|
-BOB. Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismi
|
bet | 7/16 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 152,49 Kb. | | #138152 |
Bog'liq I BOB ракамли экон2-BOB. Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismi
2. 1. Texnologik paradigmalar: umumiy tavsiflar.
2. 2. Sanoat 4.0: to`rtinchi sanoat inqilobi.
2.3. Aqlli fabrika.
2.4. Sanoat 4.0 inqilobidagi to`siqlar va kamchiliklar.
2.1. Texnologik paradigmalar: umumiy tavsiflar.
Hozirgi kunda jahon miqyosida raqamli iqtisodiyotni umumiy bir ma’noda tushunish mavjud emas, shunday bo‘lsada, uning ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan, raqamli iqtisodiyot– jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va hizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyatidir. Bizning fikrimizcha, ushbu ta’rif juda to‘g‘ri, lekin foydalanish uchun biroz noqulay. Bir tomondan, raqamli iqtisodiyotga uzil kesil ta’rifning yo‘qligi,ko‘plab xususiy va tor ixtisosli savollarni muhokama qilish uchun to‘siq hisoblanmaydi. Lekin, boshqatomondan, ushbuo’quv qo’llanma yozishdan maqsad – raqamli iqtisodiyot fenomenining integral ko‘rishini shakllantirish ekanligi sababli, biz o‘z ta’riflarimizni taklif qilishga jazm etdik. Yuqorida aytganimizdek, raqamli iqtisodiyot bu- gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘ladigan iqtisodiyotdir. Ushbu ta’rif ham to‘g‘ri bo‘lib, mohiyatni aks ettiradi, lekin kutilayotgan o‘zgarishlarni tushuntirmaydi va mos ravishda, amaliyotda undan foydalanish birmuncha murakkabdir. Aynan shusababli, biz quyidagi funksional ta’rifni ifodaladik:
Raqamli (elektron) iqtisodiyothamda elektron tijorat bu – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyot turidir. Bu iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikdagi brid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat sub’ektlari tovarlar va hizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni ob’ektlari va sub’ektlarining to‘laqonli o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo‘lishi mumkin. To‘laqonli o‘zaro aloqa qilish uchun barcha iqtisodiy otob’ektlari va sub’ektlari sezilarli raqamli tarkibiy qismlarga ega bo‘lishlari lozim. Masalan, hozirgi paytda avtomobilning iste’mol xususiyatlari va havfsizlik ko‘rsatkichlari uning hisobiga sezilarli darajada yaxshilanadigan raqamli tarkibiy qismlari (dasturiy ta’minot va datchiklar) avtomobil qiymatining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Kelajakda ko‘plab tovarlar va hizmatlar qiymatining sezilari qismi uning raqamli tarkibiy qismi bilan belgilanadi. Bunday tovarlar “aqlli” buyumlar deb ataladi.
Texnologik paradigmalar: umumiy tavsiflar:
- texnik o'zgarish yoki texnologik bu- iqtisodiy o'sish va rivojlanishni qo'llab-quvvatlaydigan mexanizmdan iborat bo`lib,o'z navbatida, ushbu o'zgarish ijtimoiy farovonlikka olib keladigan turli xil mahsulotlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Shuni ta'kidlash kerakki, texnologik o'zgarishlar bozordagi raqobatbardoshlikni rivojlantirishga intiladi va nazorat qilish va iqtisodiy kuch vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.
Xuddi shunday, ishlab chiqiladigan texnologik g'oya ortida ixtirolar orqali iqtisodiy foyda olishga intiladigan ulanish va aloqalarning keng tarmog'i mavjud. Bu bir yoki bir necha avlodning madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy dinamikasini butunlay o'zgartirishi mumkin bo'lgan g'oyalar va tushunchalarnio`z ichiga oladi.
Texnologik yangilik nima?
Tarixdan hozirgi kungacha bo'lgan eng muhim texnologik o'zgarishlar
Tarixdan oldingi texnologik yutuqlar
Gildirak
Elektr chiroq
Raqamlashtirishda mahsulot yoki xizmatlarning asosiy xususiyatlari jiddiy yaxshilanishi (masalan, avtomobil havfsizligi o‘shadi va uning ekspluatatsiya qiymati kamayadi) yokiyangi xususiyatlar (ovoz bilan boshqarish, internet yoki mobil telefonlan turib masofadan boshqarish kabilar)paydo bo‘lishi lozim.
