|
Sanoat 4.0: to`rtinchi sanoat inqilobi
|
bet | 8/16 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 152,49 Kb. | | #138152 |
Bog'liq I BOB ракамли экон2. 2. Sanoat 4.0: to`rtinchi sanoat inqilobi.
Ma’lumki, tarixda 3 ta sanoat inqilobi yuz bergan bo‘lib, ular quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lgan:
1. Bug‘ dvigatelining ixtiro qilinishi, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish (XVIII asr oxiri);
2. Elektrlashtirish, konveyyer, mehnat taqsimoti, ommaviy ishlab chiqarish (XIX-asr oxiri – XX asr boshi);
3. Elektronika, axborot texnologiyalari industriyasi, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish (XX asr oxiri).
Endi esa, to‘rtinchi sanoat inqilobi deb nomlanayotgan taraqqiyot omili – axborot texnologiyalarini sanoatga chuqur integratsiyalashtirish (“kiberfizik tizimlar” yoki CPS) orqali amalga oshirilmoqda.
“Industriya 4.0” atamasi 2011-yilda Yevropada paydo bo‘lib, Gonnover shahridagi sanoat ko‘rgazmalaridan birida Germaniya hukumati tomonidan axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga keng tatbiq etilishi e’lon qilingandi.
Buning uchun rasmiy shaxslar va mutaxassislar ishtirokida tuzilgan maxsus guruh tomonidan Germaniyadagi sanoat korxonalarini “aqlli” korxonalarga aylantirish strategiyasi ishlab chiqildi. Bundan o‘rnak olib, boshqa davlatlar ham yangi texnologiyalarni tatbiq etishga kirishdilar va hozirda “Industriya 4.0” g‘oyasi butun dunyoni zabt etishni boshladi.
Keling, “Industriya 4.0” atamasi nimani anglatishini tushunib olaylik. Voqelikning negizini anglatuvchi “Ashyolarning interneti” (Internet of things) yoki “Barcha narsaning interneti” (Internet of everythings) nomli yanada umumiy atama mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, mavjud internet tarmog‘iga oddiy narsalarning ham ulanishini tushunamiz. Bu hamma narsaga taalluqli bo‘ladi – maishiy texnika, jihozlar, avtomobillar, binolar va albatta, sanoat va qishloq xo‘jaligini qamrab oladi.
Shunday qilib, “Industriya 4.0” bu – “Ashyolarning interneti” omillarini ishlab chiqarishga tatbiq etishdir. Buning sanoatdagi misolini ko‘rish uchun shunday uskunani tasavvur qilingki, u ish jarayoni uchun kerak bo‘lgan dasturlarni tarmoqdan o‘zi oladi, o‘zining eskirishini tahlil qiladi, ehtiyot qismlarni ombordan tezkor buyurtma qiladi va o‘z ishini yaxshilash uchun mustaqil o‘rganishi ham mumkin. Qishloq xo‘jaligida esa, tuproqdagi uzatkichlar (datchiklar) yerni sug‘orishni ob-havo ma’lumotiga ko‘ra avtomatik ravishda nazorat qiladi. Bunday misollar ko‘plab topiladi.
“Industriya 4.0” ning asosiy xususiyati – ishlab chiqarish jarayonining barcha tarkibiy qismlarining (korxona uskunalari va uning axborot tizimlari – ombor va logistika hisobi, buxgalteriya, boshqaruv va boshq.) ishida insonning aralashuvini borgan sari kamaytirgan holda, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun boshqa tizim va odamlar bilan o‘zaro faoliyat yuritishdan iboratdir.
Internet va simsiz aloqa texnologiyalarining rivojlanishi natijasida “istagan vaqtdagi kommunikatsiya”ga ega bo‘ldik, smartfonlar va planshetlar esa “istagan joydagi kommunikatsiya” tamoyilini amalga oshirishga imkon berdi. Hozir esa, mashinalar boshqa mashinalarni yaratishni boshlaydigan, hayotimizni tubdan o‘zgartiruvchi yangi inqilob ostonasidamiz.
Ishlab chiqarish sohasini batamom o‘zgartirilishini inqilob deb atalishining sababi – o‘zgarishlar yuzaki emas, balki radikal ravishda amalga oshib, industriya boshidan oxirigacha qayta quriladi. Biznes modellar o‘zgaradi, yangi kompaniyalar paydo bo‘ladi, yangi “inqilobchilar” safiga kirishga ulgurmagan, ko‘p yillik tarixga ega jahonga mashhur brendlar kasodga uchrab, yo‘q bo‘lib ketadi.
