirmoqchisiz unda sizga raqamli kartalar taqdim etiladi. Bu sizning xavfsizligingizni ta’minlaydi. Eshik tutqichiga kartani tutasuz va xona eshigi ochiladi. Bunday raqmli karta, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi albattaquvonarli bu hayotimizni qanchalar osonlashtirgani juda zo’r.
Yoki elektron viza kartalar-bankning mobil ilovasini telefoningizga o’rnatib ma’lumotlaringizni kiritasiz va viza kartaga buyurtma berasiz va bir soat ichida hech kimga telefon qilmasdan,banka borib navbat kutib , hujjatlar to’ldirmasdan onlinebuyurtma berib kartaga ega bo’lasiz.
Qaroriga binoan xususan, elekron hukumat tizimini takomillashtirish dasturiy va mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish,sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko’zda tutuvchi 220 dan ortiq ustivor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. 40dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geopartalni ishga tushirish,jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi ―Raqamli Toshkent‖ kompleks dasturini amalga oshirmoqda. Bundan kelìb chiqadiki mamlakatimizni tezroq har bir sohani ―raqamlashtirish‖ ga o’tishi uchun jon kuydurmoqdalar. O’ylaymanki, joriy qilinayotgan qarorlar natijasi ish faoliyatida ham qo’llanib o’z samarasini ko’rsatadi.
2.
So'nggi yillarda iqtisodiyotni rivojlantirishda ilg'or texnologiyalar va innovatsiyalaming ahamiyati oshib bormoqda. Eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarish va biznes jarayonlarining samaradorligini oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson faoliyatining barcha yangi sohalari va sohalariga kirib borishi bilan an'anaviy yondashuvlar va ish uslublari o'zgaradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) paydo bo'lishi va tarqalishi global iqtisodiyotga shu qadar ta'sir ko'rsatdiki, yangi bir hodisa - raqamli iqtisodiyot paydo bo'ldi. Аqilli texnologiyalari ta'siri ostida odamlaming turmush tarzi o'zgara boshladi, foydalanuvchilar o'rtasidagi aloqalar o'zgardi - turli jug'rofiy mintaqalar, faoliyat sohalari va boshqalardagi odamlar o'rtasida aloqa o'rnatish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu raqamli iqtisodiyotning asosi bo'lgan axborot aloqalarining jadal o'sishi. Raqamli texnologiyalarning ta'siri global miqyosda ham, mahalliy darajada ham seziladi. Raqamli iqtisodiyot yangi ishlab chiqarishlaming kombinatsiyasi sifatida global iqtisodiyotning tez o'sib borayotgan qismidir. Yangi texnologiyalar yaxshi tashkil etilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining ba'zi jihatlariga o'zgartiruvchi ta'sir ko'rsatadi, bu asosan ishlaydigan mexanizmlarni - aloqa vositalarini yoki sanoat mashinalarini raqamli yoki raqamli mexanizmlarga almashtirish, shuningdek ulami yanada modemizatsiya qilishdan iborat. Raqamli iqtisodiyotning o'sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan bevosita bog'liq bo'lgan bir qator bozorlaming o'sishi bilan bog'liq. Texnologiyalar rivojlanishining hozirgi bosqichida va bozorlaming hozirgi holati sharoitida raqamli iqtisodiyotni maqsad sifatida emas, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida ko'rib chiqish kerak. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot yangi biznes modellarini taklif qiladi va boshqaruv mexanizmlarini o'zgaruvchan voqelikni aks ettirish uchun o'zgartirish zarurligini ta'kidlaydi. Yaqin yillarda O'zbekiston iqtisodiyoti tub o'zgarishlarga uchradi. Iqtisodiyot ochiq, jadal, innovatsion rivojlanishga aylandi. Biroq, tan olish kerakki, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik taraqqiyot sharoitida O'zbekistonning keyingi iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan tasavvur qilish qiyin. Afsuski, Respublikada bu sohada ikkita katta muammo mavjud: telekommunikatsiya infratuzilmasi va mutaxassislarning yetishmasligi. Bu Respublikamiz iqtisodiyotining raqamli aylanishiga jiddiy to'sqinlik qilishi va natijada raqamli iqtisodiyot sohasidagi sustlashishi mumkin.
• Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlami yaratish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 3 iyuldagi PQ - 3832-sonli Farmoni. • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modemizatsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 21 noyabrdagi PQ - 4022-son qarori. • O’zbekiston O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.03 yildagi PQ-3832- sonli «O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish choratadbirlari to'g'risida» hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda malakali kadrlar tayyorlash yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining maqsadlariga muvofiq quyidagilar qabul qilindi: • An'anaviy iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyotga aylantirishda muvaffaqiyatga erishish uchun malakali kadrlar tayyorlashsiz muammoli ekanligi ma'lum bo'ldi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Sh.M. Mirziyoyevning 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli Qarori asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalavrlarni tayyorlash uchun raqamli iqtisodiyot fakulteti ochildi va Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakulteti negizida raqamli iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha magistratura ochildi. Raqamli iqtisodiyot - dunyo iqtisodiyotida yangi yo'nalish. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bu yo'nalishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo'lsa, boshqalari bu yo'nalishda ilgarilab borishmoqda. Shu sababli, o’z iqtisodiyotlarini raqamli iqtisodiyotga aylantirishga kirishgan deyarli barcha mamlakatlar bir xil muammoga duch kelmoqdalar - raqamli iqtisodiyotda milliy tillarda malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur bo'lgan o'quv va ilmiy adabiyotlarning etishmasligi. Raqamli iqtisodiyot bo'yicha xorijiy ma'lumot manbalari va nazariy o'quv va ilmiy materiallarga asoslangan ushbu darslik mualliflari bu bo'shliqni biroz to'ldirishga harakat qilishdi. Xulosa o’rinida aytish mumkinki, Raqamli iqtisodiyotni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (АKT) va Global Internet tarmog'isiz tasavvur qilib bo’lmaydi. "Raqamli iqtisodiyot", АKT va Internet tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog'liqdir.
|
| |