Kognitiv texnologiyalar yordamida intellektuallashtirilgan internetda axborotizlab topish mashinalari bir so’rovga javob tariqasida minglab javoblar beradi. Buma’lumotlar inson idrok qilishi uchun ochiq, ishonchli va to‘liq bo‘lisga musobaqalashib, to‘plangan ma’lumotlarni o‘zlari qayta ishlay boshlaydilar va natijada bu dunyoni biz uchun “shaffof” qiladi. Bunday dunyoda aldab bo‘lmaydi, chunki yolg‘on darhol fosh bo‘ladi, obru-e’tibor esa eng muhim kapital hisoblanadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchini mustaqil ravishda topadi, avtomatik hujjat aylanmansi hisobga olgan holda esa u to‘gridan-to‘g‘ri barcha kontragentlari bilan o‘zaro aloqa qilishi mumkin bo‘ladi. Shu tariqa M2C (manufacturer to customer, ishlab chiqaruvchi – iste’molchiga) biznes modeli va bunda ushbu iste’molchi uchun zarur (yoki ko‘ngildagi) original xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan C2M (customer to manufacturer) modeli paydo bo‘ladi.
Bulutli hisoblash platformalari (Cloud Computing) – yangi axborot texnologiya konsepsiyasi bo‘lib, u eng kam espluatatsion harajatlar talab qiladi yoki u orqali provayderga murojaatlar tezkor taqdim etiladi va kerak bo’lgan hisoblash resurslari talablarga binoan hamma joyda va qulay tarmoq ulanishi bilan ta’minlanishni ko‘zda tutadi. Ma’lumot uzatish tarmoqlari, serverlar, ma’lumot saqlash qurilmalari, servis dasturlari – birgalikda ham, alohida ham bulutli texnologiyalarning tarmoq resurslariga misol bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bulutli texnologiyalar (Cloud technologies) – bu kompyuter resurslarini Internetdan foydalanuvchiga so‘rov bo‘yicha (on demand) onlayn-servis sifatida taqdim eta oladigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir. Shuni ham aytish zarurki, bulutli texnologiyalar vujudga kelayotgan raqamli iqtisodiyot poydevoriga ulkan hissa qo‘shgan va qo’shayapti.
Bu hissa faqatgina texnologik tarkibiy qismlar bilan chegaralanmaydi, balki iqtisodiy va g‘oyaviy tarkibiy qismlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Bulutli texnologiyalar rivojlanishi, masalan, talab bo’yicha ishlab chiqarish (production on-demand), hizmat sifatidagi dasturiy ta’minot (software as a service) kabi kelajak biznes-modellarining aksariyati uchun asosiy g‘oyaga va ko‘plab iqtisodiy o‘zaro aloqalar uchun tamoyilga aylanadigan tushunchalar paydo bo‘lishiga olib keldi.
Buyumlar Interneti (IoT) esa – ko‘plab texnologiyalarni birlashtiradigan, datchiklar bilan jihozlanganlik va internetga barcha uskunalarning ulanishini ko‘zda tutadigankontseptsiya bo‘lib, masofadan turib real vaqt rejimida (jumladan, avtomatik rejimda) jarayonlarni monitorig va nazorat qilish va buning asosida ularni boshqarishga imkon beradi. Bugungi kunda ushbu sohada ikkita yirik yo‘nalish shakllangan: buyumlar Interneti (IoT - Internet ofThings) va buyumlar sanoat Interneti (IIoT - Industrial Internet of Things). Instrumental jihatdan ushbu texnologiyalar bir-biriga juda o‘xshashib ketadi, asosiy farq esa bajarilishi lozim bo‘lgan vazifada:agar buyumlar internetining asosiy vazifasi bu - xilma-xil (modellar va bashoratlar tuzishda ustuvor foydalaniladigan) ma’lumotlar to‘plash bo‘lsa, buyumlar sanoat Internetining bajarishi lozim bo‘lgan vazifasi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan iborat (datchiklar ko‘rsatkichlari bo‘yicha resurslar va quvvatlarni masofadan turib boshqarish). OVUM, Mashine Research va Nokia kompaniyalari tahlilchilarining bashoratlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib, tarmoqqa ulangan sanoat qurilmalarining soni 530 mln birlikdan ortadi, 2025 yilga kelib esa ularning soni 20 dan 200 mlrd birlikkacha bo‘lishi kutilmoqda.
Ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish resurlarini boshqarish texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, ulardan virtual foydalanish manfaatlarida, raqamli iqtisodiyot infratuzilmalarini yaratish va o‘zgartirish davlat daturlariga binoan bajariladi: Germaniyada Industrie4.0, AQSHda Advanced Manufacturing Technology, Xitoyda esa asosiy e’tibor ilg‘or texnologiyalar joriy qilish, sifat va innovatsiyalarga qaratiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish strategik konsepsiyasi, Buyuk Britaniyada Innovate UK, Avstraliyada National Digital Economy. IoT-platformalar yaratish va joriy qilish bo‘yicha loyihalar, amaliy dastur servislari ishlab chiqish Rossiyada ham amalgi oshirilmoqda. Internet tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi internetni rivojlantirish yo‘l xaritasini ishlab chiqdi hamda buyumlar internet Assotsiatsiyasini ta’sis etdi.