Hozirda mijozlarning xatti-harakati o‘zgarmoqda, ular individual yondoshuvni va noyob tovarlarni xohlamoqdalar, ommabop mollarga esa ehtiyoj kamaymoqda. Bir xil narsalarni ishlab chiqarishga o‘rgangan korxonalar o‘z ishini qayta tashkil qilishga majbur bo‘lmoqda.
“Industriya 4.0” tamoyillarini tatbiq etilishi, an’anaviy sanoat modellarida bo‘lmagan bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishga yordam beradi. Masalan, kompaniyalar mijozlarning istaklariga qarab, buyurtmalarga individual yondoshishlari mumkin.
Eski zavod va fabrikalar endi “aqlli” korxonalarga aylanib, xos buyurtmalarga ko‘ra donabay maxsulotlar ishlab chiqarishni boshlamoqda. Bunda, bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlar kamayib, kompaniyalar ommabop standartlashtirilgan mahsulot narxida xoslangan noyob mahsulot ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Misol uchun, dunyoning istalgan nuqtasidan mobil jihozingizga Nike ilovasini yuklab olib yoki kompaniya saytiga kirib, krossovka modelini tanlashingiz, o‘zingiz yoqtirgan futbol komandasi rangiga bo‘yashingiz, pulini to‘lab, bir necha kundan keyin uni qabul qilib olishingiz mumkin. Yetkazib berish xarajatini hisobga olmaganda, uning qiymati ushbu kompaniyaning oddiy ommabop krossovkasidan qimmat bo‘lmaydi.
Individual buyurtmaga ko‘ra dvigatellar, serverlar va boshqa istagan narsa ishlab chiqarilishi mumkin. Germaniyaning Augsburg shahridagi Fujitsu Siemens zavodida komputer tizimlari va serverlar muayyan buyurtmachi uchun aynan donabay ishlab chiqariladi.
Nihoyat darajada avtomatlashtirilgan korxonada individual buyurtma asosida ishlab chiqarilgan mahsulotga ketadigan xarajatlarning miqdori oshib ketmaydi – agar oldin ikki juft krassovka uchun uskunalar qo‘lda qayta sozlangan bo‘lsa, hozirda buni komyuter tizimining o‘zi bir necha daqiqada amalga oshiradi.
Elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining zavodlarini robotlashtirilishi – kompaniya o‘z ishlab chiqarishini Xitoyda emas, balki Kaliforniyada tashkil etishga imkon berdi. Bu, xitoy ishchilarining mehnatidan foydalanib, keyin esa tayyor mashinalarni olib kelishga ketadigan yo‘l xarajatlaridan arzonga tushdi.
To‘rtinchi sanoat inqilobi nafaqat alohida kompaniyalarning biznesini o‘zgartirmoqda, balki global miqyosdagi kuchlar mutanosibligiga ta’sir qilmoqda. Tashkil etilganiga hali 10 yil ham bo‘lmagan Tesla kompaniyasi, ikkinchi sanoat inqilobining yetakchisi bo‘lgan Ford Motors kompaniyasidan kapitalizatsiya miqdori bo‘yicha o‘zib ketishini kim ham o‘ylabdi deysiz.
Sanoat 4.0 - real vaqt rejimida aqlli tizimlar tomonidan boshqariladigan to‘liq avtomatlashtirilgan raqamli ishlab chiqarishga va shu borada tashqi muhit bilan doimiy aloqada bo‘lib, bitta korxona chegaralaridan tashqarida, buyumlar va xizmatlarni global sanoat tarmog‘iga birlashtirish istiqboli bilan o‘tish bilan tavsiflanadi.
Sanoat 4.0 tor ma’noda – Buyurtmalar va xizmatlar internet global sanoat tarmog‘i asosida “aqlli ishlab chiqarish” ( Smart Manufacturing) konsepsiyasini tavsiflovchi loyihaning nomi.
Keng ma’noda, Sanoat 4.0 kiberfizik tizimlarni, Buyumlar Interneti va bulutli hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladigan avtomatlashtirish va ma’lumotlar almashish jarayonlarning rivojlanish trendini tavsiflaydi.
Industriya 4.0 – bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlarinig ketma-ket janjiri bo’lib, ular orasida raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar raqamli texnologiyalar vositasida qandaydir ishlarni bajaradi. Bu jarayon kompaniyaning va mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Industriya 4.0 modeliga o’tishda quyidagi texnologiyalardan foydalaniladi:
Robotatexnika;
Buyumlar interneti;
Virtual va to’ldirilgan reallik;
Modellashtirish;
Kiberxavfsizlik;
Big DATA:
Bulutli texnologiyalar;
Bolkcheyn;
|
| |