Rosstandart doirasida faoliyat ko‘rsatadigan «Kiber fizicheskie sistemы» standartlashtirish bo‘yicha yangi texnik qo‘mita faoliyati doirasida buyumlar interneti sohaida standartlar ishlab chiqish va qabul qilish rejalashtirilgan.
Katta ma’lumotlar (Big Data) – inson idrok qiladigan natijalar olish maqsadidastrukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil manbalardan olingan) ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan usullar, vositalar va yondashuvlar yig‘indisidir. Katta ma’lumotlarkatta hajm bilan, xizma-xillik va yangilanish tezligi bilan tariflanadi, bu esa axborot bilan ishlash standart usullari va vositalarini yetarli darajada samarasiz qilib qo‘yadi. Shunday qilib, katta ma’lumotlar texnologiyasi bu – katta hajmdagi axborot asosida qaror qabul qilish vositasidir.Katta ma’lumotlar boshlang‘ich ma’lumotlar katta tanlamasi mavjud bo‘lgan joylarda paydo bo‘ladi. Ularning asosida makrodarajadagi hodisalarni tahlil va bashorat qilish, ijtimoiy xulq-atvor modellarini o‘rganish, shuningdek, ilmiy tajribalar statistika ma’lumotalri asosida trendlarni aniqlash mumkin.Tijorat loyihalari uchun ham, davlat loyihalari uchun ham katta ma’lumotlar sohasidagi asosiy muammo - ma’lumotlarni yakuniy qo‘llash bo‘yicha vazifalarni boshlang‘ich ma’lumotlar asosida amalga oshirish hisoblanadi. Tahlil algoritmidagi eng so‘nggi zamonaviy trendlarni biladigan va kelgusi hisob-kitoblar tezligini baholay oladiganlar emas, balki ushbu texnologiyalarni qo‘llash asosida uzoq muddatli va asoslangan moliyaviy modellar yarata oladiganlar bugungi kunda katta ma’lumotlar sohasidagi ekspertlar hisoblanadi.Hozirgi kunga kelib,katta ma’lumotlarni qayta ishlashga imkon beradigan ko‘p sonli usullar va kompleks dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniyalar mavjud, masalan, IBM, Oracle, Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Software Foundation (HADOOP) va boshqalar. Katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan axborot manbalari bo‘lib, quyidagilar hizmat qilishi mumkin:
Internetda fodylanuvchilar xulq-atvori loglari;
avtomobillardantransport kompaniyaiga keladigan GPS-signallar;
bankning barcha mijozlaritranzaksiyalari haqidagi axborotlar;
yirik chakana tarmoqdagi barcha xaridlari haqidagi axborotlar;
ko‘p sonli shahar IP-videokameralaridan olingan axborotlar; sanoat interneti texnologiyalari bilan jihozlangan katta ishlab chiqarishdatchiklaridan kelgan axborotlar va boshqalar.
Endi elektron tijorat va elektron biznesda keng miqyosda ishlatiladigan va hozirgi zamonda borgan sari ommabop bo’lib borayotgan virtual valyutalar haqida mulohaza qilib ko’ramiz.
Virtual (raqamli/elektron) valyuta – moddiy timsolda mujassam topmagan, ammo to‘laqonli pul belgisi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan pul mablag‘laridir.
Kriptovalyuta – kriptografik algoritmlarni maxsus ko’rinishlarda qo‘llashga asoslangan emission valyuta turi.
Tranzaksiyalar bloklari zanjiri (Block Chain / Blokcheyn) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plamlarini tuzish metodologiyasi bo‘lib, bundahar bir ma’lumotni qayd qilish unga egalik qilish tarixi haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi, bu esa uni qalbakilashtirish imkoniyatini qattiq chegaralab qo‘yadi. Blokcheyn virtual valyuta tizimlarida operatsiyalarni bajarish va ularning tarixini saqlash uchun qo‘llanadi.
Bitkoin – mavjud virtualvalyutalar ichida birinchi va eng keng tarqalgankriptovalyuta hisoblanadi vau bitkoin blokcheyni texnologiyasidan foydalanadi.
Virtual valyutalar kriptovalyutalarga mansub bo‘lmasligi va Blokcheyn texnologiyasidan foydalanmasligi ham mumkin. Bunday virtual valyutalarga misol qilib Yandeks-dengi, Veb-mani (WebMoney) va Kivi-hamyonni (Qiwi)keltirishimiz mumkin. Ko‘pchilik virtualvalyutalar, kriptovalyutalar va blokcheyn atamalarini adashtirib yuboradiva ularnisinonim sifatida qo‘llaydi, lekin bu faqat birinchi –bitkoin uchun to‘g‘ridir. Gap shundaki, blokcheyn texnologiyasi maxsus Bitkoin uchun ishlab chiqilganva ma’lum vaqt davomidaboshqa hech qaerda qo‘llanilmagan, hozir esa holatbunday emas.Blokcheyntexnologiyasi asosida bitkoin kriptovalyutasi ixtiro qilingan va uni emissiya qilish boshlangan. Blokcheyndan pul nominali nuqtai-nazaridan emas, balki davlat reestrlari yuritish sohasida foydalanish umuman boshqa gap. Davlat sektorida blokli zanjirlar bilan amalga oshiriladigan tajribalar butun dunyo bo‘ylab tarqalib bormoqda. AQSHda sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa bir qator tarmoqlarda, Shvetsiyada mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda, Buyuk Britaniyada pensiya ta’minoti sohasida ham aynan shu yo‘lni, ya’ni blokcheyndan foydalanishni tanlagan.Bunday loyihalarda davlatning risklari kriptovalyutalar yaratish bilan taqqoslaganda, ancha pastroq darajada bo‘ladi. Shu bilan birga, ulardan olinadigan ijtimoiy samara, raqamli va oddiy iqtisodiyotga qo‘shiladigan hissa yuqori bo‘ladi. Masalan, hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat AQSHning o‘zida mulk huqiqini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida blokcheyn joriy qilish yiliga 2-4 mlrd dollar tejashga imkon bergan bo‘lardi. Bunda tejamkorlik operatsiyalar tezlashuvi bilan, demak, tijorat sektorinnig rivojlanishi bilan birga kuzatiladi.Blokcheyntexnologiyasitobora ko‘proq quyidagi sohalarda qo‘llanilmoqda: mualliflik huquqi, saylovchilar ovozini hisoblash, tashabbus kraudfandingi, ijtimoiy obru-e’tibor, sug‘urta, reklama, stavkalar va boshqa bir qancha sohalar bunga misol bo’lishi mumkin.Foydalaniladigan texnologiyalar vaalgoritmlar mohiyatiga kirishib o‘tirmasdan, quyida blokcheyntexnologiyasining boshqalaridan ajralib turadigan asosiy xusuyatlarini sanab o‘tamiz: ma’lumotlar ko‘p marta takrorlangan bo‘lib, barcha qatnashchilar tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan taqsimlangan tarmoqda saqlanadi, bu esa uni buzishni yoki o’zgartirishni amalga oshirishni imkonsiz qilib qo‘yadi; har bir qayd qilingan axborot o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu axborotning kelib chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirishga imkon beradi; ma’lumotlar to‘plamini tuzish xususiyatlari uni xakerlar hujumlariga yoki g‘ayriqonuniy harakatlarga nisbatan chidamli qilib qo‘yadi.
Blokcheyn texnologiyasining sanab o‘tilgan xususiyatlari kriptovalyutalarning asosiy xususiyati –ishonchlilikni ta’minlab beradi, ya’ni:
1. qalbakilashtirish imkonsizligi;
2. o‘g‘irlash imkonsizligi.
3. umumiy emissiya markazi yo‘qligi;
4. ochiq dasturiykod mavjudligi;
5. tashqi tartibga solish yo‘qligi (dasturiy kodga kiritilganidan tashqari);
6. transchegaraviylik mavjudligi.
Ishonchlilikdan tashqari, kriptovalyutalar foydalanuvchilarni foydalanish qulayligi va tranzaksiya harajatlari minimalligi bilan ham o’ziga jalb qiladi.
Bitkoin (yoki boshqa har qanday kriptovalyuta) qiymati maxsus birjalarda (kriptobirjayoki virtual valyutalar birjasida) bozor talab va taklifi asosida belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab virtual valyutalar moddiy ta’minotga ega emas, balki ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, valyutalar, obligatsiyalar, aktsiyalar, veksellar va boshqa shu kabimoliyaviy vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va to‘liq moddiy ta’mniotga ega bo‘lmaydi. Biroq, agar klassik valyuta qiymati asosan uni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy tarkibiy qismlariga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat foydalanuvchilar kutadgan natijalar bilan belgilanadi.
|
| |